O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari vazirligi

Министерство по делам культуры и спорта

Информация по обращениям физических и юридических лиц,

поступивших в виртуальную приёмную Премьер-министра Республики Узбекистан

(на 20 октября 2016 года)

 

Содержание обращений

Поступило

На рассмотрении

Рассмотрено

Нарушены сроки рассмотрения

Направлены

на повторное рассмотрение *

Новые **

шт.

в том числе, повторно

1.

О деятельности спортивных клубов и спортивных федераций

50

 

9

41

1

 

 

2.

Вопросы занятости и трудовых отношений

32

1

16

16

2

2

 

3.

О поступлении или восстановлении на учебе

20

 

10

10

3

2

 

4.

О развитии вида спорта, проведении соревнования, выделении средств на соревнования

15

 

8

7

 

 

 

5.

Невыплата зарплаты

11

 

9

2

1

 

 

6.

Прочее

101

1

38

63

3

1

 

 

Всего

229

2

90

139

10

5

 

Yulduzlarga savolingiz bormi?

    Ijodkor yoshlar bilan ishlash boshqarmasi

    Bo'lim: Yoshlar klubi, Markaziy apparat boshqarmalari, Tarkibiy bo'lim. Sanasi: 17-06-2015, 17:52

                  O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Ijodkor yoshlar bilan ishlash boshqarmasi to'g'isida
                                                                                           N I Z O M 

    I. Umumiy qoidalar

    1.1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2004 yil 24 sentyabrdagi PF-3491-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2004 yil 30 sentyabrdagi 455-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 5 apreldagi "O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 96-son qaroriga asosan Ijodkor yoshlar bilan ishlash boshqarmasi tashkil topgan.
    1.2. Yosh ijodkorlar bilan ishlash boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda "Boshqarma”) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy saviyasini yuksaltirish, mamlakatimizda musiqa ta’limi tizimi, madaniy-ma’rifiy muassasalar, teatr-tomosha tashkilotlarining faoliyatini, yoshlarni milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiyalash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida”gi 2002 yil 4 martdagi 75-sonli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining 2002 yil 5 apreldagi 70-sonli buyrug‘i bilan vazirlik tarkibiy tarmog‘iga kirgan.
    1.3. Boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Farmoyishlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Nizomi, Hay’atining qarorlari va vazirlik buyruqlari, farmoyishlari, ko‘rsatmalari hamda ushbu Nizom asosida o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
    1.4. Boshqarma o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, vazirlikning boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari hamda tizimdagi boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
    1.5.Vazirlikning markaziy apparati tuzilmasiga muvofiq, boshqarma o‘z vakolati doirasidagi masalalar yuzasidan rahbariyatga hisobot beradi.

    II.Boshqarmaning asosiy maqsad va vazifalari

    2.1. Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi, ijodkor yoshlarga oid ma’lumotlar bilan tanishadi, ularni o‘rganadi, milliy san’atimizning rivojlanishida ular uchun ijodiy jarayonlarni tashkil etadi, faoliyat ko‘rsatishlari hamda iste’dodlarini namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
    2.2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi, «O‘zbekteatr» ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi, Respublika ijodiy uyushmalari, «Kamolot» YOIH va boshqa tashkilotlar bilan doimiy muloqotda bo‘ladi, hamkorlikda tadbirlar o‘tkazadi.
    2.3. Respublikada o‘tkaziladigan xalqaro tanlovlar, ko‘riklar, festivallar va boshqa tadbirlarda faol ishtirok etadi.
    2.4. Boshqarma o‘z ishini O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi rahbariyati tasdiqlagan reja asosida olib boradi.
    2.5.Xalqaro va respublikada miqyosida o‘tkaziladigan madaniy-ommaviy tadbirlar, festivallar, bayramlar, ko‘rik-tanlovlarga yosh ijodkorlarni jalb qilish hamda ijodiy konsert dasturlarini tayyorlash ishlarini amalga oshiradi.
    2.6. O‘rnatilgan tartibda o‘z faoliyatiga oid ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib boradi, targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshiradi.

    III. Boshqarmaning huquqlari va javobgarligi

    3.1. Boshqarma quyidagi huquqlarga ega:
    - ijodkor yoshlar bilan ishlash uslubi, shakllarini takomillashtiradi, rivojlantirish borasidagi taklif va mulohazalarini rahbariyatga tavsiya etadi;
    - davlat miqyosidagi yirik tadbirlar, umumxalq bayramlari va muhim sanalarni nishonlash bilan bog‘liq konsert dasturlarini ishlab chiqishda va tayyorlashda faol ishtirok etadi, ularda ijodkor yoshlar ishtirokini ta’minlaydi;
    - vazirlik tasarrufidagi ta’lim muassasalari, ijodiy uyushmalar, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda ish yuritadi;
    - ijodkor yoshlarning faoliyatini yoritishda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik ishlarini olib boradi;
    -belgilangan tartibda respublika ko‘rik-tanlovlari va festivallarini tashkil etadi va o‘tkazadi.
    3.2. Boshqarma quyidagilar uchun javobgardir:
    - boshqarmaga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha axborot tayyorlash va yuqori tashkilotlarga taqdim etish uchun vazirlik boshqarmalari, hududiy bo‘linmalari, tizim tashkilotlaridan tegishli ma’lumotlarni yig‘adi, umumlashtiradi va hisobot beradi.

    IV. Boshqarma faoliyatini tashkil etish

    4.1. Boshqarmaning faoliyati boshliq tomonidan boshqariladi, uni tayinlash va ozod etisHO‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri tomonidan vazir o‘rinbosarlariningtavsiyasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
    4.2. Boshqarma boshlig‘i o‘z faoliyatini bevosita vazir va vazirning madaniyat ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari rahbarligi ostida olib boradi.
    4.3. Boshqarmaning tuzilmasi boshqarma boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari va bosh mutaxassisdan iborat.
    4.4. Boshqarmani tashkil etish, nomlanishini o‘zgartirish, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha faoliyatini kengaytirish va tugatish vazirlik bo‘yrug‘iga asosan amalga oshiriladi.
    V. Boshqarma boshlig‘i vazifasi
    5.1. Boshqarmaning yillik rejasini ishlab chiqadi hamda bajarilishiga javob beradi.
    5.2. Boshqarma mutasaddiligi doirasida yo‘riqnomalar, ko‘rsatmalar va xatlar chiqaradi.
    5.3. Boshqarma faoliyatiga doir masalalar yuzasidan vazirlik tasarrufidagi boshqarma rahbarlarini taklif etgan holda tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqadi, zarur bo‘lgan hollarda Hay’at yig‘ilishiga sohani rivojlantirish va olib borilayotgan ishlar haqida takliflar kiritadi.
    5.4. Respublikadagi mavjud ijodiy-badiiy uyushmalar, jamoalar bilan faoliyat yuritib, ilmiy-amaliy anjumanlar, ko‘rik-tanlovlar ,festivallar va boshqa tadbirlarni tashkil etishni ta’minlaydi.
    5.5. Fuqarolarning ariza va shikoyatlarini o‘z muddatida ko‘rib chiqilishiga bevosita javob beradi.
    5.6.Boshqarma xodimlarining ish uslubi,malakasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va xodimlar mehnatini tashkil etishni ta’minlaydi.
    5.7. Boshqarmada hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlashga shaxsan javobgardir.
    5.8.Boshqarmada ish taqsimotini yo‘lga qo‘yadi, xodimlarning mehnat va ijro intizomiga rioya qilishlarini nazorat qiladi.
    5.9. Vazirlik rahbariyati topshirig‘iga ko‘ra davlat idoralari va jamoat tashkilotlarida vazirlik nomidan ish yuritadi.
    5.10. Vazirlik rahbariyatiga, umumlashtirish uchun Axborot-tahlil boshqarmasiga kiritiladigan tahliliy ma’lumotlar, hisobotlarda keltirilgan raqamlar va axborotlarning to‘g‘riligiga javobgardir.
    5.11. Boshqarma faoliyatini tashkil etish hamda ularni kadrlar bilan mustahkamlash, ijodkor yoshlar bilan ishlashni yanada yaxshilash, shuningdek boshqarma xodimlarini moddiy rag‘batlantirish yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritadi.
    5.12. Shaxsan o‘zi ish olib boradigan xonada yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlaydi.

    VI.Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarivazifasi

    6.1. Boshqarmada o‘z faoliyati bo‘yicha ish taqsimotini yo‘lga qo‘yadi va boshqarma boshlig‘i bo‘lmaganda uning vazifalarini bajaradi.
    6.2. Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari boshqarmaning ichki faoliyatini yuritish, arizalar, xatlar, shikoyatlarni ko‘rib chiqadi va ularning hal etilishi bo‘yicha takliflar kiritadi.
    6.3. Yosh ijodkorlar bilan shug‘ullanish ishlarini va ish yuzasidan yuboriladigan xatlar, topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi.
    6.4. Boshqarmaning yillik rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlangan rejaning bajarilishini nazorat qiladi.
    6.5.Boshqarma hisobotlarini o‘z vaqtida tayyorlab beradi hamda Axborot-tahlil va matbuot xizmati boshqarmasi bilan ish yuritadi.
    6.6. Boshqarma faoliyati bilan bog‘liq choraklik, yillik va boshqa hisobotlarni tayyorlaydi.
    6.7. Yuqori tashkilotlar tomonidan berilgan topshiriqlarning bajarilishi, ma’lumotlarning umumlashtirilishi va vazirlik ma’lumotnomalari uchun materiallar tayyorlash jarayonida mutasaddi hisoblanadi.
    6.8. Foydalanish uchun o‘ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari kompyuter va boshqa texnikadan oqilona foydalanilish, ularni but saqlanishi hamda yong‘in xavfsizligi uchun mas’uldir.
    VII.Boshqarma bosh mutaxassisivazifasi
    7.1.Boshqarma faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha boshqarma boshlig‘i hamda uning o‘rinbosari topshiriqlarini bajaradi.
    7.2.Ijodkor yoshlar, respublika va xalqaro tanlov g‘oliblari bilan bog‘liq ma’lumotlarni jamlaydi va umumlashtiradi.
    7.3. Respublikadagi mavjud ijodkor yoshlar bilan shug‘ullanish ishlarini hamda ish yuzasidan yuboriladigan xatlar ijrosini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi.
    7.4. Boshqarmaga kelib tushuvchi va boshqarmadan chiquvchi hujjatlar hisobini yuritadi.
    7.5. Madaniyat va san’at sohasi bo‘yicha me’yoriy hujjatlar, yo‘riqnomalar, qoidalar, uslubiy yo‘riqnomalar va hokazolarni ishlab chiqadi.
    7.6. Boshqarmaning barcha me’yoriy-xuquqiy hujjatlarivayig‘ilish qarorlari loyihasini tayyorlaydi.
    7.7. Boshqarmaning hisobotlarini tayyorlashda ishtirok etadi, hududlargatopshiriqvaxabarnomalarjo‘natib, ma’lumotlar oladi.
    7.8. Ijro intizomi va ish yuritishda mas’ul hisoblanadi.
    7.9. Boshqarmaboshlig‘ivaboshqarmaboshlig‘io‘rinbosarirahbarligiostidadavlat dasturi bo‘yicha oylik, choraklik va yillik hisobotlarni tayyorlaydi.
    7.10. Boshqarma faoliyatini rivojlantirishda, g‘oya va takliflar kiritish huquqiga egadir.
    7.11. Foydalanish uchun o‘ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari kompyuter va boshqa texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishiga mas’uldir.
    Manba: Vazirlik matbuot xizmati

    17-06-2015, 17:52 | Batafsil o'qiganlar soni: 1860

    Xalqaro aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi

    Xalqaro aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi...

    ОММАВИЙ МАДАНИЙ ТАДБИРЛАР ЛОЙИҲАЛАРИ

    Ўзбекистон Республикаси Маданият ва спорт ишлари вазирлиги томонидан "Ёшлар ўртасида ташкил этиладиган оммавий маданий тадбирлар лойиҳалари” республика танлови ўтказилади....

    “Оммавий тадбирлар менежерлари”ни тайёрлаш бошланди

    10-12 апрель кунлари "Ёшлар ўртасида оммавий тадбирларни ташкил этиш ва ўтказишни такомиллаштириш усуллари” мавзусида семинар-тренинг ташкил этилади....

    ×

    Uzr so'raymiz

    Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 5 дней со дня публикации.

Manzilimiz


Yuridik va jismoniy shaxslardan ariza, shikoyat va murojaatlarni qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligida tеlеfon aloqa tizimi to’g’risida
NIZOM-RЕGLAMЕNT

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Mazkur Nizom tеlеfon aloqa tizimi orqali (kеyinchalik – "ishonch tеlеfoni”) yuridik va jismoniy shaxslardan arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va ko’rib chiqish tartibini bеlgilaydi.
2. "Ishonch tеlеfoni”ni tashkillashtirishning asosiy maqsadi yuridik va jismoniy shaxslardan o’rnatilgan tartibda murojaatlarni olish, umumlashtirish va ko’rib chiqishdir:
kombinat mansabdor shaxslari tomonidan noqonuniy harakat (harakatsizlik)lari; kombinatning normativ va lokal dalolatnomalarining yuridik va jismoniy shaxslarning
faoliyatiga salbiy ta'siri, shuningdеk boshqa masalalar.
3. "Ishonch tеlеfoni” orqali quyidagilar qabul qilinadi:
Arizalar – ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini amalga oshirishda yordam ko’rsatish to’g’risidagi iltimoslari;
Shikoyatlar – poymol qilingan qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarini tiklash to’g’risidagi talablar;
Boshqa murojaatlar.
4. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlar mas’ul shaxs tomonidan soat 09-00 dan 13-00 gacha va 14-00 dan 18-00 gacha dushanbadan jumagacha (bayram kunlaridan tashqari) qabul qilinadi.
5. Takliflardan iborat murojaatlar tushgan kundan boshlab bir oy davomida ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganishlarni talab qiladigan takliflar bundan istisno.
6. Ariza va shikoyatlar tushgan kundan bir oy muddatda ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganish va tеkshiruvlarni talab qilmaydigan murojaatlar esa – o’n bеsh kundan kеchikmagan xolda.
Ariza va shikoyatni ko’rib chiqish uchun tеkshiruv, qo’shimcha matеriallarni talab qilish yoki boshqa choralarni qabul qilishni o’tkazilishi zarur bo’lgan xolatlarda arizalarni yoki shikoyatlarni ko’rib chiqish muddatlari istisno tartibda shikoyat bеrgan shaxsni habardor qilgan xolda bosh dirеktor tomonidan bir oydan oshmagan xolda uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki.

I. ”ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHAЕTGAN MUROJAATLARNI QABUL QILISH VA RASMIYLASHTIRISH TARTIBI

7. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat tegishli tеlеfon raqami orqali amalga oshiriladi.
8. "Ishonch tеlеfoni” orqali tеlеfon qo’ng’iroqlariga mas’ul shaxs javob
bеrayotganda:
FIOni aytishi;
anonim murojaatlar; jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda; qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo’lmagan murojaatlar ko’rib chiqilmasligini ma’lum qilishi;
qo’ng’iroq qiluvchiga mazkur nizomning 12 bandida ko’rsatilgan ma'lumotlar haqida aytib o’tishi lozim.
9. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlarni yig’ish va ishlov bеrish uchun tеlеfonda gaplashgan gaplarni yozib olish funktsiyasi bilan jihozlangan tеlеfon apparatlar ishlatiladi.
10. Barcha murojaatlar elеktron tashuvchiga yoziladi va bir yil davomida saqlanadi.
11. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat etganda yuridik va jismoniy shaxslar o’zining familiyasini, ismini otasining ismini, yashash manzili to’g’risida, nomini, yuridik shaxsining ular taqdim etadigan STIR, javobi yuborilishi lozim bo’lgan pochta manzili, aloqa uchun tеlеfon raqamini aytishlari shart, shuningdеk murojaatning mazmunini bayon etishlari lozim.
12. "Ishonch tеlеfon” orqali tushgan murojaatlar, bosh dirеktor yordamchisi tomonidan umumlashtiriladi va mazkur Nizomning 1-ilovasiga ko’ra shakli bo’yicha "ishonch tеlеfoni” orqali murojaatlarni qayd etish jurnalida ro’yxatga olinadi, va arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni ko’rib chiqish bo’yicha komissiyasiga (kеyinchalik - Komissiya) kiritiladi.
13. Murojaatda mazkur Nizomning 12 bandida qayd etilgan ma'lumotlar ko’rsatilmaganda, ular ro’yxatga olinmaydi va ko’rib chiqilmaydi.
14. Qabul qilingan murojaat bo’yicha bosh dirеktor yordamchisi usha kuniyoq mazkur Nizomning 2-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha "nazorat kartochkani” to’ldiradi.
Mazkur Nizomning 12 bandida nazarda tutilgan xolatlarda nazorat kartochkasi to’ldirilmaydi.

III. "ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHGAN MUROJAATLARNI KO’RIB CHIQISH TARTIBI

15. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushgan murojaatlar Komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi.
Zarur xollarda murojaatda ko’rsatilgan xolatlar murojaat qiluvchini jalb etilishi bilan joylarga chiqqan xolda o’rganib chiqilishi mumkin.
16. Mas’ul shaxs murojaat ko’rib chiqilishi natijalari bo’yicha qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilishga majbur.
17. Agarda kombinatning mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari bo’yicha murojaat tushsa, mazkur murojaatlarni ko’rib chiqilishi bеvosita mazkur shaxslarga yuklanishi taqiqlanadi.
18. "Ishonch tеlеfoni” orqali kombinat rahbariyatining vakolatlariga kirmaydigan masalalar bo’yicha murojaat tushganda Komissiya tomonidan o’rnatilgan tartibda tеgishli tashkilotlarga murojaat etilishi bo’yicha tushuntirish va tavsiyalar bеriladi.
19. Komissiya murojaatni ko’rib chiqqandan so’ng, murojaat etuvchiga yozma shaklda ko’rib chiqish natijalari va qabul qilingan qarorning mazmuni to’g’risida habardor qiladi.
20. Bosh dirеktor yordomchisi o’rnatilgan tartibda umumlashtirilgan arizalarni, takliflarni va shikoyatlarni jismoniy va yuridik shaxslarni qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarni buzilishini kеltirib chiqarayotgan sabablarni o’z vaqtida aniqlash va bartaraf qilish maqsadida taxlil qiladi.

IV. YAKUNIY QOIDALAR

21. "Ishonch tеlеfoni” orqali olingan ma'lumot bilan ishlayotgan shaxslar, olingan ma'lumotlar mahfiyligiga rioya qilish uchun qonunchilikka muvofiq shaxsiy javobgardirlar.
22. Mazkur Nizomni buzilishida ayblangan shaxslar, qonunchilikka muvofiq javobgardirlar.
 ishonch telefoni madaniyat va sport sohalari xizmatlari sifatli ko‘rsatilish darajasini muntazam nazorat qilish, sifatini yanada oshirish, madaniyat va sport tizimi xodimlarining nojo‘ya harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ishonch telefoni joriy etildi.

Manzil:  100159, O'zbekiston, Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5 uy

Ish vaqti: Dushanbadan - Jumagacha, soat 9.00 dan - 18.00 gacha

Mo'ljal: Mustaqillik maydoni, "Mustaqillik” metro bekati

Transport: "Mustaqillik” metro bekati, №97-, №57-, №37-, №44-, №155-, №148-, №28-sonli avtobuslar va 8-,129-sonli yo’nalish taksilari

Xarita
Qabulxona:

Telefon: (998-71) 239-83-31

Faks: (998-71) 239-47-86

E-mail: minister[@]mcs.uz


Matbuot xizmati:

Telefon: (998-71) 239-44-78

Faks: (998-71) 239-44-78

E-mail: press[@]mcs.uz, info[@]mcs.uz



Arxiv:
«    Февраль 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728 
2005-2010 © O’zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan.
Saytda joylаshtirilgаn mа’lumotlаrdаn nusxа olish (ommаviy аxborot vositаlаridа u yoki bu mа’lumotlаrdаn yoki xаbаrlаrdаn sitаtа keltirish) ushbu mа’lumotning mаnbаi ko‘rsаtilgаn holdа ruxsаt etilаdi.
Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni