O'zbekiston Davlat Satira Teatri Tarixi

     

                 Teatrning qisqacha tarixi

     Abdulla Qahhor nomidagi Respublika Satira teatri 1986 yili tashkil etilgan. Uning soxasi “Gap egasini topadi” nomli kulgi dasturi bilan ochilgan. 
    Birinchi sahnalashtirilgan spektaklni ABDULLA QAHHOR. “ Tobutdan tovush” satirik komediyasi. 
    Teatrda turli yillarda O‘zbekiston halq artistlari  E. Karimov, S. Devonov, B. Ixtiyorov, X. Sa’diev, L. Sa’dullaev, O‘zbekiston san’at arbobi, rejissyor N. Otaboev, O‘zbekimtonda xmzmat ko‘rsatgan artistlar Turdibek Sodiqov,SH. Rasulov , G.  Sa’dullaevva, R. Karimov , Z. Ismoilova, taniqli aktyorlar SH. Ro‘zioxunov, X. Musaboev, A. Toshkanboev , A, Ibotullina, X. Nizomiddinov, SH. YUnusov, S. Mirhodieva, va boshqalar faoliyati ko‘rsatishgan .
    Satira teatri turli yillarda “ Sabil qoldi ” , “Janjal”, “Mayiz emagan xotin ”, “ Kulol va Qaroqchi” , Afandi va azroyil”, “ Temir xotin” , “ Oltin jo‘ja sarguzashtlari”, “ Besh kunlik kuyov”, “Qovurilgan o‘rdak parvozi”, “ YO shox, yo Afandi yo”, “ Buguning shumbolasi” , “ Kuyovingni berib tur”, 
    “ Sadoqat”  “ Baxt kaleti”, “ O, Nargiz” “ CHapani hangoma”, singari o‘nlab spektakllar sahnalashtirgan va teatr mamlaktimizdagi boshqa professional teatrlar safidan mustahkam o‘rin olgan.
    Teatr mualliflari orasida A. Qahhor, SHukrullo , F. Musajonov, O‘. Umarbekov , M. Baxti , YU. Azimzoda , V. Orlov , SH. Boshbekov , 
    S. Jumag‘ulov,   Isfandiyor , SHuxrat, T. Al – Xakim O. Farmnov ,
    A. Obitjon,  M. Mamadalieva, E. Usmonov , S. Saloxiddinov va boshqa yozuvchi dramaturglar, tarjimonlar bor.
    Teatr spektakllarini N. Otaboeva , B. Ixtiyorov, L. Sa’dullaev, 
    X. Fayoziev, M.Muxamedov, A. Farmonov, O. SHaripov, B. Yo’ldoshev, 
    X. Solixov, M. Xoliqov  va boshqa rejissyorllar saxnalashtirishgan.
    Bulardan tashqari teatr ijodiy jamoasi turli bayramlar, tadbirlar, Respublikamizning deyali hamma viloyat va tumanlarida ishtirok etadi ijodiy safarlarda bo‘ladi, ijodiy uchrashuvlar o‘tkazadi, xususan qator spetaklar namoyish etish bilan birga Vatan ximoyachilari kuniga bag‘ishlab xarbiy bo‘linmalarda zobit va askarlar bilan uchrashuvlar, poytaxt Mehribonlik uyi bo‘ldi nogiron va boquvchisi yo‘qlari har bir spektaklga taklif etib bepul tomoshalar ko‘rsatdi.
    Ko‘rinib turibdiki, Respublika Satira teatrining asosiy maqsadi halqimizga yuqori saviyali madaniy xizmat ko‘rsatish, tomoshabinlar ma’naviyatini o‘stirishda hissa qo‘shish, milliy teatr san’ati rivojiga xizmat qilish va bu yo‘lda davlatimiz ko‘rsatayotgan chora – tadbirlarga tayangan xolda ish yuritishdan iborat.

           2. Mustaqillik yillarda teatr faoliyati

         Yurtimiz Mustaqilillikka erishgach, istiqlol barcha teatrlarga, xususan Satira teatriga ham katta ijodiy imkoniyatlar yaratib berdi.
    Jumladan Mustaqillikning ilk yillaridanoq Respublika bo‘ylab qator ijodiy safarlarni amalga oshirdi, masalan Fag‘ona viloyatida, Sirdaryo viloyatlarida gastrol- safarlarida bo‘lib , ko‘plab ijodi uchrashuvlar o‘tkazdi va bu tadbirlarning qarib xammasi “ Sog‘lom avlod yili”- ga bag‘ishlandi.
    SHundan keyingi yillar davomida teatr Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Navoiy, Toshkent viloyatlarida bo‘lib “ Kichik biznes va tadbirkorlik yili” ga bag‘ishlab qator tomoshalar namoyish etdi. “ Navro‘z”, Mustaqillik bayrami” singari umumxalq bayramlarida faol ishtirok etdi, xosil 
    yig‘im – terim paytida yurtimizning barcha viloyatlarida bo‘lib, paxtakorlarga, xasharchilarga madaniy xizmat ko‘rsatdi. 
    Teatr Mustaqillik yillarida 2010 – 2015 yillar davomida ko‘plab asarlarga qo‘l urdi.
    Bunday asarlar orasida qoraqalpoq adibi S. Jumag‘ulovning “ Kuyovingni berib tur”, ozarboyjon adibi Y. Azimzodaning “ Nasriddinning yoshligi” , o‘zbek yozuvchisi O‘.Umarbekovning “ Odam bo‘li qiyin” romani asosida tayyorlangan muallifi E. Usmonov “ Sadoqat” spektaklini tomoshabinlar hukumiga havola qildi. SHuninigdek , N. Hoshimovning “ Boylik talvasasi”, E. Usmanovning yoshlar hayotiga bag‘ishlangan “Baxt kaliti” singari spektakllarini muvaffaqiyat bilan tomoshabinlarga taqdim etdi.
    Xususan, keyingi yillarda saxnalashtirilgan “ Jumboq” , “ O , Nargiz” “ Xind afsonasi”, CHapani hangoma”, “ CHig‘iriq” singari spektakllar tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

         3. Teatrda repertuar va rejissura taxlili. 

    Har qanday teatrni repertuarimiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa hozirgi tomoshabinlar kutayotgan satira va yumor janridagi komik asarlarga talab katta.
    Respublika Satira teatri shu ma’noda tashkil etilgandan buyon yumorga boy, komediyaiviy spektakllarni qo‘yib keladi.Bu o‘rinda albatta , A. Qahhorning “ Tobutdan tovush”, S. Axmad, F. Musajonov va O. Farmonning “ Gap egasini topadi”, YU. Azimzodaning “Afandi va Azroyl” , SHuxratning “ Besh kunlik kuyov”, SH. Boshbekovning “ Temir xotin” ,
    Q. Muxammadrizoning “ Bugungi shumbolasi” ,YU . Azimzodaning “ Nasriddining yoshligi”, E. Usmanovning “ Baxt kaleti” “ Standart kelin”, A. Obidjonning “ CHapani hangoma” singari asarlarini eslab utma joiz.
    Bulardan tashqari teatr repertuarini boshqa janrlarga mansub kattalarga va bolalarga bag‘ishlangan asarlar xam tashkil etadi. Ular jumlasiga “ Oltin jo‘ja sarguzashtlari” “ Mayiz emagan xotin”, 
    “ Ayajonlarim” , “Jumboq” “Boylik talvasasi” va yaqinda saxnalashtirilayotgan “ Turkiston tabibi” “ Tomi ketgan yigit”, “ Ayol “, 
    “ Mubtalo”singari spektakllarni keltirish mumkin.
    Teatr xayotida rejissura masalasi hamisha jiddiy bo‘li kelgan. Ayniqsa ,satira – yumor janridayaxshi dramatik asar, komediyalar saxnalashtirib tomoshabinlarga manzur qilish qiyin.
    Ammo Satira teatrining bosib o‘tgan yo‘lida o‘zining shakllanib borayotgan o‘z yo‘li va tajribasi bor. SHuning uchun ayrim spektakllarni har xil rejissyorlarni taklif qilib qo‘ndirishga xarakat qiladi va bu tajriba rejissuraning rang- barangligini   ta’mminlaydi.
    Xozrgi teatrda ishlayotgan va ilagan M. Xoliqov, J. Ro‘zimetov singari yosh rejissyorlarning izlanishlari barchani quvontiradi.   

     4. Zamon qaxramoni mavzusida yaratilgan asarlar.

             Hukumatimizning barcha teatrlar oldiga qo‘yilgan “Zamondosh qaxromon obrazini yaratish” haqidagi talab va takliflari Respublika Satira teatri oldiga ham katta mas’uliyat yuklaydi.
    SHu ma’noda, ijodi y jamoa zamonaviy mavzudagi qator asarlarga murojaat qilib, kator spktakllar saxnalashtirdi, tomoshabinlarga taqdim etdi. 
    Xususan, taniqli dramaturg O‘. Umarbekovning “ Odam bo‘lish qiyin” romani asosidagi E.Usmanovning “ Sadoqat” nomli inssenirovka qishloq yoshlari, ularning intilish va izlanilari, orzu – o‘ylari, muxabbatlarlari, yosh arxitektor Gulchexraning bu bu yo‘lda olib borgan xayrli ishlari tomoshabinlarda yaxshi taassurot qoldirdi va bu rolni ijro etgan yosh aktrisa D. Mameshova “ Seni kuylaymiz,zamondosh” Respublika teatr tanlovida “Eng yahshi ayol roli uchun” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi. Bu spektakl eng yaxshi,javob asarlar qatorida teatrshunoslar tomonidan e’tirof etildi.
    Bundan tashqari teatr”Ustozlarga ta’zim” musiqali programmasi, “ Kulgi kechasi” bilan ham tomoshabinlar mehrini qozondi.
    Zamonaviy mavzudagi R. Muxammadjonovning “ Davlat bololari”,
    T Muxiddinning “ Adashganlar”, A. Qahhorning “ Ayajonlarim”, N. Hoshimovning “ Boylik talvasasi”, M. Mamadalievaning “ Jumboq”, 
    U . O‘sarovning “ CHig‘iriq”, E. Usmanovning “Standart kelin”, 
    A. Obidjonnnig “ CHapani xangoma” singari asarlari qay bir ma’noda zamonaviy mavzudagi asarlarga hamoxang va mushtarak bo‘ldi. 
    Ammo, xali bu yo‘lda qiladigan ishlarimiz ko‘p va ijodiy jaioa yangidan -  yangi izlanishlarni amalga oshirmoqda.

    шаблоны для dle 11.2

    markaz