O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari vazirligi

Министерство по делам культуры и спорта

Информация по обращениям физических и юридических лиц,

поступивших в виртуальную приёмную Премьер-министра Республики Узбекистан

(на 20 октября 2016 года)

 

Содержание обращений

Поступило

На рассмотрении

Рассмотрено

Нарушены сроки рассмотрения

Направлены

на повторное рассмотрение *

Новые **

шт.

в том числе, повторно

1.

О деятельности спортивных клубов и спортивных федераций

50

 

9

41

1

 

 

2.

Вопросы занятости и трудовых отношений

32

1

16

16

2

2

 

3.

О поступлении или восстановлении на учебе

20

 

10

10

3

2

 

4.

О развитии вида спорта, проведении соревнования, выделении средств на соревнования

15

 

8

7

 

 

 

5.

Невыплата зарплаты

11

 

9

2

1

 

 

6.

Прочее

101

1

38

63

3

1

 

 

Всего

229

2

90

139

10

5

 

Yulduzlarga savolingiz bormi?

    Kadrlar boshqarmasi

    Bo'lim: Markaziy apparat boshqarmalari, . Sanasi: 19-06-2015, 10:58
    Rahbari
    Yunusov Mirjamol Mirjalilovich
    Ish telefoni
    2394239
    Manzili
    Toshkent sh., Mustaqillik maydoni, 5
    Email
    kadr[at]mcs.uz

    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining
    Kadrlar boshqarmasi to'g'risidagi
    NIZOM


    I. Umumiy qoidalar

    1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Kadrlar boshqarmasi (bundan buyon matnda Boshqarma deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi  markaziy apparatining tarkibiy tuzilmasi bo‘lib, bevosita O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziriga (bundan buyon matnda vazir deb yuritiladi) bo‘ysunadi.
    2. Boshqarma o‘zining faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) to‘g‘risidagi Nizom, Vazirlik Hay’atining qarorlari, vazir buyruqlari, farmoyishlari, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
    3. Boshqarma o‘z faoliyatini amalga oshirishda va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda o‘z nomi tushirilgan muhrdan foydalanadi.

    II. Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari

    4. Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifa va funksiyalari hisoblanadi:
    zamonaviy talablar hamda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi jarayonlarni hisobga olgan holda, vazirlik va uning tasarrufidagi tashkilotlarning (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etish;
    vazirlik nomenklaturasiga asosan madaniyat va sport sohasiga davlatimiz tomonidan berilayotgan e’tibordan kelib chiqqan holda tashkilotlarning rahbarlari bilan hamkorlikda ushbu yo‘nalishlarda yetarli bilim va tajribaga ega, mavjud imkoniyatlarni to‘g‘ri baholay oladigan, sohani rivojlantirishga har jihatdan munosib bo‘lgan tashabbuskor, salohiyatli nomzodlarni tanlash va lavozimlarga tayinlash yuzasidan vazirga takliflar tayyorlash;
    tashkilotlarni malakali xodimlar bilan ta’minlash, mutaxassislarning bilim va tajribalaridan to‘la foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, layoqatli va umidli yoshlarni rahbarlik ishlariga jalb etish bo‘yicha choralar ko‘rish;
    vazirlik tomonidan olib boriladigan yagona kadrlar siyosatini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etish;
    vazirlik nomenklaturasi talablaridan kelib chiqib, vazirlik markaziy apparati va tashkilotlarning rahbarligi uchun zahira tayyorlash;
    vazirlik asosiy nomenklaturasidagi xodimlarning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildini yuritish hamda ularning faoliyatini tahlil qilish va baholashda ishtirok etish;
    tarmoq xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish, uslubiy ta’minlash va tashkil etishda qatnashish;
    vazirlik markaziy apparati xodimlarini, vazirlik asosiy nomenklaturasida bo‘lgan rahbarlarni ishdagi yutuqlari uchun rag‘batlantirish yoki yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun tegishli choralar ko‘rishga oid takliflar tayyorlash;
    alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlarni O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga tavsiya etish yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtish;
    tashkilotlarning Kadrlar boshqarmasi vakolatiga taalluqli hisobotlarini qabul qilish va ularni umumlashtirish;
    boshqarmaning faoliyatiga oid ariza, shikoyat va murojaatlarini ko‘rib chiqish;
    vazirlik tizimidagi tashkilotlarning rahbar va mas’ul xodimlarini o‘qitishni, malakasini oshirishni tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash;
    tashkilotlarga o‘z faoliyati yuzasidan amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;
    vazirlik markaziy apparati va tashkilotlar xodimlarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqishda qatnashish;
    xodimlarni mehnat intizomi, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat olib borish;
    mehnat intizomi, ichki tartib qoidalari buzilgan har bir holatni chuqur va xolisona ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
    xodimlarning mehnat daftarchalari, xizmat guvohnomalari va shaxsiy tarkibga oid hujjatlarini belgilangan tartibda yuritilishini ta’minlash;
    kadrlar ishini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
    boshqarma o‘z vakolatlari doirasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

    III. Boshqarmaning huquqlari va javobgarligi

    5. Boshqarma zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishi uchun quyidagi huquqlarga ega:
    Vazirlik markaziy apparati va tashkilotlarda kadrlar bilan ishlashning umumiy ahvolini tahlil va nazorat qilish;
    tarmoq xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha vazirga taklif kiritish;
    boshqarma vakolatlariga tegishli masalalar yuzasidan qonunchilikda ko‘zda tutilgan choralarni qo‘llash;
    vazirlik markaziy apparati hamda tashkilotlardan kadrlar zahirasiga oid hujjatlarni talab qilib olish;
    tizimdagi o‘quv muassasalaridan bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni talab qilib olish;
    tashkilotalarning boshqarma vakolatiga taalluqli hisobotlarini yig‘ish;
    vazirlik markaziy apparati va tashkilotlarning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda qatnashish;
    nomenklaturaga olingan tegishli xodimlarning shaxsiy yig‘ma jildini shakllantirish uchun zarur hujjatlar va ma’lumotlar so‘rash;
    o‘z faoliyati bo‘yicha tashkilotlarga tavsiyalar berish;
    lavozimlarga tavsiya etilgan, tanlangan nomzodlarni o‘rganish natijalari bo‘yicha, shuningdek, xodimlarni davlat mukofotlari va boshqa turdagi rag‘batlantirishlarga tavsiya etish, intizomiy jazo qo‘llash masalalari bo‘yicha belgilangan tartibda rahbariyatga taklif kiritish;
    vazirlik markaziy apparati va tashkilotlarning faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tegishli bo‘linmalar tashkil etish, ularni qayta tashkil etish va tugatish, shuningdek, ularning nizomlarini ishlab chiqishda qatnashish;
    xizmat yuzasidan o‘rganishlar va monitoring olib borish;
    kadrlar hisobini yuritish, kadrlar zahirasini shakllantirish va to‘ldirib borish faoliyatini zamon talablariga mos bo‘lishini ta’minlash uchun amaliy choralar ko‘rish;
    xodimlarning ishlash to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar berish;
    xodimlarning imzolarini tasdiqlash;
    boshqarma o‘z nomi davlat tilida ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘ladi.
    Mazkur nizom bilan belgilangan vazifalar lozim darajada bajarilmagani uchun javobgarlik belgilanadi.
    IV. Boshqarma faoliyatini tashkil qilish

    6. Boshqarma faoliyatiga belgilangan tartibda vazir tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshqarma boshlig‘i rahbarlik qiladi. Boshqarma boshlig‘i bir nafar o‘rinbosar va bir nafar bosh mutaxassisga ega. Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari va bosh mutaxassis vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
    7. Boshqarma faoliyati xodimlarning lavozim yo‘riqnomsida belgilanadigan mehnat taqsimotiga asosan amalga oshiriladi.
    8. Boshqarma boshlig‘i:
    boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, Boshqarma ishlarini tashkillashtiradi, yo‘naltiradi va nazorat qiladi;
    boshqarmaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning o‘z vaqtida bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
    boshqarma xodimlariga topshiriqlar beradi.
    vazirlik rahbariyati topshiriqlari, farmoyishlari, buyruqlari va ko‘rsatmalarining xodimlar tomonidan bajarilishini tekshiradi, hujjatlarning o‘z vaqtida ijro etilishini nazorat qiladi;
    vazirlik rahbariyatiga xodimlarni rag‘batlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
    boshqarma tarkibini hamda faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, boshqarma faoliyatiga oid muhim masalalar haqida vazirga muntazam ravishda axborot beradi;
    boshqarma faoliyatiga daxldor masalalarni muhokama qilish, tegishli dasturlar, rejalar va boshqa topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish uchun boshqarma xodimlari ishtirokida tezkor yig‘ilishlar o‘tkazadi;
    mavjud shtat jadvali asosida lavozimga tayinlash uchun belgilangan tartibda vazirga nomzodlarni taqdim qiladi;
    boshqarma xodimlaridan mehnat intizomini buzganlik, yuklatilgan vazifalarni tegishlicha bajarmaganlik holatlari yuzasidan tushuntirishlar oladi;
    vazir topshirig‘iga asosan mehnat intizomini buzgan xodimlardan tushuntirishlar talab qilib oladi;
    o‘z vakolati doirasida tegishli hujjatlarni imzolaydi.
    9. Boshqarma xodimlari o‘z faoliyatini lavozim yo‘riqnomasiga muvofiq amalga oshiradilar.
    10. Shaxsiy yig‘ma jildlar bilan tanishishga Boshqarma boshlig‘ining roziligiga asosan ruxsat etiladi.
    11. Boshqarma xodimlarining lavozim yo‘riqnomasi vazir tomonidan tasdiqlanadi.
    12. Boshqarma xodimlari o‘zlarining xizmat vazifalarini bajarish vaqtida, yuklatilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqqanliklari, shuningdek, huquqqa xilof harakatlar yoki harakatsizligi, xizmat (lavozim) vazifalarini bajarmaganliklari yoxud lozim darajada bajarmaganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqa javobgarlikka tortiladi.
    Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifa va funksiyalari hisoblanadi:

    zamonaviy talablar hamda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi jarayonlarni hisobga olgan holda, vazirlik va uning tasarrufidagi tashkilotlarning (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etish;
    vazirlik nomenklaturasiga asosan madaniyat va sport sohasiga davlatimiz tomonidan berilayotgan e’tibordan kelib chiqqan holda tashkilotlarning rahbarlari bilan hamkorlikda ushbu yo‘nalishlarda yetarli bilim va tajribaga ega, mavjud imkoniyatlarni to‘g‘ri baholay oladigan, sohani rivojlantirishga har jihatdan munosib bo‘lgan tashabbuskor, salohiyatli nomzodlarni tanlash va lavozimlarga tayinlash yuzasidan vazirga takliflar tayyorlash;
    tashkilotlarni malakali xodimlar bilan ta’minlash, mutaxassislarning bilim va tajribalaridan to‘la foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, layoqatli va umidli yoshlarni rahbarlik ishlariga jalb etish bo‘yicha choralar ko‘rish;
    vazirlik tomonidan olib boriladigan yagona kadrlar siyosatini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etish;
    vazirlik nomenklaturasi talablaridan kelib chiqib, vazirlik markaziy apparati va tashkilotlarning rahbarligi uchun zahira tayyorlash;
    vazirlik asosiy nomenklaturasidagi xodimlarning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildini yuritish hamda ularning faoliyatini tahlil qilish va baholashda ishtirok etish;
    tarmoq xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish, uslubiy ta’minlash va tashkil etishda qatnashish;
    vazirlik markaziy apparati xodimlarini, vazirlik asosiy nomenklaturasida bo‘lgan rahbarlarni ishdagi yutuqlari uchun rag‘batlantirish yoki yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun tegishli choralar ko‘rishga oid takliflar tayyorlash;
    alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlarni O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga tavsiya etish yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtish;
    tashkilotlarning Kadrlar boshqarmasi vakolatiga taalluqli hisobotlarini qabul qilish va ularni umumlashtirish;
    boshqarmaning faoliyatiga oid ariza, shikoyat va murojaatlarini ko‘rib chiqish;
    vazirlik tizimidagi tashkilotlarning rahbar va mas’ul xodimlarini o‘qitishni, malakasini oshirishni tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash;
    tashkilotlarga o‘z faoliyati yuzasidan amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;
    vazirlik markaziy apparati va tashkilotlar xodimlarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqishda qatnashish;
    xodimlarni mehnat intizomi, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat olib borish;
    mehnat intizomi, ichki tartib qoidalari buzilgan har bir holatni chuqur va xolisona ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
    xodimlarning mehnat daftarchalari, xizmat guvohnomalari va shaxsiy tarkibga oid hujjatlarini belgilangan tartibda yuritilishini ta’minlash;
    kadrlar ishini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
    boshqarma o‘z vakolatlari doirasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifa va funksiyalari hisoblanadi: zamonaviy talablar hamda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi jarayonlarni hisobga olgan holda, vazirlik va uning tasarrufidagi tashkilotlarning (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etish; vazirlik nomenklaturasiga asosan madaniyat va sport sohasiga davlatimiz tomonidan berilayotgan e’tibordan kelib chiqqan holda tashkilotlarning rahbarlari bilan hamkorlikda ushbu yo‘nalishlarda yetarli bilim va tajribaga ega, mavjud imkoniyatlarni to‘g‘ri baholay oladigan, sohani rivojlantirishga har jihatdan munosib bo‘lgan tashabbuskor, salohiyatli nomzodlarni tanlash va lavozimlarga tayinlash yuzasidan vazirga takliflar tayyorlash; tashkilotlarni malakali xodimlar bilan ta’minlash, mutaxassislarning bilim va tajribalaridan to‘la foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, layoqatli va umidli yoshlarni rahbarlik ishlariga jalb etish bo‘yicha choralar ko‘rish; vazirlik tomonidan olib boriladigan yagona kadrlar siyosatini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etish; vazirlik nomenklaturasi talablaridan kelib chiqib, vazirlik markaziy apparati va tashkilotlarning rahbarligi uchun zahira tayyorlash; vazirlik asosiy nomenklaturasidagi xodimlarning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildini yuritish hamda ularning faoliyatini tahlil qilish va baholashda ishtirok etish; tarmoq xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish, uslubiy ta’minlash va tashkil etishda qatnashish; vazirlik markaziy apparati xodimlarini, vazirlik asosiy nomenklaturasida bo‘lgan rahbarlarni ishdagi yutuqlari uchun rag‘batlantirish yoki yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun tegishli choralar ko‘rishga oid takliflar tayyorlash; alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlarni O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga tavsiya etish yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtish; tashkilotlarning Kadrlar boshqarmasi vakolatiga taalluqli hisobotlarini qabul qilish va ularni umumlashtirish; boshqarmaning faoliyatiga oid ariza, shikoyat va murojaatlarini ko‘rib chiqish; vazirlik tizimidagi tashkilotlarning rahbar va mas’ul xodimlarini o‘qitishni, malakasini oshirishni tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash; tashkilotlarga o‘z faoliyati yuzasidan amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish; vazirlik markaziy apparati va tashkilotlar xodimlarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqishda qatnashish; xodimlarni mehnat intizomi, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat olib borish; mehnat intizomi, ichki tartib qoidalari buzilgan har bir holatni chuqur va xolisona ko‘rib chiqilishini ta’minlash; xodimlarning mehnat daftarchalari, xizmat guvohnomalari va shaxsiy tarkibga oid hujjatlarini belgilangan tartibda yuritilishini ta’minlash; kadrlar ishini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; boshqarma o‘z vakolatlari doirasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
    Maqolani chop etish

    19-06-2015, 10:58 | Batafsil o'qiganlar soni: 1687

    ×

    Uzr so'raymiz

    Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 5 дней со дня публикации.

Manzilimiz


Yuridik va jismoniy shaxslardan ariza, shikoyat va murojaatlarni qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligida tеlеfon aloqa tizimi to’g’risida
NIZOM-RЕGLAMЕNT

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Mazkur Nizom tеlеfon aloqa tizimi orqali (kеyinchalik – "ishonch tеlеfoni”) yuridik va jismoniy shaxslardan arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va ko’rib chiqish tartibini bеlgilaydi.
2. "Ishonch tеlеfoni”ni tashkillashtirishning asosiy maqsadi yuridik va jismoniy shaxslardan o’rnatilgan tartibda murojaatlarni olish, umumlashtirish va ko’rib chiqishdir:
kombinat mansabdor shaxslari tomonidan noqonuniy harakat (harakatsizlik)lari; kombinatning normativ va lokal dalolatnomalarining yuridik va jismoniy shaxslarning
faoliyatiga salbiy ta'siri, shuningdеk boshqa masalalar.
3. "Ishonch tеlеfoni” orqali quyidagilar qabul qilinadi:
Arizalar – ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini amalga oshirishda yordam ko’rsatish to’g’risidagi iltimoslari;
Shikoyatlar – poymol qilingan qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarini tiklash to’g’risidagi talablar;
Boshqa murojaatlar.
4. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlar mas’ul shaxs tomonidan soat 09-00 dan 13-00 gacha va 14-00 dan 18-00 gacha dushanbadan jumagacha (bayram kunlaridan tashqari) qabul qilinadi.
5. Takliflardan iborat murojaatlar tushgan kundan boshlab bir oy davomida ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganishlarni talab qiladigan takliflar bundan istisno.
6. Ariza va shikoyatlar tushgan kundan bir oy muddatda ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganish va tеkshiruvlarni talab qilmaydigan murojaatlar esa – o’n bеsh kundan kеchikmagan xolda.
Ariza va shikoyatni ko’rib chiqish uchun tеkshiruv, qo’shimcha matеriallarni talab qilish yoki boshqa choralarni qabul qilishni o’tkazilishi zarur bo’lgan xolatlarda arizalarni yoki shikoyatlarni ko’rib chiqish muddatlari istisno tartibda shikoyat bеrgan shaxsni habardor qilgan xolda bosh dirеktor tomonidan bir oydan oshmagan xolda uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki.

I. ”ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHAЕTGAN MUROJAATLARNI QABUL QILISH VA RASMIYLASHTIRISH TARTIBI

7. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat tegishli tеlеfon raqami orqali amalga oshiriladi.
8. "Ishonch tеlеfoni” orqali tеlеfon qo’ng’iroqlariga mas’ul shaxs javob
bеrayotganda:
FIOni aytishi;
anonim murojaatlar; jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda; qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo’lmagan murojaatlar ko’rib chiqilmasligini ma’lum qilishi;
qo’ng’iroq qiluvchiga mazkur nizomning 12 bandida ko’rsatilgan ma'lumotlar haqida aytib o’tishi lozim.
9. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlarni yig’ish va ishlov bеrish uchun tеlеfonda gaplashgan gaplarni yozib olish funktsiyasi bilan jihozlangan tеlеfon apparatlar ishlatiladi.
10. Barcha murojaatlar elеktron tashuvchiga yoziladi va bir yil davomida saqlanadi.
11. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat etganda yuridik va jismoniy shaxslar o’zining familiyasini, ismini otasining ismini, yashash manzili to’g’risida, nomini, yuridik shaxsining ular taqdim etadigan STIR, javobi yuborilishi lozim bo’lgan pochta manzili, aloqa uchun tеlеfon raqamini aytishlari shart, shuningdеk murojaatning mazmunini bayon etishlari lozim.
12. "Ishonch tеlеfon” orqali tushgan murojaatlar, bosh dirеktor yordamchisi tomonidan umumlashtiriladi va mazkur Nizomning 1-ilovasiga ko’ra shakli bo’yicha "ishonch tеlеfoni” orqali murojaatlarni qayd etish jurnalida ro’yxatga olinadi, va arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni ko’rib chiqish bo’yicha komissiyasiga (kеyinchalik - Komissiya) kiritiladi.
13. Murojaatda mazkur Nizomning 12 bandida qayd etilgan ma'lumotlar ko’rsatilmaganda, ular ro’yxatga olinmaydi va ko’rib chiqilmaydi.
14. Qabul qilingan murojaat bo’yicha bosh dirеktor yordamchisi usha kuniyoq mazkur Nizomning 2-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha "nazorat kartochkani” to’ldiradi.
Mazkur Nizomning 12 bandida nazarda tutilgan xolatlarda nazorat kartochkasi to’ldirilmaydi.

III. "ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHGAN MUROJAATLARNI KO’RIB CHIQISH TARTIBI

15. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushgan murojaatlar Komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi.
Zarur xollarda murojaatda ko’rsatilgan xolatlar murojaat qiluvchini jalb etilishi bilan joylarga chiqqan xolda o’rganib chiqilishi mumkin.
16. Mas’ul shaxs murojaat ko’rib chiqilishi natijalari bo’yicha qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilishga majbur.
17. Agarda kombinatning mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari bo’yicha murojaat tushsa, mazkur murojaatlarni ko’rib chiqilishi bеvosita mazkur shaxslarga yuklanishi taqiqlanadi.
18. "Ishonch tеlеfoni” orqali kombinat rahbariyatining vakolatlariga kirmaydigan masalalar bo’yicha murojaat tushganda Komissiya tomonidan o’rnatilgan tartibda tеgishli tashkilotlarga murojaat etilishi bo’yicha tushuntirish va tavsiyalar bеriladi.
19. Komissiya murojaatni ko’rib chiqqandan so’ng, murojaat etuvchiga yozma shaklda ko’rib chiqish natijalari va qabul qilingan qarorning mazmuni to’g’risida habardor qiladi.
20. Bosh dirеktor yordomchisi o’rnatilgan tartibda umumlashtirilgan arizalarni, takliflarni va shikoyatlarni jismoniy va yuridik shaxslarni qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarni buzilishini kеltirib chiqarayotgan sabablarni o’z vaqtida aniqlash va bartaraf qilish maqsadida taxlil qiladi.

IV. YAKUNIY QOIDALAR

21. "Ishonch tеlеfoni” orqali olingan ma'lumot bilan ishlayotgan shaxslar, olingan ma'lumotlar mahfiyligiga rioya qilish uchun qonunchilikka muvofiq shaxsiy javobgardirlar.
22. Mazkur Nizomni buzilishida ayblangan shaxslar, qonunchilikka muvofiq javobgardirlar.
 ishonch telefoni madaniyat va sport sohalari xizmatlari sifatli ko‘rsatilish darajasini muntazam nazorat qilish, sifatini yanada oshirish, madaniyat va sport tizimi xodimlarining nojo‘ya harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ishonch telefoni joriy etildi.

Manzil:  100159, O'zbekiston, Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5 uy

Ish vaqti: Dushanbadan - Jumagacha, soat 9.00 dan - 18.00 gacha

Mo'ljal: Mustaqillik maydoni, "Mustaqillik” metro bekati

Transport: "Mustaqillik” metro bekati, №97-, №57-, №37-, №44-, №155-, №148-, №28-sonli avtobuslar va 8-,129-sonli yo’nalish taksilari

Xarita
Qabulxona:

Telefon: (998-71) 239-83-31

Faks: (998-71) 239-47-86

E-mail: minister[@]mcs.uz


Matbuot xizmati:

Telefon: (998-71) 239-44-78

Faks: (998-71) 239-44-78

E-mail: press[@]mcs.uz, info[@]mcs.uz



Arxiv:
«    Февраль 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728 
2005-2010 © O’zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan.
Saytda joylаshtirilgаn mа’lumotlаrdаn nusxа olish (ommаviy аxborot vositаlаridа u yoki bu mа’lumotlаrdаn yoki xаbаrlаrdаn sitаtа keltirish) ushbu mа’lumotning mаnbаi ko‘rsаtilgаn holdа ruxsаt etilаdi.
Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni