O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari vazirligi

Министерство по делам культуры и спорта

Информация по обращениям физических и юридических лиц,

поступивших в виртуальную приёмную Премьер-министра Республики Узбекистан

(на 20 октября 2016 года)

 

Содержание обращений

Поступило

На рассмотрении

Рассмотрено

Нарушены сроки рассмотрения

Направлены

на повторное рассмотрение *

Новые **

шт.

в том числе, повторно

1.

О деятельности спортивных клубов и спортивных федераций

50

 

9

41

1

 

 

2.

Вопросы занятости и трудовых отношений

32

1

16

16

2

2

 

3.

О поступлении или восстановлении на учебе

20

 

10

10

3

2

 

4.

О развитии вида спорта, проведении соревнования, выделении средств на соревнования

15

 

8

7

 

 

 

5.

Невыплата зарплаты

11

 

9

2

1

 

 

6.

Прочее

101

1

38

63

3

1

 

 

Всего

229

2

90

139

10

5

 

Yulduzlarga savolingiz bormi?

    Iqtisodiy tahlil va moliya boshqarmasi

    Bo'lim: Markaziy apparat boshqarmalari, . Sanasi: 19-06-2015, 07:49
    Rahbari
    Ismoilov Murod
    Ish telefoni
    2394232
    Manzili
    Toshkent sh., Mustaqillik maydoni, 5
    Email
    moliya.b[at]mcs.uz

                        O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Iqtisodiy tahlil va moliya boshqarmasi to'g'risidagi

                                                                                                  NIZOM                

    Iqtisodiy tahlil va moliya boshqarmasi

    Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari

    Vazirlikga yuklatilgan vazifalarni to‘laqonli bajarish uchun moliyaviy shart-sharoit yaratadi.
    Vazirlikning markaziy apparati hamda uning tizimiga kiruvchi respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarning byudjet loyihasini tayyorlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi. 
    Davlat byudjeti hisobida bo‘lgan tizim tashkilotlarining xarajatlar smetalari hamda shtat jadvallarini vazirlik rahbariyatiga tasdiqlatish uchun tayyorlaydi, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va kelishish uchun Moliya vazirligiga taqdim etadi. 
    Vazirlikning markaziy apparati va tizim  tashkilotlariga ajratilgan byudjet hamda byudjetdan tashqari mablag‘larni sarflanishini doimiy monitoringini olib boradi, ulardan maqsadli foydalanishni o‘rganadi. 
    Yil davomida belgilangan moliyaviy va statistik hisobotlarni qabul qiladi, umumlashtiradi hamda belgilangan muddatlarda tegishli tashkilotlarga taqdim etadi.
    Boshqarma vazirlikning barcha boshqarmalari, vazirlik tasarrufida faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot va muassasalar hamda hududiy bo‘linmalar bilan o‘z yo‘nalishi bo‘yicha bevosita ish olib boradi.
    Boshqarma moliyaviy-iqtisodiy faoliyatga oid yangi qabul qilingan va o‘zgartirishlar kiritilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyatini quyi tashkilotlarga yetkazish maqsadida o‘quv seminarlarni tashkil etadi.
    Vazirlikning buyruqlari va tadbirlar rejasiga asosan o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar va boshqa tadbirlarni tasdiqlangan smeta asosida moliyalashtirilishini ta’minlaydi. 
    Tizim tashkilotlarining moliyaviy-iqtisodiy masalalarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatadi. Ular tomonidan tayyorlanib, yuqori tashkilotlarga hamda vazirlikka taqdim etiladigan moliyaviy-iqtisodiy hisobotlar, axborotlar va ma’lumotlarni to‘g‘riligini o‘rganadi.    

    Boshqarmaning huquq va majburiyatlari

    Davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘larning vazirlik hamda tizim tashkilotlari hisob raqamlariga o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlash. 
    Vazirlikning markaziy apparati va tizim tashkilotlariga ajratilgan byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanishni ta’minlash. 
    Boshqarma vakolati doirasida qo‘llanma va normativ hujjatlarni ishlab chiqish, vazirlikning tizim tashkilot va muassasalariga metodik yordam ko‘rsatishni tashkil etish. 
    Boshqarma vakolati doirasida tashkilotlar va fuqarolar xatlari bo‘yicha yozishmalarni amalga oshirishda boshqarma blankidan foydalanish.
    Tizim tashkilotlari va muassasalariga byudjet mablag‘laridan foydalanishga oid normativ hujjatlarni yetkazib berilishini ta’minlash.
    Vazirlikning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini zamon talablariga mos bo‘lishini ta’minlash uchun amaliy choralar ko‘rish.
    Moliyaviy smeta hujjatlarini tuzish maqsadida vazirlik markaziy apparati boshqarmalari va tegishli muassasalardan moliyaviy foliyatiga oid ma’lumotlarni talab qilib olish.

    Boshqarmaning tuzilmasi va ish taqsimoti

    Boshqarma o‘z faoliyatini bevosita vazir rahbarligi ostida olib boradi.
    Boshqarmaning tuzilmasi boshqarma boshlig‘i, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari - madaniy ma’rifiy muassasalarni moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i, sportni moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i, madaniyatni moliyalashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi, o‘quv yurtlarini moliyalashtirish bo‘yicha bosh mutaxassis, sportni moliyalashtirish bo‘limi bosh mutaxassisidan iborat.
    Boshqarma boshlig‘i.
     
    Boshqarmaga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Madaniyat va sport ishlari vazirligining Hay’at yig‘ilishi qarorlari, buyrug‘i va rahbariyat ko‘rsatmalarini boshqarma tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi.
    Boshqarmaning yillik ish rejasini ishlab chiqadi. 
    Boshqarmada ish taqsimotini yo‘lga qo‘yadi. 
    Vazirlik rahbariyati topshirig‘iga ko‘ra davlat idoralarida, jamoat tashkilotlarida vazirlik nomidan ish yuritadi.
    Davlat, hukumat qarorlarini, vazirlik Hay’ati qarorlari va buyruqlari, rahbariyat topshiriqlarini, boshqarma xodimlari tomonidan bajarilishini, ishni samarali tashkil qilinishini, mehnat va ijro intizomlariga amal qilinishini nazorat qiladi.
    Vazirlik rahbariyatiga hamda umumlashtirish uchun Axborot-tahlil boshqarmasiga kiritiladigan tahliliy ma’lumotlar va hisobotlarda keltirilgan raqamlar hamda axborotlarni to‘g‘riligiga javobgardir. 
    Boshqarma va tasarrufdagi tashkilotlar faoliyatini tashkil etish, ularni kadrlar bilan mustahkamlash yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritadi.
    Vazirlikning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish va uni bir maromda amalga oshirilishini ta’minlaydi. 
    Madaniyat va sport ishlari vazirligining markaziy apparati hamda vazirlik tasarrufidagi barcha tashkilotlarning smeta-xarajatlari hisob kitoblari ko‘rsatkichlarining to‘g‘riligini va shtatlar jadvalini amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga mosligi nazoratini olib boradi.
    Vazirlikning tizim tashkilotlari va muassasalari byudjet hamda byudjetdan tashqari mablag‘larining maqsadli sarflanishi bo‘yicha tegishli ma’lumotlar tayyorlaydi.
    Reja ko‘rsatkichlarini tuzilishi va o‘z vaqtida joylarga yetkazilishini ta’minlaydi.
    Vazirlik rahbariyatiga boshqarma xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, shuningdek  xizmat burchini o‘tishdagi kamchiliklari uchun ma’muriy choralar ko‘rish, ishga qabul qilinadigan boshqarma xodimlari nomzodlari bo‘yicha takliflar kiritadi.
    Fuqarolarning ariza va shikoyatlarini o‘z muddatida ko‘rib chiqilishiga bevosita javob beradi.
    Boshqarma faoliyati bilan bog‘liq choraklik, yillik va boshqa hisobotlarni tayyorlaydi.
    Boshqarma tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlarining ish uslubi va malakasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
    Vazirlik buyrug‘idagi sarf-xarajatlar smetasida belgilangan mablag‘larning hisob-kitoblari to‘g‘riligiga javob beradi.
    Boshqarmada hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlashga shaxsan javobgardir.
    Foydalanish uchun o‘ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishiga mas’uldir.
    Ish davomida yozuv qog‘ozidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish choralarini ko‘radi.
    O‘zi ish olib boradigan xonada yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlaydi.
    Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari – madaniy-ma’rifiy muassasalarni moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i.
    Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosariga biriktirilgan tizim tashkilotlari:
    Bo‘lim 201    
    §32 - 1ta ko‘zi ojizlar kutubxonasi;
    §33 – 16 ta muzey;
    §34 – Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi;
    §39 – Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik hamda axborot markazi, Repertuar-taxrir bo‘limi;
    §60 – 3 ta jurnal va 1ta gazeta matbuoti;
    Bo‘lim 214    
    §4  -  Vazirlik markaziy apparati;
    Bo‘lim 204    
    §3 -  Universal sport saroyi;
    Bo‘lim 204 – Suv sport turlarini rivojlantirishga maxsuslashtirilgan markaz;
    Hududiy boshqarmalar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, 12 ta viloyat hamda Toshkent shahar Madaniyat va sport ishlari boshqarmalari;
    Biriktirilgan madaniyat-targ‘ibot tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan ko‘rsatkichlar asosida paragraflar kesimida va butun bo‘lim bo‘yicha byudjet loyihasini tuzadi hamda Moliya vazirligiga davlat byudjetiga kiritish uchun taqdim etadi.
    Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan byudjet parametrlarini har bir tizim tashkilotiga yetkazadi.
    Tizim tashkilotlari tomonidan tayyorlangan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini to‘g‘ri tuzilganligini nazoratga oladi.
    Biriktirilgan tizim tashkilotlarining harajatlar smetasini va ularning hisob-kitoblar ko‘rsatkichlarini har-bir xarajat moddasi bo‘yicha to‘g‘riligini, shtatlar jadvalini amaldagi namunaviy shtatlar va ish xaqining YATSga nisbatan to‘g‘ri tuzilganligini nazoratga olgan holda tayyorlaydi va Moliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kiritadi.
    Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi va ochilgan kreditlar ko‘lamida tizim tashkilotlarining faoliyat yuritishi uchun   kreditlarni tayyorlab, ochilishini taminlaydi.
    Tizim tashkilotlariga byudjet mablag‘larini xarajat kilish, byudjet loyihasini tuzish va moliya hisobotlariga taaluqli reglament qiluvchi normativ va qonuniy hujjatlardan foydalanishda amaliy yordam beradi.
    Boshqarma boshlig‘ining alohida topshiriqlarini bajaradi.
    Boshqarma boshlig‘i bilan birgalikda kelib tushgan xatlarga javob tayyorlaydi va vazirlik rahbariyatiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
    Foydalanish uchun o‘ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishiga mas’uldir.
    Ish davomida yozuv qog‘ozidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish choralarini ko‘radi.
    O‘zi ish olib boradigan xonada yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlaydi.
    Madaniyatni moliyalashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi.
    Madaniyatni moliyalashtirish bo‘limi bosh mutaxassisiga briktirilgan tizim tashkilotlari:
    Bo‘lim 201 
    §37 – respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan 1 ta tashkilot;
    §62 – respublika byudjetidan to‘g‘ridan-tug‘ri moliyalashtiriladigan 20 ta tashkilot; 
    §69 – respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan 2 ta tashkilot, madaniyat va san’at tadbirlari, festivallar, ko‘rik-tanlovlar, teatr tomoshalari, hukumat qarorlari bo‘yicha boshqa alohida tadbirlar.

    Teatr-tomosha tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan ko‘rsatkichlar asosida ularni va boshqa madaniyat, san’at tadbirlarini ta’minlash uchun davlat byudjeti loyihasini tuzadi.
    Teatr-tomosha tashkilotlariga belgilangan asosiy ko‘rsatkichlar  miqdorini  yetkazadi (tadbirlar va xizmat ko‘rsatilgan tomoshabinlar soni, daromadlar, byudjet dotatsiyalarining dastlabki ko‘rsatkichlari).
    Tizimdagi teatr-tomosha tashkilotlari tomonidan tayyorlanadigan moliya-ishlab chiqarish rejalarini to‘g‘ri tuzilganligini nazoratga oladi va tuzishda amaliy yordam ko‘rsatadi.
    Biriktirilgan tizim tashkilotlarining xarajatlar smetasini, ularning hisob-kitoblar ko‘rsatkichlarini har-bir xarajat moddasi bo‘yicha to‘g‘riligini va shtatlar jadvalini amaldagi namunaviy shtatlar va ish xaqining YATS asosida to‘g‘ri tuzilganligini nazoratga olgan holda tayyorlaydi va Moliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kiritadi. 
    Teatr-tomosha tashkilotlarining asosiy ko‘rsatkichlari hisobotlarini (mehnat hisoboti, balans ilovalari-byudjet dotatsiyasi xarajatlari) qabul qiladi.
    Ularining asosiy va boshqa xizmatlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar hamda faoliyatlaridan tushgan daromadlarini tahlil qiladi, tegishli hisobotlarni tayyorlaydi.
    Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan harajatlar smetasi va ochilgan kreditlar ko‘lamida teatr-tomosha tashkilotlarini moliyalashtiradi, mablag‘larni (dotatsiyalarni) ishlatilishini tahlil qiladi va ularning samarasini oshirish bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlaydi.
    Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida o‘tkaziladigan tadbirlarni, shuningdek madaniyat va san’at tashkilotlarini xalqaro festivallarda qatnashishlarini,  tanlovlar va boshqa san’at tadbirlarini moliyalashtiradi.
    Boshqarma boshlig‘i bilan birgalikda teatr-tomosha tashkilotlarining tashkiliy tuzilmasi va xarajatlar smetasi bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.
    O‘ziga biriktirilgan teatr-tomosha tashkilotlariga huquqiy-me’yoriy hujjatlar bo‘yicha hamda boshqa masalalarda amaliy yordam ko‘rsatadi.
    Boshqarma boshlig‘ining alohida topshiriqlarini bajaradi.
    Foydalanish uchun o‘ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishiga mas’uldir.
    Ish davomida yozuv qog‘ozidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish choralarini ko‘radi.
    O‘zi ish olib boradigan xonada yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlaydi.
    O‘quv yurtlarini moliyalashtirish bo‘yicha bosh mutaxassis.
    O‘quv yurtlarini moliyalashtiruvchi bosh mutaxassisiga biriktirilgan tizim tashkilotlari:
    Bo‘lim 205 
    §27 – 1 ta tashkilot;
    §27(s) – markazlashgan xarajatlar;
    §41 – 1 ta tashkilot;
    §42 – 3 ta tashkilot;
    §44 – 8 ta tashkilot;
    §47 – 6 ta tashkilot;
    Bo‘lim 202
    §001 – 1 ta tashkilot;
    §002 -  7 ta tashkilot;    
          
    Biriktirilgan o‘quv yurtlari tomonidan taqdim etilgan ko‘rsatkichlar asosida paragraflar kesimida va butun bo‘lim bo‘yicha byudjet loyixasini tuzadi va Moliya vazirligiga davlat byudjetiga kiritish uchun taqdim etadi.
    O‘quv yurtlarining xarajatlar smetasini, ularning hisob-kitoblar ko‘rsatkichlarini har-bir xarajat moddasi bo‘yicha to‘g‘riligini va shtatlar jadvalini amaldagi namunaviy shtatlar va ish xaqining YATSga nisbatan to‘g‘ri tuzilganligini nazoratga olgan holda tayyorlaydi va Moliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kiritadi, shuningdek har bir paragraf va butun bo‘lim bo‘yicha yig‘ma smetalarni taqdim qiladi.
    Vazirlikda tasdiqlash uchun talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qish daromadlar va xarajatlar smetasini, shuningdek 1 sentyabrga (9 oylik) bo‘lgan aniqlangan smetasini tayyorlaydi.
    O‘quv yurtlari bo‘yicha xalkaro va respublika ko‘rik-tanlovlarining xarajatlar smetasini tuzadi.
    Reglament organlari bilan birgalikda shaharda istiqomat qilmaydigan bolalarning 1 kunlik ovqatlanish narxi hisob-kitobini tuzadi va ularni tashkilotlarning xarajatlar smetasini kerakli moddasini rejalashtirish uchun Moliya vazirligiga asos tariqasida taqdim etadi. Internatda istiqomat qiluvchi shaharda istiqomat qilmaydigan o‘quvchilarning ovqatlanish xarajatlarini vaqtida va to‘liq moliyalashtirilishini ta’minlaydi.
    Boshqarma boshlig‘i bilan birgalikda o‘quv yurtlarining xarajatlar smetasi bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.
    Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi va ochilgan kreditlar ko‘lamida o‘quv-yurtlarining faoliyat yuritishi uchun  kreditlarni tayyorlab, ochilishini taminlaydi.
    O‘quv muassasalarining faoliyat yuritishi uchun byudjetdan kelib tushgan mablag‘ni muassasalar o‘rtasida taqsimlaydi. 
    Tizimdagi kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qishi narxlari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va reglament organlariga tasdiqlash uchun kiritadi.
    Moliya vazirligiga har chorakda 205-bo‘limning 41, 42, 44, 47- paragraflarining byudjet va to‘lov-kontrakt o‘qishlari bo‘yicha shtatlar hamda kontingent yig‘ma hisobotlarini, 202-bo‘limning 001, 002 – paragraflarining yig‘ma hisobotlarini taqdim etadi.
    Vazirlik tizimidagi o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari va boshqa xodimlariga oylik ish haqini, boshqa turdagi qo‘shimcha to‘lovlarni hisoblanishi to‘g‘riligini nazoratga oladi.
    O‘quv yurtlariga byudjet mablag‘larini, ish xaqi, to‘lovlar va stipendiyalarni tug‘ri to‘lash masalalari bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni yetkazadi va ularning ijrosini tashkil etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatadi.
    Boshqarma boshlig‘ining alohida topshiriqlarini bajaradi.
    Foydalanish uchun o‘ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishiga mas’uldir.
    Ish davomida yozuv qog‘ozidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish choralarini ko‘radi.
    O‘zi ish olib boradigan xonada yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlaydi.
    Sportni moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i.
    Vazirlikning yillik ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish taqvim rejasini ishlab chiqishda va uni moliyalashtirish parametrlarini belgilashda ishtirok etadi. 
    Ommaviy sport tadbirlarini xarajatlar smetasini, sportchi-yo‘riqchilarni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar hisob-kitob ko‘rsatkichlarini har-bir xarajat moddasi bo‘yicha to‘g‘riligini va shtatlar jadvalini amaldagi namunaviy shtatlar va ish xaqining YATSga nisbatan to‘g‘ri tuzilganligini nazoratga olgan holda tayyorlaydi hamda Moliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kiritadi.
    Tasdiqlangan ommaviy sport tadbirlari taqvim rejasiga muvofiq har bir sport tadbiriga Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan byudjet mablag‘larini sarflanishi bo‘yicha monitoring olib boradi.
    Milliy terma jamoa a’zolari bo‘lgan sportchilar tomonidan sarflangan quvvatni tiklash uchun ajratilgan mablag‘larni taqsimlash va sport bo‘yicha boshqa loyihalar, sport bo‘yicha tadbirlarda qatnashish hamda sport musobaqalarini tashkil etishga oid smeta xarajatlari va unga ilova qilinayotgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, rahbariyat imzosiga tayyorlaydi.
    Boshqarma boshlig‘i bilan kelishgan holda sportga oid mablag‘larni sarflanishi haqida chorak va yillik hisobotlarni tayyorlaydi.
    Sport tadbirlarining smeta hujjatlarida ko‘rsatilgan hisob-kitoblarni to‘g‘riligiga javob beradi.
    Foydalanish uchun o‘ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishiga mas’uldir.
    Ish davomida yozuv qog‘ozidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish choralarini ko‘radi.
    O‘zi ish olib boradigan xonada yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlaydi.
    Sportni moliyalashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi.
    Vazirlikning markaziy apparati tegishli boshqarmalaridan taqdim qilingan hujjatlarni ommaviy sport tadbirlarini taqvim rejasiga mosligini va ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha hisob-kitoblar to‘g‘riligini tekshiradi.  
    Moliya vazirligi tasdiqlagan sarf-xarajat smetalarini va kreditlar ochilishini rasmiylashtiradi.
    Boshqarmaga kiruvchi va chiquvchi hujjatlarni ro‘yxatga oladi, xatlarga javoblar tayyorlaydi va boshqarma boshlig‘iga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.
    Boshqarma va bo‘lim boshliqlarining topshiriqlarini bajaradi. 
    Foydalanish uchun o‘ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishiga mas’uldir.
    Ish davomida yozuv qog‘ozidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish choralarini ko‘radi.
    O‘zi ish olib boradigan xonada yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlaydi.


    Iqtisodiy tahlil va moliya boshqarmasi
    Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari

    Vazirlikga yuklatilgan vazifalarni to‘laqonli bajarish uchun moliyaviy shart-sharoit yaratadi.
    Vazirlikning markaziy apparati hamda uning tizimiga kiruvchi respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarning byudjet loyihasini tayyorlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi. 
    Davlat byudjeti hisobida bo‘lgan tizim tashkilotlarining xarajatlar smetalari hamda shtat jadvallarini vazirlik rahbariyatiga tasdiqlatish uchun tayyorlaydi, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va kelishish uchun Moliya vazirligiga taqdim etadi. 
    Vazirlikning markaziy apparati va tizim  tashkilotlariga ajratilgan byudjet hamda byudjetdan tashqari mablag‘larni sarflanishini doimiy monitoringini olib boradi, ulardan maqsadli foydalanishni o‘rganadi. 
    Yil davomida belgilangan moliyaviy va statistik hisobotlarni qabul qiladi, umumlashtiradi hamda belgilangan muddatlarda tegishli tashkilotlarga taqdim etadi.
    Boshqarma vazirlikning barcha boshqarmalari, vazirlik tasarrufida faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot va muassasalar hamda hududiy bo‘linmalar bilan o‘z yo‘nalishi bo‘yicha bevosita ish olib boradi.
    Boshqarma moliyaviy-iqtisodiy faoliyatga oid yangi qabul qilingan va o‘zgartirishlar kiritilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyatini quyi tashkilotlarga yetkazish maqsadida o‘quv seminarlarni tashkil etadi.
    Vazirlikning buyruqlari va tadbirlar rejasiga asosan o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar va boshqa tadbirlarni tasdiqlangan smeta asosida moliyalashtirilishini ta’minlaydi. 
    Tizim tashkilotlarining moliyaviy-iqtisodiy masalalarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatadi. Ular tomonidan tayyorlanib, yuqori tashkilotlarga hamda vazirlikka taqdim etiladigan moliyaviy-iqtisodiy hisobotlar, axborotlar va ma’lumotlarni to‘g‘riligini o‘rganadi.    


    Maqolani chop etish

    19-06-2015, 07:49 | Batafsil o'qiganlar soni: 1916

    ×

    Uzr so'raymiz

    Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 5 дней со дня публикации.

Manzilimiz


Yuridik va jismoniy shaxslardan ariza, shikoyat va murojaatlarni qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligida tеlеfon aloqa tizimi to’g’risida
NIZOM-RЕGLAMЕNT

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Mazkur Nizom tеlеfon aloqa tizimi orqali (kеyinchalik – "ishonch tеlеfoni”) yuridik va jismoniy shaxslardan arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va ko’rib chiqish tartibini bеlgilaydi.
2. "Ishonch tеlеfoni”ni tashkillashtirishning asosiy maqsadi yuridik va jismoniy shaxslardan o’rnatilgan tartibda murojaatlarni olish, umumlashtirish va ko’rib chiqishdir:
kombinat mansabdor shaxslari tomonidan noqonuniy harakat (harakatsizlik)lari; kombinatning normativ va lokal dalolatnomalarining yuridik va jismoniy shaxslarning
faoliyatiga salbiy ta'siri, shuningdеk boshqa masalalar.
3. "Ishonch tеlеfoni” orqali quyidagilar qabul qilinadi:
Arizalar – ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini amalga oshirishda yordam ko’rsatish to’g’risidagi iltimoslari;
Shikoyatlar – poymol qilingan qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarini tiklash to’g’risidagi talablar;
Boshqa murojaatlar.
4. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlar mas’ul shaxs tomonidan soat 09-00 dan 13-00 gacha va 14-00 dan 18-00 gacha dushanbadan jumagacha (bayram kunlaridan tashqari) qabul qilinadi.
5. Takliflardan iborat murojaatlar tushgan kundan boshlab bir oy davomida ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganishlarni talab qiladigan takliflar bundan istisno.
6. Ariza va shikoyatlar tushgan kundan bir oy muddatda ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganish va tеkshiruvlarni talab qilmaydigan murojaatlar esa – o’n bеsh kundan kеchikmagan xolda.
Ariza va shikoyatni ko’rib chiqish uchun tеkshiruv, qo’shimcha matеriallarni talab qilish yoki boshqa choralarni qabul qilishni o’tkazilishi zarur bo’lgan xolatlarda arizalarni yoki shikoyatlarni ko’rib chiqish muddatlari istisno tartibda shikoyat bеrgan shaxsni habardor qilgan xolda bosh dirеktor tomonidan bir oydan oshmagan xolda uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki.

I. ”ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHAЕTGAN MUROJAATLARNI QABUL QILISH VA RASMIYLASHTIRISH TARTIBI

7. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat tegishli tеlеfon raqami orqali amalga oshiriladi.
8. "Ishonch tеlеfoni” orqali tеlеfon qo’ng’iroqlariga mas’ul shaxs javob
bеrayotganda:
FIOni aytishi;
anonim murojaatlar; jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda; qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo’lmagan murojaatlar ko’rib chiqilmasligini ma’lum qilishi;
qo’ng’iroq qiluvchiga mazkur nizomning 12 bandida ko’rsatilgan ma'lumotlar haqida aytib o’tishi lozim.
9. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlarni yig’ish va ishlov bеrish uchun tеlеfonda gaplashgan gaplarni yozib olish funktsiyasi bilan jihozlangan tеlеfon apparatlar ishlatiladi.
10. Barcha murojaatlar elеktron tashuvchiga yoziladi va bir yil davomida saqlanadi.
11. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat etganda yuridik va jismoniy shaxslar o’zining familiyasini, ismini otasining ismini, yashash manzili to’g’risida, nomini, yuridik shaxsining ular taqdim etadigan STIR, javobi yuborilishi lozim bo’lgan pochta manzili, aloqa uchun tеlеfon raqamini aytishlari shart, shuningdеk murojaatning mazmunini bayon etishlari lozim.
12. "Ishonch tеlеfon” orqali tushgan murojaatlar, bosh dirеktor yordamchisi tomonidan umumlashtiriladi va mazkur Nizomning 1-ilovasiga ko’ra shakli bo’yicha "ishonch tеlеfoni” orqali murojaatlarni qayd etish jurnalida ro’yxatga olinadi, va arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni ko’rib chiqish bo’yicha komissiyasiga (kеyinchalik - Komissiya) kiritiladi.
13. Murojaatda mazkur Nizomning 12 bandida qayd etilgan ma'lumotlar ko’rsatilmaganda, ular ro’yxatga olinmaydi va ko’rib chiqilmaydi.
14. Qabul qilingan murojaat bo’yicha bosh dirеktor yordamchisi usha kuniyoq mazkur Nizomning 2-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha "nazorat kartochkani” to’ldiradi.
Mazkur Nizomning 12 bandida nazarda tutilgan xolatlarda nazorat kartochkasi to’ldirilmaydi.

III. "ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHGAN MUROJAATLARNI KO’RIB CHIQISH TARTIBI

15. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushgan murojaatlar Komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi.
Zarur xollarda murojaatda ko’rsatilgan xolatlar murojaat qiluvchini jalb etilishi bilan joylarga chiqqan xolda o’rganib chiqilishi mumkin.
16. Mas’ul shaxs murojaat ko’rib chiqilishi natijalari bo’yicha qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilishga majbur.
17. Agarda kombinatning mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari bo’yicha murojaat tushsa, mazkur murojaatlarni ko’rib chiqilishi bеvosita mazkur shaxslarga yuklanishi taqiqlanadi.
18. "Ishonch tеlеfoni” orqali kombinat rahbariyatining vakolatlariga kirmaydigan masalalar bo’yicha murojaat tushganda Komissiya tomonidan o’rnatilgan tartibda tеgishli tashkilotlarga murojaat etilishi bo’yicha tushuntirish va tavsiyalar bеriladi.
19. Komissiya murojaatni ko’rib chiqqandan so’ng, murojaat etuvchiga yozma shaklda ko’rib chiqish natijalari va qabul qilingan qarorning mazmuni to’g’risida habardor qiladi.
20. Bosh dirеktor yordomchisi o’rnatilgan tartibda umumlashtirilgan arizalarni, takliflarni va shikoyatlarni jismoniy va yuridik shaxslarni qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarni buzilishini kеltirib chiqarayotgan sabablarni o’z vaqtida aniqlash va bartaraf qilish maqsadida taxlil qiladi.

IV. YAKUNIY QOIDALAR

21. "Ishonch tеlеfoni” orqali olingan ma'lumot bilan ishlayotgan shaxslar, olingan ma'lumotlar mahfiyligiga rioya qilish uchun qonunchilikka muvofiq shaxsiy javobgardirlar.
22. Mazkur Nizomni buzilishida ayblangan shaxslar, qonunchilikka muvofiq javobgardirlar.
 ishonch telefoni madaniyat va sport sohalari xizmatlari sifatli ko‘rsatilish darajasini muntazam nazorat qilish, sifatini yanada oshirish, madaniyat va sport tizimi xodimlarining nojo‘ya harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ishonch telefoni joriy etildi.

Manzil:  100159, O'zbekiston, Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5 uy

Ish vaqti: Dushanbadan - Jumagacha, soat 9.00 dan - 18.00 gacha

Mo'ljal: Mustaqillik maydoni, "Mustaqillik” metro bekati

Transport: "Mustaqillik” metro bekati, №97-, №57-, №37-, №44-, №155-, №148-, №28-sonli avtobuslar va 8-,129-sonli yo’nalish taksilari

Xarita
Qabulxona:

Telefon: (998-71) 239-83-31

Faks: (998-71) 239-47-86

E-mail: minister[@]mcs.uz


Matbuot xizmati:

Telefon: (998-71) 239-44-78

Faks: (998-71) 239-44-78

E-mail: press[@]mcs.uz, info[@]mcs.uz



Arxiv:
«    Февраль 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728 
2005-2010 © O’zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan.
Saytda joylаshtirilgаn mа’lumotlаrdаn nusxа olish (ommаviy аxborot vositаlаridа u yoki bu mа’lumotlаrdаn yoki xаbаrlаrdаn sitаtа keltirish) ushbu mа’lumotning mаnbаi ko‘rsаtilgаn holdа ruxsаt etilаdi.
Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni