O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari vazirligi

Министерство по делам культуры и спорта

Информация по обращениям физических и юридических лиц,

поступивших в виртуальную приёмную Премьер-министра Республики Узбекистан

(на 20 октября 2016 года)

 

Содержание обращений

Поступило

На рассмотрении

Рассмотрено

Нарушены сроки рассмотрения

Направлены

на повторное рассмотрение *

Новые **

шт.

в том числе, повторно

1.

О деятельности спортивных клубов и спортивных федераций

50

 

9

41

1

 

 

2.

Вопросы занятости и трудовых отношений

32

1

16

16

2

2

 

3.

О поступлении или восстановлении на учебе

20

 

10

10

3

2

 

4.

О развитии вида спорта, проведении соревнования, выделении средств на соревнования

15

 

8

7

 

 

 

5.

Невыплата зарплаты

11

 

9

2

1

 

 

6.

Прочее

101

1

38

63

3

1

 

 

Всего

229

2

90

139

10

5

 

Yulduzlarga savolingiz bormi?

    Olimpiya va sport zahiralari boshqarmasi

    Bo'lim: Markaziy apparat boshqarmalari, . Sanasi: 19-06-2015, 07:45
    Rahbari
    Bayazitov Kamil
    Ish telefoni
    2394599
    Manzili
    Toshkent sh., Mustaqillik maydoni, 5
    Email
    olimpia.b[at]mcs.uz

                 O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Olimpiya va sport zahiralari boshqarmasi to'g'risidagi

                                                                                                  NIZOM

     
    Olimpiya va sport zahiralari boshqarmasi
    Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari

    Xalqaro va respublika ommaviy sport tadbirlari o‘tkazilishini, sportchilar, murabbiylar va boshqa mutaxassislarni energetik harakatlari va jismoniy resurslarini tiklash kompensatsiyasi ta’minotini, sportchilarni mamlakat terma jamoalarini tayyorlashini va ularning Olimpiada va Osiyo o‘yinlarida, jahon, Osiyo chempionatlari, kuboklarida hamda boshqa xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishini, xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallari to‘lanishini belgilangan tartibda ta’minlaydi. 
    Respublika sportchilari tomonidan sport turlari bo‘yicha o‘rnatilgan mamlakat rekordlarini tasdiqlaydi va ularni tasdiqlash uchun tegishli hujjatlarni xalqaro sport tashkilotlariga belgilangan tartibda taqdim etadi.
    Sport federatsiyalarining taqdimnomasi bo‘yicha davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan xalqaro ommaviy sport tadbirlarida sportning alohida turlari bo‘yicha qatnashadigan mamlakat terma jamolarini tasdiqlaydi va ularning ishtirok etishini ta’minlaydi.
    Vazirlikning sport tadbirlari taqvim rejasiga muvofiq respublika va xalqaro musobaqalarni o‘tkazilishini tashkil etadi. 
    Komissiya xulosasiga ko‘ra sport maktablariga Olimpiya zahirasi maqomini beradi. Sport turlari bo‘yicha yagona tasnif talablarini ishlab chiqadi. Sport turlari bo‘yicha ROSMMlar tasdig‘idan o‘tgan sport unvonlari, hakamlik va murabbiylik toifalari hujjatlarni komissiyada ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi hamda tegishli guvohnomalar berilishini tashkillashtiradi.
    Oliy sport mahoratini rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlarini ijrosini ta’minlaydi va muvofiqlashtirib boradi. 
    Olimpiya va sport zahiralari boshqarmasi faoliyatiga oid tahliliy va statistik ma’lumotlarni shakllantiradi, ular asosida tegishli takliflar ishlab chiqadi.
    Xorijiy davlatlar bilan tuzilgan Memorandum asosida respublikamiz mutaxassislarini xorijiy davlatlarda malaka oshirishlarini ta’minlaydi va o‘zaro hamkorlik asosida aloqalarni mustahkamlaydi.
    Olimpiya va Osiyo o‘yinlari hamda olimpiya sport turlari yo‘nalishdagi sportchilarni jahon chempionatlarida g‘oliblikning qo‘lga kiritgan sportchilarni mukofotlash va taqdirlash yuzasidan tegishli xujjatlarni tayyorlaydi. 
    Olimpiya va sport zahirasiga oid masalalar bo‘yicha tayyorlanib, yuqori tashkilotlarga hamda vazirlikka taqdim etiladigan hisobotlar, axborotlar va ma’lumotlarni to‘g‘riligiga mas’ul hisoblanadi.    
      
    Boshqarmaning xuquq va majburiyatlari

    Amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil etish va monitoring olib borish yuzasidan sohaga tegishli tashkilotlar, viloyat boshqarmalari va oliy sport mahorat maktablari, Markazlar, federatsiya va assotsiatsiyalardan  o‘rnatilgan tartibda ma’lumotlarni olish, tahlil qilish, tegishli ko‘rsatmalar berish, va ularni faoliyatini muvofiqlashtirish hamda raxbarlari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish.
    Komissiya va ishchi guruhi tuzish va ularga mutaxassislar jalb etish.
    Olimpiya va noolimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiyalar takliflari asosida vazirlikning xar yilgi ommaviy sport tadbirlari taqvim rejasini ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash.
    O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda xorijiy sport tashkilotlari bilan aloqalarni o‘rnatish.
    Sport turlari bo‘yicha ROSMMlar, assotsiatsiya va federatsiyalarni sport ish faoliyatlarini muvofiqlashtish va amaliy yordam ko‘rsatish hamda kompleks, xalqaro musobaqalar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarda qatnashish uchun xorijga safarga chiqayotgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi tarkibini tasdiqlash.
    Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqish va tegishli tashkilotlar bilan kelishgan holda tasdiqlashga taqdim etish.
    Mamlakat terma jamoasini sport natijalarini yanada oshirish hamda xalqaro musobaqalar, Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida yuqori o‘rinlarnni zabt etish maqsadida vazirlikda faoliyat ko‘rsatayotgan komissiya xulosasiga muvofiq xorijiy murabbiylar va sportchilarni jalb qilish.
    Olimpiya va sport zahirasini tayyorlash faoliyatini zamon talablariga mos bo‘lishini ta’minlash uchun amaliy choralar ko‘rish.
    Boshqarma xodimlari xizmat vazifalarini bajarish uchun shaxsan javobgardirlar va o‘z faoliyatlarini amaldagi Qonunlar, yuqori tashkilotlarning qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda boshqarma Nizomlariga asosan olib boradilar.
    Boshqarmaning tuzilmasi va ish taqsimoti

    Olimpiya va sport zahiralari boshqarmasi o‘z faoliyatini bevosita vazir hamda vazirning sport ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari rahbarligi ostida olib boradi.
    Boshqarmaning tuzilmasi boshqarma boshlig‘i, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari va ikki nafar bosh mutaxassisdan iborat.
    Boshqarma boshlig‘i.
    Olimpiya va sport boshqarmasi boshlig‘i boshqarmaga yuklatilgan vazifalarni  bajarilishini amalga oshirilishi uchun javob beradi.  
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Madaniyat va sport ishlari vazirligining Xay’at yig‘ilishi qarorlari, buyrug‘i va rahbariyat ko‘rsatmalarini boshqarma tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi.
    Boshqarmaning yillik rejasini ishlab chiqadi, respublika va xalqaro musobaqalarning umumiy taqvim rejasini tuzadi.
    Boshqarmada ish taqsimotini yo‘lga qo‘yadi. 
    Vazirlik raxbariyati topshirig‘iga ko‘ra davlat idoralarida, jamoat tashkilotlarida vazirlik nomidan ish yuritadi. 
    Davlat, Xukumat qarorlarini, vazirlik Hay’ati qarorlari va buyruqlari, rahbariyat topshiriqlarini, boshqarma xodimlari tomonidan bajarilishini, ishini samarali tashkil qilinishini, mehnat va ijro intizomlariga amal qilinishini nazorat qiladi. 
    Vazirlik rahbariyatiga hamda umumlashtirish uchun Axborot-tahlil boshqarmasiga kiritiladigan tahliliy ma’lumotlar va hisobotlarda keltirilgan raqamlar hamda axborotlarni to‘g‘riligiga javobgardir. 
    Boshqarma hamda olimpiya va sport zahirasiga doir tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish, ularni kadrlar bilan mustahkamlash yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritadi.
    Vazirlik rahbariyatiga boshqarma xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, shuningdek xizmat burchini o‘tashdagi kamchiliklar uchun ma’muriy choralar ko‘rish, ishga qabul qilanadigan boshqarma xodimlari nomzodlari bo‘yicha takliflar kiritadi.
    Fuqarolarning ariza va shikoyatlarini o‘z muddatida ko‘rib chiqilishga bevosita javob beradi.
    Respublika va xalqaro sport tashkilotlari bilan aloqalarni amalga oshiradi, sport turlari bo‘yicha respublika terma jamoalari o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini rejalarini tasdiqlaydi.
    Terma jamoalarda tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi, terma jamoalar murabbiylari ishlarini boshqaradi. 
    Boshqarmani hisobotlarini va yillik ish rejasini ishlab chiqadi. O‘zbekiston hududida xalqaro musobaqalarning o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlaydi.  
    Sport turlari bo‘yicha terma jamoalar bosh murabbiylarining ish rejalarini tasdiqlaydi.
    Boshqarma tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlarining ish uslubi va malakasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
    Boshqarmada hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlashga shaxsan javobgardir.
    Foydalanish uchun o‘ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishiga mas’uldir.
    Ish davomida yozuv qog‘ozidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish choralarini ko‘radi.
    O‘zi ish olib boradigan xonada yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlaydi.
    Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari.
    Boshqarma boshlig‘i bo‘lmaganda uning vazifalarini bajaradi.
    Olimpiya va Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlarini respublikada rivojlantirishni muvofiqlashtiradi. 
    Vazirlik tizimidagi sport turlari bo‘yicha ROSMMlari, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar hamda viloyatlar madaniyat va sport ishlari boshqarmalarida olib borilayotgan sport ishlariga amaliy yordam ko‘rsatadi va  nazorat qiladi.
    Me’yoriy hujjatlar, yo‘riqnomalar, musobaqa Nizomlari, va hokazolarni ishlab chiqilishida qatnashadi.
    Davlat dasturlari ijrosini ta’minlaydi va muvofiqlashtirib boradi. 
    Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, chempionatlar, Kuboklar, jahon va Osiyo chempionatlari, xalqaro turnirlarga O‘zbekiston terma jamoalarini tayyorlash bo‘yicha nazorat va tashkiliy-uslubiy boshqaruvni amalga oshiradi.
    Boshqarma tomonidan bajarilgan ishlar haqida hisobot tayyorlaydi.
    Boshqarma faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha boshqarma boshlig‘ning topshiriqlarini bajaradi.
    Foydalanish uchun o‘ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishiga mas’uldir.
    Ish davomida yozuv qog‘ozidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish choralarini ko‘radi.
    O‘zi ish olib boradigan xonada yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlaydi.
    Xalqaro musobaqalar bo‘yicha bosh mutaxassis.
    Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, chempionatlar, Kuboklar, jahon va Osiyo chempionatlari, xalqaro turnirlarga O‘zbekiston terma jamoalarini tayyorlash bo‘yicha vazirlik buyruq loyihalarini ishlab chiqadi. 
    Federatsiyalar bilan hamkorlikda Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, chempionatlar, Kuboklar, jahon va Osiyo chempionatlari, xalqaro turnir va o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inida terma jamoaning ishtirok etishiga amaliy yordam ko‘rsatadi. Musobaqalar yakunlari to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi. Qo‘lga kiritilgan natijalar va medallar, sarflangan mablag‘lar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar to‘g‘risida ma’lumot tayyorlab, boshqarma boshlig‘iga kiritadi. Federatsiyalarning sport ishlariga amaliy yordam ko‘rsatadi, ularning ish faoliyatlarini tahlil etadi hamda hisobotlar tayyorlaydi.
    Xalqaro davlatlar bilan tuzilgan Memorondumda ko‘rsatib o‘tilgan sport yo‘nalishini bajarilishini nazorat qiladi. 
    Boshqarma faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha boshqarma boshlig‘ning topshiriqlarini bajaradi.
    Foydalanish uchun o‘ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishiga mas’uldir.
    Ish davomida yozuv qog‘ozidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish choralarini ko‘radi.
    O‘zi ish olib boradigan xonada yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlaydi.
    Respublika musobaqalari bo‘yicha bosh mutaxassis.
    Federatsiyalar bilan hamkorlikda Respublika chempionatlari, Kuboklari va musobaqalari  o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inida terma jamoaning ishtirok etishiga amaliy yordam ko‘rsatadi. Monitoring hisobotlarini olib boradi. Musobaqalar yakunlari to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi. Qo‘lga kiritilgan natijalar, sarflangan mablag‘lar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar to‘g‘risida ma’lumot tayyorlab, boshqarma boshlig‘iga kiritadi. Federatsiyalarning sport ishlariga amaliy yordam ko‘rsatadi, ularning ish faoliyatlarini tahlil etadi hamda hisobotlar tayyorlaydi.
    Boshqarmaga vazirlik rahbariyati tomonidan yo‘llangan barcha hujjatlar-ariza va shikoyatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi hamda tegishli javoblar tayyorlaydi.
    Malaka berish komissiyasiga kelib tushgan xatlarni talablar asosida ko‘rib chiqib, komissiyaga taqdim etadi. Komissiyadan o‘tgan xujjatlar asosida buyruq loyihasini tayyorlaydi hamda masus guvohnomalarni o‘rnatilgan tartibda tarqatadi.
    Boshqarma tomonidan bajarilgan ishlar haqida chorak, yillik hisobotlarini taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tayyorlaydi.
    Boshqarmaga kelib tushuvchi va boshqarmadan chiquvchi hujjatlar hisobini yuritadi.
    Boshqarma faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha boshqarma boshlig‘ning topshiriqlarini bajaradi.
    Foydalanish uchun o‘ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishiga mas’uldir.
    Ish davomida yozuv qog‘ozidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish choralarini ko‘radi.
    O‘zi ish olib boradigan xonada yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlaydi.


    Olimpiya va sport zahiralari boshqarmasi
     
    Xalqaro va respublika ommaviy sport tadbirlari o‘tkazilishini, sportchilar, murabbiylar va boshqa mutaxassislarni energetik harakatlari va jismoniy resurslarini tiklash kompensatsiyasi ta’minotini, sportchilarni mamlakat terma jamoalarini tayyorlashini va ularning Olimpiada va Osiyo o‘yinlarida, jahon, Osiyo chempionatlari, kuboklarida hamda boshqa xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishini, xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallari to‘lanishini belgilangan tartibda ta’minlaydi. 
    Respublika sportchilari tomonidan sport turlari bo‘yicha o‘rnatilgan mamlakat rekordlarini tasdiqlaydi va ularni tasdiqlash uchun tegishli hujjatlarni xalqaro sport tashkilotlariga belgilangan tartibda taqdim etadi.
    Sport federatsiyalarining taqdimnomasi bo‘yicha davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan xalqaro ommaviy sport tadbirlarida sportning alohida turlari bo‘yicha qatnashadigan mamlakat terma jamolarini tasdiqlaydi va ularning ishtirok etishini ta’minlaydi.
    Vazirlikning sport tadbirlari taqvim rejasiga muvofiq respublika va xalqaro musobaqalarni o‘tkazilishini tashkil etadi. 
    Komissiya xulosasiga ko‘ra sport maktablariga Olimpiya zahirasi maqomini beradi. Sport turlari bo‘yicha yagona tasnif talablarini ishlab chiqadi. Sport turlari bo‘yicha ROSMMlar tasdig‘idan o‘tgan sport unvonlari, hakamlik va murabbiylik toifalari hujjatlarni komissiyada ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi hamda tegishli guvohnomalar berilishini tashkillashtiradi.
    Oliy sport mahoratini rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlarini ijrosini ta’minlaydi va muvofiqlashtirib boradi. 
    Olimpiya va sport zahiralari boshqarmasi faoliyatiga oid tahliliy va statistik ma’lumotlarni shakllantiradi, ular asosida tegishli takliflar ishlab chiqadi.
    Xorijiy davlatlar bilan tuzilgan Memorandum asosida respublikamiz mutaxassislarini xorijiy davlatlarda malaka oshirishlarini ta’minlaydi va o‘zaro hamkorlik asosida aloqalarni mustahkamlaydi.
    Olimpiya va Osiyo o‘yinlari hamda olimpiya sport turlari yo‘nalishdagi sportchilarni jahon chempionatlarida g‘oliblikning qo‘lga kiritgan sportchilarni mukofotlash va taqdirlash yuzasidan tegishli xujjatlarni tayyorlaydi. 
    Olimpiya va sport zahirasiga oid masalalar bo‘yicha tayyorlanib, yuqori tashkilotlarga hamda vazirlikka taqdim etiladigan hisobotlar, axborotlar va ma’lumotlarni to‘g‘riligiga mas’ul hisoblanadi.    
      


    Maqolani chop etish

    19-06-2015, 07:45 | Batafsil o'qiganlar soni: 1693

    ×

    Uzr so'raymiz

    Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 5 дней со дня публикации.

Manzilimiz


Yuridik va jismoniy shaxslardan ariza, shikoyat va murojaatlarni qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligida tеlеfon aloqa tizimi to’g’risida
NIZOM-RЕGLAMЕNT

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Mazkur Nizom tеlеfon aloqa tizimi orqali (kеyinchalik – "ishonch tеlеfoni”) yuridik va jismoniy shaxslardan arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va ko’rib chiqish tartibini bеlgilaydi.
2. "Ishonch tеlеfoni”ni tashkillashtirishning asosiy maqsadi yuridik va jismoniy shaxslardan o’rnatilgan tartibda murojaatlarni olish, umumlashtirish va ko’rib chiqishdir:
kombinat mansabdor shaxslari tomonidan noqonuniy harakat (harakatsizlik)lari; kombinatning normativ va lokal dalolatnomalarining yuridik va jismoniy shaxslarning
faoliyatiga salbiy ta'siri, shuningdеk boshqa masalalar.
3. "Ishonch tеlеfoni” orqali quyidagilar qabul qilinadi:
Arizalar – ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini amalga oshirishda yordam ko’rsatish to’g’risidagi iltimoslari;
Shikoyatlar – poymol qilingan qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarini tiklash to’g’risidagi talablar;
Boshqa murojaatlar.
4. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlar mas’ul shaxs tomonidan soat 09-00 dan 13-00 gacha va 14-00 dan 18-00 gacha dushanbadan jumagacha (bayram kunlaridan tashqari) qabul qilinadi.
5. Takliflardan iborat murojaatlar tushgan kundan boshlab bir oy davomida ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganishlarni talab qiladigan takliflar bundan istisno.
6. Ariza va shikoyatlar tushgan kundan bir oy muddatda ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganish va tеkshiruvlarni talab qilmaydigan murojaatlar esa – o’n bеsh kundan kеchikmagan xolda.
Ariza va shikoyatni ko’rib chiqish uchun tеkshiruv, qo’shimcha matеriallarni talab qilish yoki boshqa choralarni qabul qilishni o’tkazilishi zarur bo’lgan xolatlarda arizalarni yoki shikoyatlarni ko’rib chiqish muddatlari istisno tartibda shikoyat bеrgan shaxsni habardor qilgan xolda bosh dirеktor tomonidan bir oydan oshmagan xolda uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki.

I. ”ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHAЕTGAN MUROJAATLARNI QABUL QILISH VA RASMIYLASHTIRISH TARTIBI

7. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat tegishli tеlеfon raqami orqali amalga oshiriladi.
8. "Ishonch tеlеfoni” orqali tеlеfon qo’ng’iroqlariga mas’ul shaxs javob
bеrayotganda:
FIOni aytishi;
anonim murojaatlar; jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda; qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo’lmagan murojaatlar ko’rib chiqilmasligini ma’lum qilishi;
qo’ng’iroq qiluvchiga mazkur nizomning 12 bandida ko’rsatilgan ma'lumotlar haqida aytib o’tishi lozim.
9. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlarni yig’ish va ishlov bеrish uchun tеlеfonda gaplashgan gaplarni yozib olish funktsiyasi bilan jihozlangan tеlеfon apparatlar ishlatiladi.
10. Barcha murojaatlar elеktron tashuvchiga yoziladi va bir yil davomida saqlanadi.
11. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat etganda yuridik va jismoniy shaxslar o’zining familiyasini, ismini otasining ismini, yashash manzili to’g’risida, nomini, yuridik shaxsining ular taqdim etadigan STIR, javobi yuborilishi lozim bo’lgan pochta manzili, aloqa uchun tеlеfon raqamini aytishlari shart, shuningdеk murojaatning mazmunini bayon etishlari lozim.
12. "Ishonch tеlеfon” orqali tushgan murojaatlar, bosh dirеktor yordamchisi tomonidan umumlashtiriladi va mazkur Nizomning 1-ilovasiga ko’ra shakli bo’yicha "ishonch tеlеfoni” orqali murojaatlarni qayd etish jurnalida ro’yxatga olinadi, va arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni ko’rib chiqish bo’yicha komissiyasiga (kеyinchalik - Komissiya) kiritiladi.
13. Murojaatda mazkur Nizomning 12 bandida qayd etilgan ma'lumotlar ko’rsatilmaganda, ular ro’yxatga olinmaydi va ko’rib chiqilmaydi.
14. Qabul qilingan murojaat bo’yicha bosh dirеktor yordamchisi usha kuniyoq mazkur Nizomning 2-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha "nazorat kartochkani” to’ldiradi.
Mazkur Nizomning 12 bandida nazarda tutilgan xolatlarda nazorat kartochkasi to’ldirilmaydi.

III. "ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHGAN MUROJAATLARNI KO’RIB CHIQISH TARTIBI

15. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushgan murojaatlar Komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi.
Zarur xollarda murojaatda ko’rsatilgan xolatlar murojaat qiluvchini jalb etilishi bilan joylarga chiqqan xolda o’rganib chiqilishi mumkin.
16. Mas’ul shaxs murojaat ko’rib chiqilishi natijalari bo’yicha qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilishga majbur.
17. Agarda kombinatning mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari bo’yicha murojaat tushsa, mazkur murojaatlarni ko’rib chiqilishi bеvosita mazkur shaxslarga yuklanishi taqiqlanadi.
18. "Ishonch tеlеfoni” orqali kombinat rahbariyatining vakolatlariga kirmaydigan masalalar bo’yicha murojaat tushganda Komissiya tomonidan o’rnatilgan tartibda tеgishli tashkilotlarga murojaat etilishi bo’yicha tushuntirish va tavsiyalar bеriladi.
19. Komissiya murojaatni ko’rib chiqqandan so’ng, murojaat etuvchiga yozma shaklda ko’rib chiqish natijalari va qabul qilingan qarorning mazmuni to’g’risida habardor qiladi.
20. Bosh dirеktor yordomchisi o’rnatilgan tartibda umumlashtirilgan arizalarni, takliflarni va shikoyatlarni jismoniy va yuridik shaxslarni qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarni buzilishini kеltirib chiqarayotgan sabablarni o’z vaqtida aniqlash va bartaraf qilish maqsadida taxlil qiladi.

IV. YAKUNIY QOIDALAR

21. "Ishonch tеlеfoni” orqali olingan ma'lumot bilan ishlayotgan shaxslar, olingan ma'lumotlar mahfiyligiga rioya qilish uchun qonunchilikka muvofiq shaxsiy javobgardirlar.
22. Mazkur Nizomni buzilishida ayblangan shaxslar, qonunchilikka muvofiq javobgardirlar.
 ishonch telefoni madaniyat va sport sohalari xizmatlari sifatli ko‘rsatilish darajasini muntazam nazorat qilish, sifatini yanada oshirish, madaniyat va sport tizimi xodimlarining nojo‘ya harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ishonch telefoni joriy etildi.

Manzil:  100159, O'zbekiston, Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5 uy

Ish vaqti: Dushanbadan - Jumagacha, soat 9.00 dan - 18.00 gacha

Mo'ljal: Mustaqillik maydoni, "Mustaqillik” metro bekati

Transport: "Mustaqillik” metro bekati, №97-, №57-, №37-, №44-, №155-, №148-, №28-sonli avtobuslar va 8-,129-sonli yo’nalish taksilari

Xarita
Qabulxona:

Telefon: (998-71) 239-83-31

Faks: (998-71) 239-47-86

E-mail: minister[@]mcs.uz


Matbuot xizmati:

Telefon: (998-71) 239-44-78

Faks: (998-71) 239-44-78

E-mail: press[@]mcs.uz, info[@]mcs.uz



Arxiv:
«    Февраль 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728 
2005-2010 © O’zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan.
Saytda joylаshtirilgаn mа’lumotlаrdаn nusxа olish (ommаviy аxborot vositаlаridа u yoki bu mа’lumotlаrdаn yoki xаbаrlаrdаn sitаtа keltirish) ushbu mа’lumotning mаnbаi ko‘rsаtilgаn holdа ruxsаt etilаdi.
Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni