O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari vazirligi

Министерство по делам культуры и спорта

Информация по обращениям физических и юридических лиц,

поступивших в виртуальную приёмную Премьер-министра Республики Узбекистан

(на 20 октября 2016 года)

 

Содержание обращений

Поступило

На рассмотрении

Рассмотрено

Нарушены сроки рассмотрения

Направлены

на повторное рассмотрение *

Новые **

шт.

в том числе, повторно

1.

О деятельности спортивных клубов и спортивных федераций

50

 

9

41

1

 

 

2.

Вопросы занятости и трудовых отношений

32

1

16

16

2

2

 

3.

О поступлении или восстановлении на учебе

20

 

10

10

3

2

 

4.

О развитии вида спорта, проведении соревнования, выделении средств на соревнования

15

 

8

7

 

 

 

5.

Невыплата зарплаты

11

 

9

2

1

 

 

6.

Прочее

101

1

38

63

3

1

 

 

Всего

229

2

90

139

10

5

 

Yulduzlarga savolingiz bormi?

    Ommaviy sportni rivojlantirish va ommaviy sport tadbirlarini o'tkazishni tashkil etish boshqarmasi

    Bo'lim: Markaziy apparat boshqarmalari, . Sanasi: 19-06-2015, 07:42
    Rahbari
    Tolipov Rashid
    Ish telefoni
    2394621
    Manzili
    Toshkent sh., Mustaqillik maydoni, 5
    Email
    ommaviy.b[at]mcs.uz
    O‘zbekiston Respublikasi  Madaniyat va sport ishlari vazirligining Ommaviy sportni rivojlantirish, ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazishni tashkil etish boshqarmasi to'g'risidagi
    N  I  Z  O  M  

    I. UMUMIY QOIDALAR
        1.1. Ommaviy sportni rivojlantirish, ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazishni tashkil etish boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Boshqarma deb yuritiladi)  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-sentabrdagi 455-sonli Qarori bilan tasdiqlangan, Madaniyat va sport ishlari vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga kiradi.
        1.2. Boshqarma o‘z faoliyatida jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Madaniyat va sport ishlari vazirligi to‘g‘risidagi Nizomga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
        1.3. Boshqarma o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari,     vazirlikning bo‘lim va boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Madaniyat va sport ishlari boshqarmalari hamda tizimdagi boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
        1.4. Vazirlikning Ommaviy sport tadbirlari taqvim rejasiga asosan hamda davlat dasturiga bag‘ishlab aholining barcha qatlamlari o‘rtasida ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazishni tashkil etadi va unga umumiy rahbarlik qiladi.
        1.5. Vazirlikning markaziy apparati tuzilmasiga muvofiq, boshqarma o‘z vakolati doirasidagi masalalar yuzasidan rahbariyatga hisobot beradi, tashkiliy va ijro intizomiga oid masalalar bo‘yicha vazir va sport bo‘yicha tegishli vazir o‘rinbosariga bo‘ysinadi.
        
    II. BOSHQARMANING VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
    Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi:
        2.1. Shaxsning har tomonlama rivojlanishida, o‘sib kelayotgan yosh avlodni mehnatga, Respublika qurolli kuchlarida xizmatga tayyorlashda, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda, kasalliklarning oldini olishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyatini oshirish;
    2.2 O‘zbekiston respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi nomidan boshqa vazirlik va idoralar tuzilmalari bilan hamkorlikda ommaviy sportni rivojlantirish hamda uni targ‘ib qilish bo‘yicha ish yuritish va muvofiqlashtirish;
        2.3. O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi» Qonuni, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda davlat dasturlarida ommaviy sport bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning amalda bajarilishini tashkillashtirish va nazorat qilish.

    III. BOSHQARMANING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

       3.1. Boshqarma oldiga qo‘yilgan vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish;
       3.2. O‘z vakolatlari doirasida vazirlikning boshqarma va bo‘limlari, qaramog‘idagi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
       3.3. Ommaviy sport yo‘nalishi bo‘yicha davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi to‘g‘risida tegishli vazirlik va idora, tizimdagi quyi tashkilotlardan ma’lumot olish, umumlashtirish va vazirlikning Axborot-tahlil boshqarmasiga taqdim etish;
       3.4. Turar joylar va mahallalarda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va ommaviy sport ishlarini o‘tkazishda davlat  va jamoat tashkilotlari, o‘quv yurtlari, mahalliy hokimiyat organlari bilan faol hamkorlik qilish va ularga ko‘maklashish;
       3.5. Doimiy ravishda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bo‘yicha Xukumat tomonidan qabul qilingan me’yoriy xujjatlar va davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlar ijrosining amalda bajarilishini joylarda o‘rganish, nazorat qilish va monitoring yurgizish;
       3.6. Boshqarmaga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha axborot tayyorlash va yuqori organlarga taqdim etish uchun vazirlikning boshqarmalari, bo‘limlaridan hamda quyi tashkilotlardan tegishli ma’lumotlar olish;
        3.7. Belgilangan tartibda umumxalq bayramlarini nishonlashga qaratilgan ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish;
        3.8. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha yillik 1-sport statistika hisobotlarini qabul qilish, tegishli tashkilotlarga belgilangan muddatlarda taqdim etish hamda 1-sport hisobotlarini shakllantirish yuzasidan takliflar kiritish;
        3.9. Vazirlikning Ommaviy sport tadbirlari taqvim rejasiga asosan hamda davlat dasturiga bag‘ishlab aholining barcha qatlamlari orasida ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazishni shuningdek, noalimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiyalar tomonidan o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionatlarini kelishilgan musobaqa Nizomiga muvofiq o‘kazishni tashkillashtirish;
        3.10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli «Ijro intizomini mustahkamlash chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ijroiya intizomiga amal qilish.

    IV. BOSHQARMANING TUZILMASI
        4.1. Boshqarma quyidagi shtat birligidan iborat:
        Boshqarma boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, bosh mutaxasis.
        4.2. Boshqarmaning faoliyati boshliq tomonidan boshqariladi, uni tayinlash va ozod etish O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari  vaziri tomonidan, sport bo‘yicha tegishli vazirning sport ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiriladi;
        4.3. Boshqarma boshlig‘i o‘z faoliyatida bevosita vazir va sport bo‘yicha vazirning birinchi o‘rinbosariga bo‘ysinadi.        

    V. OMMAVIY SPORTNI RIVOJLANTIRISh, OMMAVIY SPORT TADBIRLARINI O‘TKAZISHNI TASHKIL ETISh BOSHQARMASI XODIMLARINING FUNKSIONAL VAZIFALARI

    Boshqarma boshlig‘ining funksional vazifalari:
        - Boshqarmaning umumiy faoliyatini boshqaradi, uning ishini tashkillashtiradi hamda boshqarmaga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qiladi;
        - Boshqarma xodimlarining majburiyatlarini taqsimlaydi;
        - Ommaviy sport bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, vazirlikning buyruqlarini va boshqa me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
        - Madaniyat va sport ishlari vazirligi rahbariyatining topshiriq va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
        - Boshqarma vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlikning boshqa boshqarmalari tomonidan yuqori idoralarga zarur hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
        - Mamlakatda samarali faoliyat ko‘rsatayotgan uch bosqichli tizim musobaqalarini tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazish ishlarini Vazirlik rahbariyati ko‘rsatmalariga muvofiq amalga oshiradi;
        - Vazirlikning Ommaviy sport tadbirlari taqvim rejasiga asosan aholi o‘rtasida ommaviy sport tadbirlari, oilaviy sport musobaqalari, festivallar va taqvim rejaga kiritilgan boshqa ommaviy sport tadbirlarnining o‘tkazilishini tashkillashtiradi;
        - Fuqarolardan tushgan ariza va shikoyatlarni o‘rganadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
    - Belgilangan tartibda ish jarayonida alohida o‘rin tutgan xodimlarni taqdirlash, shuningdek, mehnat intizomini buzgan xodimlarga nisbatan ma’muriy chora qo‘llash masalalari bo‘yicha taklif va mulohazalar tayyorlab, rahbariyatga kiritadi;
        - Boshqarmaning faoliyati uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

    Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarining funksional vazifalari:
        - Madaniyat va sport ishlari vazirligi rahbariyati va boshqarma boshlig‘ining ko‘rsatmalari hamda topshiriqlarini bajaradi;
        - Ommaviy sport bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, vazirlikning buyruqlarini va boshqa me’yoriy hujjatlarning bajarilishini tashkillashtiradi;
        - Boshqarma boshlig‘i xizmat safari va ta’tilga chiqqan vaqtida uning vazifalarini bajaradi;
        - Fuqarolardan tushgan ariza va shikoyatlarni o‘rganadi va ularning ijrosini ta’minlaydi;
        - Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha 1-sport Davlat statistika hisobotlarini shakllantiradi va tegishli organlarga taqdim etadi;
        - Uch bosqichli tizim «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» sport musobaqalarini tashkillashtirishda ishtirok etadi;
        - Davlat dasturiga bag‘ishlangan ommaviy sport tadbirlari, oilaviy sport musobaqalari hamda taqvim rejaga kiritilgan boshqa tadbirlarning o‘tkazilishini tashkillashtiradi;
           - Amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Boshqarmaning choraklik, yarim yillik, 9 oylik va yillik hisobotlarini tayyorlaydi.
     
    Bosh mutaxassisning funksional vazifalari:
        - Madaniyat va sport ishlari vazirligi rahbariyati va boshqarma boshlig‘i va o‘rinbosarining ko‘rsatmalari hamda topshiriqlarini bajaradi;
        - Boshqarmaning ish rejalarini ishlab chiqadi;
        - Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha me’yoriy hujjatlar, yo‘riqnomalar, qoidalar, uslubiy yo‘riqnomalar va hokazolarni ishlab chiqadi;
        - Davlat dasturiga bag‘ishlangan ommaviy sport tadbirlari, oilaviy sport musobaqalari hamda taqvim rejaga kiritilgan boshqa tadbirlarning o‘tkazilishini tashkillashtiradi;
        - Uch bosqichli tizim «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» sport musobaqalarini tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazish ishlarini bajaradi;
        - Boshqarmaning barcha me’yoriy-xuquqiy hujjatlari, yig‘ilish qarorlari loyixasini tayyorlaydi;
        - Davlat dasturi bo‘yicha oylik, choraklik va yillik hisobotlarni tayyorlaydi;
    - Boshqarmaning choraklik, yarim yillik, 9 oylik va yillik hisobotlarini tayyorlaydi.
    BOSHQARMANING VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
    Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi:
        2.1. Shaxsning har tomonlama rivojlanishida, o‘sib kelayotgan yosh avlodni mehnatga, Respublika qurolli kuchlarida xizmatga tayyorlashda, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda, kasalliklarning oldini olishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyatini oshirish;
    2.2 O‘zbekiston respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi nomidan boshqa vazirlik va idoralar tuzilmalari bilan hamkorlikda ommaviy sportni rivojlantirish hamda uni targ‘ib qilish bo‘yicha ish yuritish va muvofiqlashtirish; 
        2.3. O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi» Qonuni, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda davlat dasturlarida ommaviy sport bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning amalda bajarilishini tashkillashtirish va nazorat qilish.
    Maqolani chop etish

    19-06-2015, 07:42 | Batafsil o'qiganlar soni: 2174

    ×

    Uzr so'raymiz

    Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 5 дней со дня публикации.

Manzilimiz


Yuridik va jismoniy shaxslardan ariza, shikoyat va murojaatlarni qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligida tеlеfon aloqa tizimi to’g’risida
NIZOM-RЕGLAMЕNT

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Mazkur Nizom tеlеfon aloqa tizimi orqali (kеyinchalik – "ishonch tеlеfoni”) yuridik va jismoniy shaxslardan arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va ko’rib chiqish tartibini bеlgilaydi.
2. "Ishonch tеlеfoni”ni tashkillashtirishning asosiy maqsadi yuridik va jismoniy shaxslardan o’rnatilgan tartibda murojaatlarni olish, umumlashtirish va ko’rib chiqishdir:
kombinat mansabdor shaxslari tomonidan noqonuniy harakat (harakatsizlik)lari; kombinatning normativ va lokal dalolatnomalarining yuridik va jismoniy shaxslarning
faoliyatiga salbiy ta'siri, shuningdеk boshqa masalalar.
3. "Ishonch tеlеfoni” orqali quyidagilar qabul qilinadi:
Arizalar – ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini amalga oshirishda yordam ko’rsatish to’g’risidagi iltimoslari;
Shikoyatlar – poymol qilingan qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarini tiklash to’g’risidagi talablar;
Boshqa murojaatlar.
4. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlar mas’ul shaxs tomonidan soat 09-00 dan 13-00 gacha va 14-00 dan 18-00 gacha dushanbadan jumagacha (bayram kunlaridan tashqari) qabul qilinadi.
5. Takliflardan iborat murojaatlar tushgan kundan boshlab bir oy davomida ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganishlarni talab qiladigan takliflar bundan istisno.
6. Ariza va shikoyatlar tushgan kundan bir oy muddatda ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganish va tеkshiruvlarni talab qilmaydigan murojaatlar esa – o’n bеsh kundan kеchikmagan xolda.
Ariza va shikoyatni ko’rib chiqish uchun tеkshiruv, qo’shimcha matеriallarni talab qilish yoki boshqa choralarni qabul qilishni o’tkazilishi zarur bo’lgan xolatlarda arizalarni yoki shikoyatlarni ko’rib chiqish muddatlari istisno tartibda shikoyat bеrgan shaxsni habardor qilgan xolda bosh dirеktor tomonidan bir oydan oshmagan xolda uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki.

I. ”ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHAЕTGAN MUROJAATLARNI QABUL QILISH VA RASMIYLASHTIRISH TARTIBI

7. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat tegishli tеlеfon raqami orqali amalga oshiriladi.
8. "Ishonch tеlеfoni” orqali tеlеfon qo’ng’iroqlariga mas’ul shaxs javob
bеrayotganda:
FIOni aytishi;
anonim murojaatlar; jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda; qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo’lmagan murojaatlar ko’rib chiqilmasligini ma’lum qilishi;
qo’ng’iroq qiluvchiga mazkur nizomning 12 bandida ko’rsatilgan ma'lumotlar haqida aytib o’tishi lozim.
9. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlarni yig’ish va ishlov bеrish uchun tеlеfonda gaplashgan gaplarni yozib olish funktsiyasi bilan jihozlangan tеlеfon apparatlar ishlatiladi.
10. Barcha murojaatlar elеktron tashuvchiga yoziladi va bir yil davomida saqlanadi.
11. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat etganda yuridik va jismoniy shaxslar o’zining familiyasini, ismini otasining ismini, yashash manzili to’g’risida, nomini, yuridik shaxsining ular taqdim etadigan STIR, javobi yuborilishi lozim bo’lgan pochta manzili, aloqa uchun tеlеfon raqamini aytishlari shart, shuningdеk murojaatning mazmunini bayon etishlari lozim.
12. "Ishonch tеlеfon” orqali tushgan murojaatlar, bosh dirеktor yordamchisi tomonidan umumlashtiriladi va mazkur Nizomning 1-ilovasiga ko’ra shakli bo’yicha "ishonch tеlеfoni” orqali murojaatlarni qayd etish jurnalida ro’yxatga olinadi, va arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni ko’rib chiqish bo’yicha komissiyasiga (kеyinchalik - Komissiya) kiritiladi.
13. Murojaatda mazkur Nizomning 12 bandida qayd etilgan ma'lumotlar ko’rsatilmaganda, ular ro’yxatga olinmaydi va ko’rib chiqilmaydi.
14. Qabul qilingan murojaat bo’yicha bosh dirеktor yordamchisi usha kuniyoq mazkur Nizomning 2-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha "nazorat kartochkani” to’ldiradi.
Mazkur Nizomning 12 bandida nazarda tutilgan xolatlarda nazorat kartochkasi to’ldirilmaydi.

III. "ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHGAN MUROJAATLARNI KO’RIB CHIQISH TARTIBI

15. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushgan murojaatlar Komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi.
Zarur xollarda murojaatda ko’rsatilgan xolatlar murojaat qiluvchini jalb etilishi bilan joylarga chiqqan xolda o’rganib chiqilishi mumkin.
16. Mas’ul shaxs murojaat ko’rib chiqilishi natijalari bo’yicha qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilishga majbur.
17. Agarda kombinatning mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari bo’yicha murojaat tushsa, mazkur murojaatlarni ko’rib chiqilishi bеvosita mazkur shaxslarga yuklanishi taqiqlanadi.
18. "Ishonch tеlеfoni” orqali kombinat rahbariyatining vakolatlariga kirmaydigan masalalar bo’yicha murojaat tushganda Komissiya tomonidan o’rnatilgan tartibda tеgishli tashkilotlarga murojaat etilishi bo’yicha tushuntirish va tavsiyalar bеriladi.
19. Komissiya murojaatni ko’rib chiqqandan so’ng, murojaat etuvchiga yozma shaklda ko’rib chiqish natijalari va qabul qilingan qarorning mazmuni to’g’risida habardor qiladi.
20. Bosh dirеktor yordomchisi o’rnatilgan tartibda umumlashtirilgan arizalarni, takliflarni va shikoyatlarni jismoniy va yuridik shaxslarni qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarni buzilishini kеltirib chiqarayotgan sabablarni o’z vaqtida aniqlash va bartaraf qilish maqsadida taxlil qiladi.

IV. YAKUNIY QOIDALAR

21. "Ishonch tеlеfoni” orqali olingan ma'lumot bilan ishlayotgan shaxslar, olingan ma'lumotlar mahfiyligiga rioya qilish uchun qonunchilikka muvofiq shaxsiy javobgardirlar.
22. Mazkur Nizomni buzilishida ayblangan shaxslar, qonunchilikka muvofiq javobgardirlar.
 ishonch telefoni madaniyat va sport sohalari xizmatlari sifatli ko‘rsatilish darajasini muntazam nazorat qilish, sifatini yanada oshirish, madaniyat va sport tizimi xodimlarining nojo‘ya harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ishonch telefoni joriy etildi.

Manzil:  100159, O'zbekiston, Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5 uy

Ish vaqti: Dushanbadan - Jumagacha, soat 9.00 dan - 18.00 gacha

Mo'ljal: Mustaqillik maydoni, "Mustaqillik” metro bekati

Transport: "Mustaqillik” metro bekati, №97-, №57-, №37-, №44-, №155-, №148-, №28-sonli avtobuslar va 8-,129-sonli yo’nalish taksilari

Xarita
Qabulxona:

Telefon: (998-71) 239-83-31

Faks: (998-71) 239-47-86

E-mail: minister[@]mcs.uz


Matbuot xizmati:

Telefon: (998-71) 239-44-78

Faks: (998-71) 239-44-78

E-mail: press[@]mcs.uz, info[@]mcs.uz



Arxiv:
«    Февраль 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728 
2005-2010 © O’zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan.
Saytda joylаshtirilgаn mа’lumotlаrdаn nusxа olish (ommаviy аxborot vositаlаridа u yoki bu mа’lumotlаrdаn yoki xаbаrlаrdаn sitаtа keltirish) ushbu mа’lumotning mаnbаi ko‘rsаtilgаn holdа ruxsаt etilаdi.
Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni