O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari vazirligi

Министерство по делам культуры и спорта

Информация по обращениям физических и юридических лиц,

поступивших в виртуальную приёмную Премьер-министра Республики Узбекистан

(на 20 октября 2016 года)

 

Содержание обращений

Поступило

На рассмотрении

Рассмотрено

Нарушены сроки рассмотрения

Направлены

на повторное рассмотрение *

Новые **

шт.

в том числе, повторно

1.

О деятельности спортивных клубов и спортивных федераций

50

 

9

41

1

 

 

2.

Вопросы занятости и трудовых отношений

32

1

16

16

2

2

 

3.

О поступлении или восстановлении на учебе

20

 

10

10

3

2

 

4.

О развитии вида спорта, проведении соревнования, выделении средств на соревнования

15

 

8

7

 

 

 

5.

Невыплата зарплаты

11

 

9

2

1

 

 

6.

Прочее

101

1

38

63

3

1

 

 

Всего

229

2

90

139

10

5

 

Yulduzlarga savolingiz bormi?

    Xalqaro aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi

    Bo'lim: Markaziy apparat boshqarmalari, . Sanasi: 17-06-2015, 17:49
    Rahbari
    Akbarov Shohruh Dilshatovich
    Ish telefoni
    2394161
    Manzili
    Toshkent sh., Mustaqillik m., 5
    Email
    ird[at]mcs.uz

          O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Xalqaro aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi to'g'risidagi

                                                                                                  N I Z O M 


    I. UMUMIY QOIDALAR
    1.O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Xalqaro aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda "Boshqarma” deb yuritiladi) markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. 
    2.Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hay’ati qarorlari, buyruqlari, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
    3.Boshqarma o‘z faoliyatini vazirlikning boshqa boshqarmalari, tasarrufdagi tashkilotlar va muassasalar, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda boshqa davlat va jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikda olib borishni ta’minlaydi.
    4.Boshqarma o‘z faoliyatini Vazir rahbarligi ostida amalga oshiradi.

    II. BOSHQARMANING VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
    1.Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
    xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlikni oshirish, davlatlararo aloqalarni mustahkamlash maqsadida xorijiy mamlakatlar bilan madaniyat, san’at va sport sohasida o‘zaro almashinuvni rivojlantirish;
    respublikamizning madaniy, ijtimoiy hamda sport salohiyati va yutuqlarini keng targ‘ib qilish;
    xorijiy davlatlarning madaniyat va sport muassasalari hamda boshqa tegishli tashkilotlar vakillari bilan hamkorlik qilish, vazirlik boshqarmalari, tasarrufdagi tashkilot va muassasalar ishtirokida tegishli taklif va hujjatlarni (hamkorlik bitimlari, dasturlar va boshqalar) tayyorlash;
    O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlarga bag‘ishlangan hamda xorijda O‘zbekistonga bag‘ishlangan xalqaro madaniy tadbirlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish;
    vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar xodimlarining qonunchilikda belgilangan tartibga ko‘ra xorijga chiqishini ta’minlash, o‘z navbatida O‘zbekistonga chet davlatdan taklif etilgan jamoalar, badiiy ko‘rgazmalar ishtirokchilari, yakkaxon ijrochilar, mutaxassislar, delegatsiyalar va boshqa mehmonlar qabul qilinishini tashkil qilish;
    xalqaro tanlovlar, festivallar, anjumanlar va boshqa tadbirlarda respublikamiz vakillari ishtirokini muvofiqlashtirish;

    2.Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funsiyalarni amalga oshiradi:
    vazirlikning madaniyat va sport sohasidagi xalqaro hamkorlikka oid istiqboldagi loyihalarini, yillik rejalarini ishlab chiqadi;
    xalqaro madaniy aloqalarning samaradorlik holati va darajasini muntazam tahlil qiladi va umumlashtiradi;
    vazirlik boshqarmalari, uning tasarrufidagi muassasalar va tashkilotlarning xorijiy mamlakatlar bilan madaniyat va sport sohasidagi hamkorligiga oid kelishuv hamda dasturlarini amalga oshirishni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
    vazirlik hay’atining yig‘ilishlariga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ko‘rib chiqilishi zarur bo‘lgan masalalarni (takliflarni) kiritadi va tegishli hujjatlarni tayyorlaydi;
    chet el xizmat safarlari bo‘yicha hisobotlarni o‘z vaqtida topshirilishini nazorat qiladi, vazirlik boshqarmalari bilan birgalikda ularning samaradorligini tahlil etadi; 
    xorijiy safar yakunlari bo‘yicha vazirlik rahbariyatining takliflari va topshiriqlari amalga oshirilishini tekshiradi;
    chet el delegatsiyalari, alohida vakillari bilan muzokaralarga  oid hujjatlarni tayyorlaydi;
    xorijiy mamlakatlardagi madaniyat va sport ishlariga mas’ul yuqori organlar, boshqa manfaatdor tashkilotlar va jismoniy shaxslar bilan xalqaro madaniy aloqalarga oid masalalar bo‘yicha o‘zaro xat yozishuvini olib boradi;
    rahbarlar, madaniyat, san’at va sport muassasalari xodimlari, boshqa mas’ul shaxslar uchun hukumat qarorlari, qoidalar, xorijga chiqish tartibi yo‘riqnomalari, shartnomalarni rasmiylashtirish va boshqa hujjatlarni izohlab berishni tashkilashtiradi.


    III.BOSHQARMANING HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI
    1.Boshqarma o‘z zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
    Boshqarma vakolati doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha  vazirlikning boshqa boshqarmalari, tizimdagi tashkilotlar va muassasalardan ma’lumot so‘rash va olish;
    Vazirlik hay’ati majlislarida ishtirok etish;
    Vazirlik hay’ati majlislarida ko‘rib chiqilishi uchun tegishli materiallarni taqdim qilish;
    xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar va majlislar ishida ishtirok etish;
    Vazirlik reglamenti talablariga muvofiq bo‘lmagan holda kelib tushgan hujjatlarni zaruratga qarab qaytarish;
    tizimdagi tashkilotlar va hududiy boshqarmalar rahbarlari ishtirokida majlislar o‘tkazish;
    xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, majlislar, tanlovlar, festivallar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun nomzodlar tavsiya etish;

    xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari tomonidan tashkil etiladigan madaniy tadbirlar (ko‘rgazmalar, festivallar, konsertlar, tanlovlar, qabul marosimlari va boshqalar)da vazirlik vakillari ishtirokini muvofiqlashtirish.
    2.Boshqarma quyidagi masalalarga javobgardir:
    o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni talab darajasida va samarali bajarish;
    xorijiy hamkorlik bo‘yicha shartnoma hujjatlarini reglamentga qat’iy rioya qilgan holda o‘rnatilgan tartibda tayyorlanishini ta’minlash;
    Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12 son qaroriga muvofiq ijro intizomiga amal qishish.


    IV.BOSHQARMA   TUZILMASI
    1.Boshqarma tuzilmasi Boshqarma boshlig‘i, Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari va bosh mutaxassisdan iborat. Boshqarma tuzilmasi Vazir tomonidan tasdiqlanadi. 
    2.Boshqarma ishini boshliq boshqaradi. 
    3.Boshliq o‘rinbosari va bosh mutaxassis boshqarma boshlig‘ining tavsiyasiga binoan vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod etiladi.


    V. BOSHQARMA XODIMLARINING XIZMAT MAJBURIYATLARI

    1.Boshliq
    Madaniyat va sport ishlari vazirligining tegishli qaror, buyruq va boshqa hujjatlarini bajarish bo‘yicha Xalqaro aloqalarni rivojlantirish boshqarmasiga  umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
    Vazirlikdagi boshqarmalar ishtirokida madaniyat va sport sohasidagi hukumatlararo bitim, shartnoma, shuningdek chet el madaniyat va sport tashkilotlari bilan hamkorlik masalasi bo‘yicha hujjatlarga takliflar tayyorlashni boshqaradi;
    xorijiy mamlakatlar bilan madaniy hamkorlik bo‘yicha yillik rejalar loyihasini ishlab chiqadi, sport aloqalari bo‘yicha rejalar loyihasini tayyorlashda ishtirok etadi, ularga ma’lum o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha vazirlik rahbariyatiga qo‘shimcha takliflar bildiradi;
    iqtisodiy tahlil va moliya boshqarmasi bilan birgalikda vazirlikning xalqaro madaniy almashinuvini amalga oshirishga ketadigan sarf-xarajatlar smetasini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
    xalqaro madaniy va sport tadbirlariga taklif etilgan respublika vakillarining hujjatlarini vazirlik orqali tegishli manzilga yuborilishini ta’minlaydi;
    O‘zbekiston terma jamoalarini chempionatlarga, Jahon va Osiyo kubogi, Olimpiya va Osiyo o‘yinlariga, xalqaro turnirlarda ishtirok etishi bilan bog‘liq hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
    xalqaro madaniyat va sport sohasidagi aloqalar doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlarning samarasi hamda xorijiy mamlakatlar madaniy va sport hayotini tahlil qiladi;
    respublikamizda o‘tkaziladigan xalqaro madaniy va sport  tadbirlariga (madaniyat kunlari, festivallar, tanlovlar, musobaqalar, ilmiy simpozimlar va boshqalar) tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etadi;
    vazirlik hay’atiga xalqaro madaniy va sport sohasida hamkorlikka aloqador bo‘lgan masalalar yuzasidan takliflar kiritadi;
    xorijiy vakolatxonalar xodimlari bilan o‘zaro foydali aloqalar o‘rnatish masalalari bo‘yicha bevosita muzokaralar olib boradi;
    boshqarmaning xizmat doirasiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat idoralari va jamoat tashkilotlari oldida madaniyat va sport ishlari vazirligining ishonchli vakili hisoblanadi.


    2.Boshliq o‘rinbosari
    yuklatilgan topshiriqlarni bajarishda zarur bo‘ladigan hisobot va  ma’lumotlarni o‘z vakolati doirasida vazirlik boshqarmalari, tasarrufdagi muassasalar hamda boshqa tashkilotlardan yig‘ib, ular bo‘yicha tahliliy axborot tayyorlaydi;  
    xalqaro madaniy tadbirlarda Respublika vakillarining ishtiroki bo‘yicha tegishli hujjatlar va xorijiy davlatlar vizalarini rasmiylashtirish ishlarini amalga oshiradi;
    madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha chet el xizmat safarlari asoslari hamda rejalarini ko‘rib chiqadi;
    xorijiy mamlakatlar bilan madaniy aloqalar bo‘yicha ma’lumotlar to‘playdi;
    madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha hukumatlararo va idoralararo shartnoma hujjatlari (Bitim, Memorandum, Shartnoma, Dastur, Reja va hokazo) loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
    madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro shartnoma hujjatlarini bajarilishi bo‘yicha hisobot materiallarini tayyorlaydi;
    xorijiy davlatlar elchixonalari, madaniyat markazlari, xorijiy davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan hamkorlik olib boradi;
    madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar vakillari uchun Tashqi ishlar vazirligi orqali viza rasmiylashtirishda yordam ko‘rsatadi;
    rasmiy hujjatlar tarjimalarini amalga oshirishni nazorat qiladi.



    3.   Bosh mutaxassis
    milliy qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq Respublika sportchilarini chet elga yuborish bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirishni amalga oshiradi;
    xalqaro sport tadbirlariga taklif etilgan Respublika vakillarining hujjatlarini vazirlikka taqdim etilishini nazorat qiladi;
    sport yo‘nalishi bo‘yicha chet el xizmat safarlari asoslari hamda rejalarini ko‘rib chiqadi;
    xorijiy mamlakatlar bilan sport aloqalari bo‘yicha ma’lumotlar to‘playdi;
    sport yo‘nalishi bo‘yicha hukumatlararo va idoralararo shartnoma hujjatlari (Bitim, Memorandum, Shartnoma, Dastur, Reja va hokazo) loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.
    sport yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro shartnoma hujjatlarini bajarilishi bo‘yicha hisobot materiallarini tayyorlaydi.

    BOSHQARMANING VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
    1.Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
    xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlikni oshirish, davlatlararo aloqalarni mustahkamlash maqsadida xorijiy mamlakatlar bilan madaniyat, san’at va sport sohasida o‘zaro almashinuvni rivojlantirish;
    respublikamizning madaniy, ijtimoiy hamda sport salohiyati va yutuqlarini keng targ‘ib qilish;
    xorijiy davlatlarning madaniyat va sport muassasalari hamda boshqa tegishli tashkilotlar vakillari bilan hamkorlik qilish, vazirlik boshqarmalari, tasarrufdagi tashkilot va muassasalar ishtirokida tegishli taklif va hujjatlarni (hamkorlik bitimlari, dasturlar va boshqalar) tayyorlash;
    O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlarga bag‘ishlangan hamda xorijda O‘zbekistonga bag‘ishlangan xalqaro madaniy tadbirlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish;
    vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar xodimlarining qonunchilikda belgilangan tartibga ko‘ra xorijga chiqishini ta’minlash, o‘z navbatida O‘zbekistonga chet davlatdan taklif etilgan jamoalar, badiiy ko‘rgazmalar ishtirokchilari, yakkaxon ijrochilar, mutaxassislar, delegatsiyalar va boshqa mehmonlar qabul qilinishini tashkil qilish;
    xalqaro tanlovlar, festivallar, anjumanlar va boshqa tadbirlarda respublikamiz vakillari ishtirokini muvofiqlashtirish;

    2.Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funsiyalarni amalga oshiradi:
    vazirlikning madaniyat va sport sohasidagi xalqaro hamkorlikka oid istiqboldagi loyihalarini, yillik rejalarini ishlab chiqadi;
    xalqaro madaniy aloqalarning samaradorlik holati va darajasini muntazam tahlil qiladi va umumlashtiradi;
    vazirlik boshqarmalari, uning tasarrufidagi muassasalar va tashkilotlarning xorijiy mamlakatlar bilan madaniyat va sport sohasidagi hamkorligiga oid kelishuv hamda dasturlarini amalga oshirishni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
    vazirlik hay’atining yig‘ilishlariga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ko‘rib chiqilishi zarur bo‘lgan masalalarni (takliflarni) kiritadi va tegishli hujjatlarni tayyorlaydi;
    chet el xizmat safarlari bo‘yicha hisobotlarni o‘z vaqtida topshirilishini nazorat qiladi, vazirlik boshqarmalari bilan birgalikda ularning samaradorligini tahlil etadi; 
    xorijiy safar yakunlari bo‘yicha vazirlik rahbariyatining takliflari va topshiriqlari amalga oshirilishini tekshiradi;
    chet el delegatsiyalari, alohida vakillari bilan muzokaralarga  oid hujjatlarni tayyorlaydi;
    xorijiy mamlakatlardagi madaniyat va sport ishlariga mas’ul yuqori organlar, boshqa manfaatdor tashkilotlar va jismoniy shaxslar bilan xalqaro madaniy aloqalarga oid masalalar bo‘yicha o‘zaro xat yozishuvini olib boradi;
    rahbarlar, madaniyat, san’at va sport muassasalari xodimlari, boshqa mas’ul shaxslar uchun hukumat qarorlari, qoidalar, xorijga chiqish tartibi yo‘riqnomalari, shartnomalarni rasmiylashtirish va boshqa hujjatlarni izohlab berishni tashkilashtiradi.

    Maqolani chop etish

    17-06-2015, 17:49 | Batafsil o'qiganlar soni: 1485

    ×

    Uzr so'raymiz

    Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 5 дней со дня публикации.

Manzilimiz


Yuridik va jismoniy shaxslardan ariza, shikoyat va murojaatlarni qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligida tеlеfon aloqa tizimi to’g’risida
NIZOM-RЕGLAMЕNT

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Mazkur Nizom tеlеfon aloqa tizimi orqali (kеyinchalik – "ishonch tеlеfoni”) yuridik va jismoniy shaxslardan arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va ko’rib chiqish tartibini bеlgilaydi.
2. "Ishonch tеlеfoni”ni tashkillashtirishning asosiy maqsadi yuridik va jismoniy shaxslardan o’rnatilgan tartibda murojaatlarni olish, umumlashtirish va ko’rib chiqishdir:
kombinat mansabdor shaxslari tomonidan noqonuniy harakat (harakatsizlik)lari; kombinatning normativ va lokal dalolatnomalarining yuridik va jismoniy shaxslarning
faoliyatiga salbiy ta'siri, shuningdеk boshqa masalalar.
3. "Ishonch tеlеfoni” orqali quyidagilar qabul qilinadi:
Arizalar – ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini amalga oshirishda yordam ko’rsatish to’g’risidagi iltimoslari;
Shikoyatlar – poymol qilingan qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarini tiklash to’g’risidagi talablar;
Boshqa murojaatlar.
4. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlar mas’ul shaxs tomonidan soat 09-00 dan 13-00 gacha va 14-00 dan 18-00 gacha dushanbadan jumagacha (bayram kunlaridan tashqari) qabul qilinadi.
5. Takliflardan iborat murojaatlar tushgan kundan boshlab bir oy davomida ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganishlarni talab qiladigan takliflar bundan istisno.
6. Ariza va shikoyatlar tushgan kundan bir oy muddatda ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganish va tеkshiruvlarni talab qilmaydigan murojaatlar esa – o’n bеsh kundan kеchikmagan xolda.
Ariza va shikoyatni ko’rib chiqish uchun tеkshiruv, qo’shimcha matеriallarni talab qilish yoki boshqa choralarni qabul qilishni o’tkazilishi zarur bo’lgan xolatlarda arizalarni yoki shikoyatlarni ko’rib chiqish muddatlari istisno tartibda shikoyat bеrgan shaxsni habardor qilgan xolda bosh dirеktor tomonidan bir oydan oshmagan xolda uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki.

I. ”ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHAЕTGAN MUROJAATLARNI QABUL QILISH VA RASMIYLASHTIRISH TARTIBI

7. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat tegishli tеlеfon raqami orqali amalga oshiriladi.
8. "Ishonch tеlеfoni” orqali tеlеfon qo’ng’iroqlariga mas’ul shaxs javob
bеrayotganda:
FIOni aytishi;
anonim murojaatlar; jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda; qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo’lmagan murojaatlar ko’rib chiqilmasligini ma’lum qilishi;
qo’ng’iroq qiluvchiga mazkur nizomning 12 bandida ko’rsatilgan ma'lumotlar haqida aytib o’tishi lozim.
9. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlarni yig’ish va ishlov bеrish uchun tеlеfonda gaplashgan gaplarni yozib olish funktsiyasi bilan jihozlangan tеlеfon apparatlar ishlatiladi.
10. Barcha murojaatlar elеktron tashuvchiga yoziladi va bir yil davomida saqlanadi.
11. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat etganda yuridik va jismoniy shaxslar o’zining familiyasini, ismini otasining ismini, yashash manzili to’g’risida, nomini, yuridik shaxsining ular taqdim etadigan STIR, javobi yuborilishi lozim bo’lgan pochta manzili, aloqa uchun tеlеfon raqamini aytishlari shart, shuningdеk murojaatning mazmunini bayon etishlari lozim.
12. "Ishonch tеlеfon” orqali tushgan murojaatlar, bosh dirеktor yordamchisi tomonidan umumlashtiriladi va mazkur Nizomning 1-ilovasiga ko’ra shakli bo’yicha "ishonch tеlеfoni” orqali murojaatlarni qayd etish jurnalida ro’yxatga olinadi, va arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni ko’rib chiqish bo’yicha komissiyasiga (kеyinchalik - Komissiya) kiritiladi.
13. Murojaatda mazkur Nizomning 12 bandida qayd etilgan ma'lumotlar ko’rsatilmaganda, ular ro’yxatga olinmaydi va ko’rib chiqilmaydi.
14. Qabul qilingan murojaat bo’yicha bosh dirеktor yordamchisi usha kuniyoq mazkur Nizomning 2-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha "nazorat kartochkani” to’ldiradi.
Mazkur Nizomning 12 bandida nazarda tutilgan xolatlarda nazorat kartochkasi to’ldirilmaydi.

III. "ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHGAN MUROJAATLARNI KO’RIB CHIQISH TARTIBI

15. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushgan murojaatlar Komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi.
Zarur xollarda murojaatda ko’rsatilgan xolatlar murojaat qiluvchini jalb etilishi bilan joylarga chiqqan xolda o’rganib chiqilishi mumkin.
16. Mas’ul shaxs murojaat ko’rib chiqilishi natijalari bo’yicha qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilishga majbur.
17. Agarda kombinatning mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari bo’yicha murojaat tushsa, mazkur murojaatlarni ko’rib chiqilishi bеvosita mazkur shaxslarga yuklanishi taqiqlanadi.
18. "Ishonch tеlеfoni” orqali kombinat rahbariyatining vakolatlariga kirmaydigan masalalar bo’yicha murojaat tushganda Komissiya tomonidan o’rnatilgan tartibda tеgishli tashkilotlarga murojaat etilishi bo’yicha tushuntirish va tavsiyalar bеriladi.
19. Komissiya murojaatni ko’rib chiqqandan so’ng, murojaat etuvchiga yozma shaklda ko’rib chiqish natijalari va qabul qilingan qarorning mazmuni to’g’risida habardor qiladi.
20. Bosh dirеktor yordomchisi o’rnatilgan tartibda umumlashtirilgan arizalarni, takliflarni va shikoyatlarni jismoniy va yuridik shaxslarni qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarni buzilishini kеltirib chiqarayotgan sabablarni o’z vaqtida aniqlash va bartaraf qilish maqsadida taxlil qiladi.

IV. YAKUNIY QOIDALAR

21. "Ishonch tеlеfoni” orqali olingan ma'lumot bilan ishlayotgan shaxslar, olingan ma'lumotlar mahfiyligiga rioya qilish uchun qonunchilikka muvofiq shaxsiy javobgardirlar.
22. Mazkur Nizomni buzilishida ayblangan shaxslar, qonunchilikka muvofiq javobgardirlar.
 ishonch telefoni madaniyat va sport sohalari xizmatlari sifatli ko‘rsatilish darajasini muntazam nazorat qilish, sifatini yanada oshirish, madaniyat va sport tizimi xodimlarining nojo‘ya harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ishonch telefoni joriy etildi.

Manzil:  100159, O'zbekiston, Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5 uy

Ish vaqti: Dushanbadan - Jumagacha, soat 9.00 dan - 18.00 gacha

Mo'ljal: Mustaqillik maydoni, "Mustaqillik” metro bekati

Transport: "Mustaqillik” metro bekati, №97-, №57-, №37-, №44-, №155-, №148-, №28-sonli avtobuslar va 8-,129-sonli yo’nalish taksilari

Xarita
Qabulxona:

Telefon: (998-71) 239-83-31

Faks: (998-71) 239-47-86

E-mail: minister[@]mcs.uz


Matbuot xizmati:

Telefon: (998-71) 239-44-78

Faks: (998-71) 239-44-78

E-mail: press[@]mcs.uz, info[@]mcs.uz



Arxiv:
«    Февраль 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728 
2005-2010 © O’zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan.
Saytda joylаshtirilgаn mа’lumotlаrdаn nusxа olish (ommаviy аxborot vositаlаridа u yoki bu mа’lumotlаrdаn yoki xаbаrlаrdаn sitаtа keltirish) ushbu mа’lumotning mаnbаi ko‘rsаtilgаn holdа ruxsаt etilаdi.
Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni