O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari vazirligi

Министерство по делам культуры и спорта

Информация по обращениям физических и юридических лиц,

поступивших в виртуальную приёмную Премьер-министра Республики Узбекистан

(на 20 октября 2016 года)

 

Содержание обращений

Поступило

На рассмотрении

Рассмотрено

Нарушены сроки рассмотрения

Направлены

на повторное рассмотрение *

Новые **

шт.

в том числе, повторно

1.

О деятельности спортивных клубов и спортивных федераций

50

 

9

41

1

 

 

2.

Вопросы занятости и трудовых отношений

32

1

16

16

2

2

 

3.

О поступлении или восстановлении на учебе

20

 

10

10

3

2

 

4.

О развитии вида спорта, проведении соревнования, выделении средств на соревнования

15

 

8

7

 

 

 

5.

Невыплата зарплаты

11

 

9

2

1

 

 

6.

Прочее

101

1

38

63

3

1

 

 

Всего

229

2

90

139

10

5

 

Yulduzlarga savolingiz bormi?

    Ta'lim muassasalari boshqarmasi

    Bo'lim: Markaziy apparat boshqarmalari, . Sanasi: 17-06-2015, 17:18
    Rahbari
    Nurullayev Abdulaziz
    Ish telefoni
    2394893
    Manzili
    Toshkent sh., Mustaqillik m., 5
    Email
    talim.b[at]mcs.uz

                    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Ta’lim muassasalari boshqarmasi to‘g‘risida
                                                                                                  NIZOM

    I. Umumiy qoidalar

    1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Ta’lim muassasalari boshqarmasi (bundan buyon matnda Boshqarma deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi  markaziy apparatining tarkibiy tuzilmasi bo‘lib, bevosita O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziriga bo‘ysunadi. 
    2. Boshqarma o‘zining faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va tavsiyalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Madaniyat va sport ishlari vazirligi to‘g‘risidagi Nizomga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
    3. Vazirlik tizimidagi barcha ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirishda hamda takomillashtirishda ko‘maklashadi va rahbarlik qiladi. Shu jumladan, madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va sport sohasiga mutaxassislar tayyorlovchi barcha ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.
     
     

    II. Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari

    4. Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifa va funksiyalari hisoblanadi:
    boshqarma vazirlik tizimidagi madaniyat va san’at, sport ta’lim muassasalari va mazkur sohaga mutaxassislar tayyorlovchi barcha ta’lim muassasalari faoliyati hamda madaniyat va san’at, sport fanini rivojlantirish va takomillashtirish borasida, mamlakatimizda shu sohalarni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan mahoratli kadrlarni tayyorlashga qaratilgan quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
    madaniyat va san’at sohasi bo‘yicha o‘qituvchilar hamda sport turlaridan murabbiy-o‘qituvchilar, madaniyat, san’at va sport xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etish;
    sport turlari bo‘yicha respublika terma jamoalarini sport tayyorgarligini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash ishlarini tashkil etish;
    madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va sport sohasida fundamental ilmiy-tadqiqotlar tashkil kilish va olib borishda ko‘maklashish;
    iqtidorli yosh ijrochilarning xalqaro va respublika tanlovlarida, sport turlari bo‘yicha esa terma jamoalarning Olimpiya va Osiyo o‘yinlarida, shuningdek, jahon va Osiyo chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli chiqishlari uchun malakali va zahira sportchilarning o‘quv-mashq yig‘inlarini o‘tkazish jarayonida ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirishda yordam beradi.
    5. Madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish borasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va olib borishga ko‘maklashadi.
    6. Madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va sport ta’limi sohasini boshqarish, ilmiy asoslagan tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish borasida dunyoning ilg‘or tajribasini o‘rganish va amaliyotga tadbik qilish, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va murabbiy-o‘qituvchilar, ilmiy va sport xodimlar malakasini oshirish maqsadida xorijiy mamlakatlarning yetakchi madaniyat va sport ilmiy-tadqiqot markazlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
    7. Respublikadagi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha sport-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini o‘tkazish, sport inshootlarini sanitariya-gigienik talablarga muvofiqligini akkreditatsiyadan o‘tkazish va sport turlari bo‘yicha murabbiylar saviyasini sertifikatlash ishlarini olib borishda ishtirok etadi.
    8. Madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va sport ta’limi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha dasturlar tayyorlashda ishtirok etadi va bu sohalardagi tajribani umumlashtiradi;
    madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va sport sohasiga doir dolzarb muammolar bo‘yicha ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, kengashlar, simpoziumlar tashkil etadi va o‘tkazadi;
    xorijiy investitsiyalar va grantlarini jalb etish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;
    boshqarma xodimlarining madaniyat va san’at, sport sohasida o‘tkaziladigan xalqaro hamda respublika tadbirlarida ishtirok etishi uchun xizmat safarlarini uyushtiradi.
    9. O‘z vakolatlari doirasida vazirlik tasarrufidagi boshqarma va bo‘limlar hamda ta’lim muassasalari, korxona, tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi.
    10. Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi to‘g‘risida tegishli vazirlik va idora, tizimdagi quyi tashkilotlardan ma’lumot oladi, umumlashtiradi va yuqori davlat organlariga taqdim etadi. Boshqarmaga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha axborot tayyorlash va yuqori organlarga taqdim etish uchun vazirlikning boshqarmalari, bo‘limlaridan hamda quyi tashkilotlardan tegishli ma’lumotlar oladi. Madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va sport ta’limi bo‘yicha yillik hisobotlarini qabul qiladi, tegishli tashkilotlarga belgilangan muddatlarda taqdim etadi.

    11. Doimiy ravishda madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va sport ta’limi bo‘yicha Hukumat tomonidan qabul kilingan barcha me’yoriy hujjatlar va Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlar ijrosining amalda bajarilishini joylarda o‘rganadi.
    12. Boshqarma o‘z vakolatlari doirasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

    III. Boshqarmaning huquqlari va javobgarligi

    13. Boshqarma faoliyatining asosiy maqsadi - madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va sport sohasida ta’lim, ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish jarayonlarini takomillashtirish va muvofiqlashtirish, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi nomidan boshqa vazirlik va idoralar tuzilmalari bilan hamkorlikda sohadagi ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va soha fanini rivojlantirish va takomillashtirish xamda uni targ‘ib qilish bo‘yicha ish yuritishdan iborat.
    14. Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish doirasida axolini sport bilan shug‘ullanishga jalb qilish, ayniqsa yoshlarda milliy g‘urur hissini uyg‘otish, sog‘lom turmush tarzini kuchaytirish, ularni salbiy ta’sirdan himoya qilish kabi amaliy ishlarni olib boradi:
     vazirlik tizimidagi barcha tashkilot va idoralariga o‘quv-uslubiy hamda axborot bazalarini yaratishda amaliy yordam berish;
     davlat va boshqa idora, tashkilotlariga o‘quv-uslubiy va sohaga oid tadbirlarni o‘tkazishda amaliy yordam berish;
     mamlakatimizda madaniyat, san’at hamda sport ta’limini rivojlantirish doirasida yangi axborot texnologiyasi tizimini shakllantirish va jahon axborot tizimiga kiritish, zarur o‘quv-uslubiy ko‘rgazmali materiallarni yoritish xamda soha fanini rivojlantirish;
     umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar va akademik litseylar hamda oliy ta’lim muassasalari, faoliyatini sohaga tegishli yagona talablar doirasida muvofiqlashtirish;
     sport turlari bo‘yicha terma jamoalarga malakali va zahira uchun sportchilarni maxsus dastur va ilmiy asosda tayyorlashda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, tegishli mutassadi tashkilotlar va sport turlari bo‘yicha federatsiyalar hamda boshka manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat olib borish.

    IV. Boshqarma faoliyatini tashkil qilish

    15. Boshqarma faoliyatiga belgilangan tartibda vazir tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshqarma boshlig‘i rahbarlik qiladi. Boshqarma boshlig‘i bir nafar o‘rinbosar va bir nafar bosh mutaxassisga ega. Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari va bosh mutaxassis vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
    16. Boshqarma faoliyati xodimlarning lavozim yo‘riqnomsida belgilanadigan mehnat taqsimotiga asosan amalga oshiriladi.
    17. Boshqarma boshlig‘i:
    boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, Boshqarma ishlarini tashkillashtiradi, yo‘naltiradi va nazorat qiladi;
    boshqarmaga yuklatilgan vazifalar hamda majburiyatlarning bajarilishini amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi;
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Madaniyat va sport ishlari vazirligining Hay’at yig‘ilishi qarorlari, buyrug‘i va rahbariyat ko‘rsatmalarini boshqarma tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
    boshqarmaning yillik ish rejasini ishlab chiqadi; 
    boshqarmada ish taqsimotini yo‘lga qo‘yadi; 
    vazirlik rahbariyati topshirig‘iga ko‘ra davlat idoralarida, jamoat tashkilotlarida vazirlik nomidan ish yuritadi;
    davlat, hukumat qarorlarini, vazirlik Hay’ati qarorlari va buyruqlari, rahbariyat topshiriqlarini, boshqarma xodimlari tomonidan bajarilishini, ishni samarali tashkil qilinishini, mehnat va ijro intizomlariga amal qilinishini nazorat qiladi;
    vazirlik rahbariyatiga hamda umumlashtirish uchun Axborot-tahlil boshqarmasiga kiritiladigan tahliliy ma’lumotlar va hisobotlarda keltirilgan raqamlar hamda axborotlarni to‘g‘riligiga javobgar hisoblanadi; 
    boshqarma va uning tasarrufidagi ta’lim muassasalar va tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish, ularni kadrlar bilan mustahkamlash yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritadi;
    vazirlik rahbariyatiga boshqarma xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, shuningdek,  xizmat burchini o‘tishdagi kamchiliklari uchun ma’muriy choralar ko‘rish, ishga qabul qilinadigan boshqarma xodimlari nomzodlari bo‘yicha takliflar kiritadi; 
    fuqarolarning ariza va shikoyatlarini o‘z muddatida ko‘rib chiqilishiga bevosita javob beradi;
    boshqarma faoliyati bilan bog‘liq choraklik, yillik va boshqa hisobotlarni tayyorlaydi;
    boshqarma tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlarining ish uslubi va malakasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; 
    boshqarmada hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlashga shaxsan javobgardir;
    foydalanish uchun o‘ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishiga mas’uldir;
    ish davomida yozuv qog‘ozidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish choralarini ko‘radi;
    o‘zi ish olib boradigan xonada yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlaydi.
    boshqarma tarkibini hamda faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, boshqarma faoliyatiga oid muhim masalalar haqida vazirga muntazam ravishda axborot beradi;
    boshqarma faoliyatiga daxldor masalalarni muhokama qilish, tegishli dasturlar, rejalar va boshqa topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish uchun boshqarma xodimlari ishtirokida tezkor yig‘ilishlar o‘tkazadi;
    boshqarma xodimlaridan mehnat intizomini buzganlik, yuklatilgan vazifalarni tegishlicha bajarmaganlik holatlari yuzasidan tushuntirishlar oladi;
    o‘z vakolati doirasida tegishli hujjatlarni imzolaydi.
    18. Boshqarma xodimlari o‘z faoliyatini lavozim yo‘riqnomasiga muvofiq amalga oshiradilar.
    19. Shaxsiy yig‘ma jildlar bilan tanishishga Boshqarma boshlig‘ining roziligiga asosan ruxsat etiladi.
    20. Boshqarma xodimlarining lavozim yo‘riqnomasi vazir tomonidan tasdiqlanadi.
    21. Boshqarma xodimlari o‘zlarining xizmat vazifalarini bajarish vaqtida, yuklatilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqqanliklari, shuningdek, huquqqa xilof harakatlar yoki harakatsizligi, xizmat (lavozim) vazifalarini bajarmaganliklari yoxud lozim darajada bajarmaganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqa javobgarlikka tortiladi.

    Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari

    4. Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifa va funksiyalari hisoblanadi:
    boshqarma vazirlik tizimidagi madaniyat va san’at, sport ta’lim muassasalari va mazkur sohaga mutaxassislar tayyorlovchi barcha ta’lim muassasalari faoliyati hamda madaniyat va san’at, sport fanini rivojlantirish va takomillashtirish borasida, mamlakatimizda shu sohalarni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan mahoratli kadrlarni tayyorlashga qaratilgan quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
    madaniyat va san’at sohasi bo‘yicha o‘qituvchilar hamda sport turlaridan murabbiy-o‘qituvchilar, madaniyat, san’at va sport xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etish;
    sport turlari bo‘yicha respublika terma jamoalarini sport tayyorgarligini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash ishlarini tashkil etish;
    madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va sport sohasida fundamental ilmiy-tadqiqotlar tashkil kilish va olib borishda ko‘maklashish;
    iqtidorli yosh ijrochilarning xalqaro va respublika tanlovlarida, sport turlari bo‘yicha esa terma jamoalarning Olimpiya va Osiyo o‘yinlarida, shuningdek, jahon va Osiyo chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli chiqishlari uchun malakali va zahira sportchilarning o‘quv-mashq yig‘inlarini o‘tkazish jarayonida ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirishda yordam beradi.
    5. Madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish borasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va olib borishga ko‘maklashadi.
    6. Madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va sport ta’limi sohasini boshqarish, ilmiy asoslagan tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish borasida dunyoning ilg‘or tajribasini o‘rganish va amaliyotga tadbik qilish, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va murabbiy-o‘qituvchilar, ilmiy va sport xodimlar malakasini oshirish maqsadida xorijiy mamlakatlarning yetakchi madaniyat va sport ilmiy-tadqiqot markazlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
    7. Respublikadagi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha sport-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini o‘tkazish, sport inshootlarini sanitariya-gigienik talablarga muvofiqligini akkreditatsiyadan o‘tkazish va sport turlari bo‘yicha murabbiylar saviyasini sertifikatlash ishlarini olib borishda ishtirok etadi.
    8. Madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va sport ta’limi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha dasturlar tayyorlashda ishtirok etadi va bu sohalardagi tajribani umumlashtiradi;
    madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va sport sohasiga doir dolzarb muammolar bo‘yicha ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, kengashlar, simpoziumlar tashkil etadi va o‘tkazadi;
    xorijiy investitsiyalar va grantlarini jalb etish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;
    boshqarma xodimlarining madaniyat va san’at, sport sohasida o‘tkaziladigan xalqaro hamda respublika tadbirlarida ishtirok etishi uchun xizmat safarlarini uyushtiradi.
    9. O‘z vakolatlari doirasida vazirlik tasarrufidagi boshqarma va bo‘limlar hamda ta’lim muassasalari, korxona, tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi.
    10. Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi to‘g‘risida tegishli vazirlik va idora, tizimdagi quyi tashkilotlardan ma’lumot oladi, umumlashtiradi va yuqori davlat organlariga taqdim etadi. Boshqarmaga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha axborot tayyorlash va yuqori organlarga taqdim etish uchun vazirlikning boshqarmalari, bo‘limlaridan hamda quyi tashkilotlardan tegishli ma’lumotlar oladi. Madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va sport ta’limi bo‘yicha yillik hisobotlarini qabul qiladi, tegishli tashkilotlarga belgilangan muddatlarda taqdim etadi.

    11. Doimiy ravishda madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va sport ta’limi bo‘yicha Hukumat tomonidan qabul kilingan barcha me’yoriy hujjatlar va Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlar ijrosining amalda bajarilishini joylarda o‘rganadi.
    12. Boshqarma o‘z vakolatlari doirasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
    Maqolani chop etish

    17-06-2015, 17:18 | Batafsil o'qiganlar soni: 2285

    ×

    Uzr so'raymiz

    Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 5 дней со дня публикации.

Manzilimiz


Yuridik va jismoniy shaxslardan ariza, shikoyat va murojaatlarni qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligida tеlеfon aloqa tizimi to’g’risida
NIZOM-RЕGLAMЕNT

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Mazkur Nizom tеlеfon aloqa tizimi orqali (kеyinchalik – "ishonch tеlеfoni”) yuridik va jismoniy shaxslardan arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va ko’rib chiqish tartibini bеlgilaydi.
2. "Ishonch tеlеfoni”ni tashkillashtirishning asosiy maqsadi yuridik va jismoniy shaxslardan o’rnatilgan tartibda murojaatlarni olish, umumlashtirish va ko’rib chiqishdir:
kombinat mansabdor shaxslari tomonidan noqonuniy harakat (harakatsizlik)lari; kombinatning normativ va lokal dalolatnomalarining yuridik va jismoniy shaxslarning
faoliyatiga salbiy ta'siri, shuningdеk boshqa masalalar.
3. "Ishonch tеlеfoni” orqali quyidagilar qabul qilinadi:
Arizalar – ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini amalga oshirishda yordam ko’rsatish to’g’risidagi iltimoslari;
Shikoyatlar – poymol qilingan qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarini tiklash to’g’risidagi talablar;
Boshqa murojaatlar.
4. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlar mas’ul shaxs tomonidan soat 09-00 dan 13-00 gacha va 14-00 dan 18-00 gacha dushanbadan jumagacha (bayram kunlaridan tashqari) qabul qilinadi.
5. Takliflardan iborat murojaatlar tushgan kundan boshlab bir oy davomida ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganishlarni talab qiladigan takliflar bundan istisno.
6. Ariza va shikoyatlar tushgan kundan bir oy muddatda ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganish va tеkshiruvlarni talab qilmaydigan murojaatlar esa – o’n bеsh kundan kеchikmagan xolda.
Ariza va shikoyatni ko’rib chiqish uchun tеkshiruv, qo’shimcha matеriallarni talab qilish yoki boshqa choralarni qabul qilishni o’tkazilishi zarur bo’lgan xolatlarda arizalarni yoki shikoyatlarni ko’rib chiqish muddatlari istisno tartibda shikoyat bеrgan shaxsni habardor qilgan xolda bosh dirеktor tomonidan bir oydan oshmagan xolda uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki.

I. ”ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHAЕTGAN MUROJAATLARNI QABUL QILISH VA RASMIYLASHTIRISH TARTIBI

7. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat tegishli tеlеfon raqami orqali amalga oshiriladi.
8. "Ishonch tеlеfoni” orqali tеlеfon qo’ng’iroqlariga mas’ul shaxs javob
bеrayotganda:
FIOni aytishi;
anonim murojaatlar; jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda; qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo’lmagan murojaatlar ko’rib chiqilmasligini ma’lum qilishi;
qo’ng’iroq qiluvchiga mazkur nizomning 12 bandida ko’rsatilgan ma'lumotlar haqida aytib o’tishi lozim.
9. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlarni yig’ish va ishlov bеrish uchun tеlеfonda gaplashgan gaplarni yozib olish funktsiyasi bilan jihozlangan tеlеfon apparatlar ishlatiladi.
10. Barcha murojaatlar elеktron tashuvchiga yoziladi va bir yil davomida saqlanadi.
11. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat etganda yuridik va jismoniy shaxslar o’zining familiyasini, ismini otasining ismini, yashash manzili to’g’risida, nomini, yuridik shaxsining ular taqdim etadigan STIR, javobi yuborilishi lozim bo’lgan pochta manzili, aloqa uchun tеlеfon raqamini aytishlari shart, shuningdеk murojaatning mazmunini bayon etishlari lozim.
12. "Ishonch tеlеfon” orqali tushgan murojaatlar, bosh dirеktor yordamchisi tomonidan umumlashtiriladi va mazkur Nizomning 1-ilovasiga ko’ra shakli bo’yicha "ishonch tеlеfoni” orqali murojaatlarni qayd etish jurnalida ro’yxatga olinadi, va arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni ko’rib chiqish bo’yicha komissiyasiga (kеyinchalik - Komissiya) kiritiladi.
13. Murojaatda mazkur Nizomning 12 bandida qayd etilgan ma'lumotlar ko’rsatilmaganda, ular ro’yxatga olinmaydi va ko’rib chiqilmaydi.
14. Qabul qilingan murojaat bo’yicha bosh dirеktor yordamchisi usha kuniyoq mazkur Nizomning 2-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha "nazorat kartochkani” to’ldiradi.
Mazkur Nizomning 12 bandida nazarda tutilgan xolatlarda nazorat kartochkasi to’ldirilmaydi.

III. "ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHGAN MUROJAATLARNI KO’RIB CHIQISH TARTIBI

15. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushgan murojaatlar Komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi.
Zarur xollarda murojaatda ko’rsatilgan xolatlar murojaat qiluvchini jalb etilishi bilan joylarga chiqqan xolda o’rganib chiqilishi mumkin.
16. Mas’ul shaxs murojaat ko’rib chiqilishi natijalari bo’yicha qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilishga majbur.
17. Agarda kombinatning mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari bo’yicha murojaat tushsa, mazkur murojaatlarni ko’rib chiqilishi bеvosita mazkur shaxslarga yuklanishi taqiqlanadi.
18. "Ishonch tеlеfoni” orqali kombinat rahbariyatining vakolatlariga kirmaydigan masalalar bo’yicha murojaat tushganda Komissiya tomonidan o’rnatilgan tartibda tеgishli tashkilotlarga murojaat etilishi bo’yicha tushuntirish va tavsiyalar bеriladi.
19. Komissiya murojaatni ko’rib chiqqandan so’ng, murojaat etuvchiga yozma shaklda ko’rib chiqish natijalari va qabul qilingan qarorning mazmuni to’g’risida habardor qiladi.
20. Bosh dirеktor yordomchisi o’rnatilgan tartibda umumlashtirilgan arizalarni, takliflarni va shikoyatlarni jismoniy va yuridik shaxslarni qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarni buzilishini kеltirib chiqarayotgan sabablarni o’z vaqtida aniqlash va bartaraf qilish maqsadida taxlil qiladi.

IV. YAKUNIY QOIDALAR

21. "Ishonch tеlеfoni” orqali olingan ma'lumot bilan ishlayotgan shaxslar, olingan ma'lumotlar mahfiyligiga rioya qilish uchun qonunchilikka muvofiq shaxsiy javobgardirlar.
22. Mazkur Nizomni buzilishida ayblangan shaxslar, qonunchilikka muvofiq javobgardirlar.
 ishonch telefoni madaniyat va sport sohalari xizmatlari sifatli ko‘rsatilish darajasini muntazam nazorat qilish, sifatini yanada oshirish, madaniyat va sport tizimi xodimlarining nojo‘ya harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ishonch telefoni joriy etildi.

Manzil:  100159, O'zbekiston, Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5 uy

Ish vaqti: Dushanbadan - Jumagacha, soat 9.00 dan - 18.00 gacha

Mo'ljal: Mustaqillik maydoni, "Mustaqillik” metro bekati

Transport: "Mustaqillik” metro bekati, №97-, №57-, №37-, №44-, №155-, №148-, №28-sonli avtobuslar va 8-,129-sonli yo’nalish taksilari

Xarita
Qabulxona:

Telefon: (998-71) 239-83-31

Faks: (998-71) 239-47-86

E-mail: minister[@]mcs.uz


Matbuot xizmati:

Telefon: (998-71) 239-44-78

Faks: (998-71) 239-44-78

E-mail: press[@]mcs.uz, info[@]mcs.uz



Arxiv:
«    Февраль 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728 
2005-2010 © O’zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan.
Saytda joylаshtirilgаn mа’lumotlаrdаn nusxа olish (ommаviy аxborot vositаlаridа u yoki bu mа’lumotlаrdаn yoki xаbаrlаrdаn sitаtа keltirish) ushbu mа’lumotning mаnbаi ko‘rsаtilgаn holdа ruxsаt etilаdi.
Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni