O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari vazirligi

Министерство по делам культуры и спорта

Информация по обращениям физических и юридических лиц,

поступивших в виртуальную приёмную Премьер-министра Республики Узбекистан

(на 20 октября 2016 года)

 

Содержание обращений

Поступило

На рассмотрении

Рассмотрено

Нарушены сроки рассмотрения

Направлены

на повторное рассмотрение *

Новые **

шт.

в том числе, повторно

1.

О деятельности спортивных клубов и спортивных федераций

50

 

9

41

1

 

 

2.

Вопросы занятости и трудовых отношений

32

1

16

16

2

2

 

3.

О поступлении или восстановлении на учебе

20

 

10

10

3

2

 

4.

О развитии вида спорта, проведении соревнования, выделении средств на соревнования

15

 

8

7

 

 

 

5.

Невыплата зарплаты

11

 

9

2

1

 

 

6.

Прочее

101

1

38

63

3

1

 

 

Всего

229

2

90

139

10

5

 

Yulduzlarga savolingiz bormi?

    Ijodiy birlashmalar va xalq ijodiyotini rivojlantirish boshqarmasi

    Bo'lim: Markaziy apparat boshqarmalari, . Sanasi: 17-06-2015, 17:07
    Rahbari
    Djamaldinov Alisher
    Ish telefoni
    2394786
    Manzili
    Toshkent sh., Mustaqillik m., 5
    Email
    ijod.b[at]mcs.uz
    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Ijodiy birlashmalar va xalq ijodiyotini rivojlantirish                 boshqarmasi to'grisidagi 

                                                                                              NIZOM



    I.Umumiy qoidalar

    Ijodiy birlashmalar va xalq ijodiyotini rivojlantirish boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil
    14 martdagi "O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
    PQ-2146- sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi apparati tarkibidagi boshqaruv organi hisoblanadi.
    Ijodiy birlashmalar va xalq ijodiyotini rivojlantirish boshqarmasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Hay’atining qarorlari va vazirlik buyruqlari, ko‘rsatmalari hamda ushbu Nizom asosida amalga oshiradi.

    II.Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari

    Respublikada musiqa, xoreografiya, estrada, xalq ijodiyoti san’atlarini rivojlantirish bo‘yicha vazirlikka yuklatilgan vazifalarni amalga oshiradi. Ijodiy birlashmalar va xalq ijodiyotini rivojlantirishga, xalqimiz tarixining eng yorqin sahifalarini, uning hozirgi hayotini, mustaqil rivojlanish tajribasini aks ettiruvchi asarlar yaratishda har tomonlama yordam beradi.
    Vazirlik  tizimidagi "O‘zbeknavo”  EB, "O‘zbekraqs” MRB, O‘zbekiston milliy simfonik, kamer va xalq cholg‘ulari orkestrlari jamoalari birlashmasi, O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi, Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika ilmiy-metodika markazi ishlarini muvofiqlashtiradi, ularning Nizomlari va ish rejalariga asosan faoliyat yuritishlarini nazorat qiladi, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy-iqtisodiy masalalarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatadi. Ular tomonidan tayyorlanib, yuqori tashkilotlarga hamda vazirlikka taqdim etiladigan hisobotlar, axborotlar va ma’lumotlarni to‘g‘riligini o‘rganadi.   
    "Navro‘z”, "Mustaqillik” umumxalq bayramlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda tashkiliy, amaliy va metodik yordam beradi, konsert faoliyatini rivojlantiradi, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-ommaviy tadbirlar, bayramlar, festivallar, ko‘rik-tanlovlarda professonal va havaskorlik san’ati ijrochilari, folklor-etnografik jamoalari ishtirokini tashkil etishda qatnashadi, ijrochilik san’atining barcha shakllari va zamonaviy san’at janrlarining rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratadi.
    "O‘zbeknavo”  EB, "O‘zbekraqs” MRB, xalq cholg‘ulari, kamerli, simfonik orkestrlari, O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi, Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika ilmiy-metodika markazini malakali  mutaxassislar  bilan ta’minlanishini, ularning kasb mahoratlarini oshirishni, ijodiy xodimlarni rag‘batlantirilishini, davlat mukofotlariga tavsiya etilishini tashkil etadi.
    Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika
    ilmiy-metodika markazi orqali Madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va istirohat bog‘larining moddiy-texnik negizini mustahkamlashga doir takliflar tayyorlaydi, havaskor jamoalar turlarining kengayishi va muntazam faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur bo‘lgan amaliy yordam beradi.
    Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika
    ilmiy-metodika markazi madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va istirohat bog‘larning faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning Nizomlari va ish rejalariga asosan faoliyat yuritishlariga metodik yordam berishni boshqarma nazorat qiladi.
    Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, sohani rivojlantirish va havaskorlik badiiy jamoalarning faoliyatini shakllantirish, ularning ijobiy say’i-harakatlari va huquqiy manfaatlarini himoya qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlikda rivojlantirish va faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.
    Badiiy havaskorlik jamoalari repertuaridagi asarlar mamlakatimiz xalqlarining qadimiy san’at xazinasi va ma’naviy mulki ekanligini ommaviy axborot vositalari orqali hamda ijodiy, konsert dasturlari tayyorlash yo‘li bilan keng ommaga yetkazish borasida chora-tadbirlar ishlab chiqadi.
    Eng yaxshi havaskorlik jamoalarini "Xalq” va "Namunali” unvonlariga tavsiya etadi hamda mavjud "Xalq” va "Namunali” badiiy havaskorlik jamoalarini uch yilda bir marta ijodiy sinovdan o‘tkazib borish ishlarini amalga oshiradi.
    Tegishli muassasalarning  boshqaruvini  takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
    Tegishli muassasalarning faoliyatiga oid tahliliy va statistik ma’lumotlarni shakllantiradi, ular asosida tegishli takliflar ishlab chiqib, vazirlik rahbariyatiga kiritib boradi.
    Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarning ijodiy jamoalari va yakkaxon ijrochilarining gastrol-konsert faoliyatini, shu jumladan chet ellardagi gastrol-konsert faoliyatini tashkil qilishni nazoratga oladi.
    Ijodiy jamoalar, madaniyat va san’at mutaxassislari va arboblarini idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, halqaro tanlovlar, festivallar va boshqa tadbirlarda qatnashish uchun tayyorlashni, jo‘natishni va qabul qilinishida ishtirok etadi.

    III.Boshqarmaning huquq va majburiyatlari

    O‘z vakolati doirasida boshqarma tizim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish.
    Doimiy ravishda musiqa, xoreografiya, estrada, xalq ijodiyoti san’atlarini rivojlantirish, nomoddiy madaniy meros, madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari bo‘yicha Hukumat tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar va davlat dasturlarida belgilangan chora-tadbirlar ijrosining amalda bajarilishini joylarda o‘rganish, nazorat qilish va tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.
    Boshqarmaga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha axborot tayyorlash va yuqori organlarga taqdim etish uchun vazirlik hududiy boshqarmalari va bo‘limlaridan hamda quyi tashkilotlardan tegishli ma’lumotlar olish.
    Tegishli tizim tashkilotlaridan ularning faoliyatlariga oid ma’lumotlarni (ijodiy, moliyaviy-iqtisodiy) olish, umumlashtirish, tegishli ko‘rsatmalar berish.
    Tegishli muassasalarning faoliyatini tahlil qilish, ularning yillik repertuar va gastrol rejalarini ko‘rib chiqish va taklif tayyorlash;
    Tegishli muassasalar tomonidan ma’naviy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishda davlat va jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari, mahalliy hokimliklar bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ularga ko‘maklashish.
    Davlat miqyosidagi tadbirlar, umumxalq bayramlarini nishonlash bilan bog‘liq konsert dasturlarini ishlab chiqishda va tayyorlashda ishtirok etish, ularda ijodkorlar ishtirokini ta’minlashga ko‘maklashish.
    Tegishli muassasalar faoliyatini zamon talablariga mos bo‘lishini ta’minlash uchun amaliy choralar ko‘rish.
    Xalq ijodiyoti yo‘nalishida ko‘rik-tanlov, festivallarining o‘tkazilishini tashkillashtirish va nazorat qilish.

    IV.Boshqarmaning tuzilmasi va ish taqsimoti

    Boshqarma o‘z faoliyatini bevosita vazir hamda vazir o‘rinbosari rahbarligi ostida olib boradi.
    Boshqarmaning tuzilmasi boshqarma boshlig‘i, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari va bosh mutaxassisdan iborat.
    Boshqarma boshlig‘i.
    Ijodiy birlashmalar, xalq ijodiyotini rivojlantirish ishlar bo‘yicha boshqarma boshlig‘iga yuklatilgan vazifalar hamda majburiyatlarning bajarilishini amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Madaniyat va sport ishlari vazirligining Hay’at yig‘ilishi qarorlari, buyrug‘i va rahbariyat ko‘rsatmalarini boshqarma tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi.
    Boshqarmaning yillik ish rejasini ishlab chiqadi.
    Boshqarmada ish taqsimotini yo‘lga qo‘yadi.
    Vazirlik rahbariyati topshirig‘iga ko‘ra davlat idoralarida, jamoat tashkilotlarida vazirlik nomidan ish yuritadi.
    Davlat, hukumat qarorlarini, vazirlik Hay’ati qarorlari va buyruqlari, rahbariyat topshiriqlarini, boshqarma xodimlari tomonidan bajarilishini, ishni samarali tashkil qilinishini, mehnat va ijro intizomlariga amal qilinishini nazorat qiladi.
    Vazirlik rahbariyatiga hamda umumlashtirish uchun Axborot-tahlil boshqarmasiga kiritiladigan tahliliy ma’lumotlar va hisobotlarda keltirilgan raqamlar hamda axborotlarni to‘g‘riligiga javobgardir.
    Boshqarma va uning tasarrufidagi tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish, ularni kadrlar bilan mustahkamlash yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritadi.
    Vazirlik rahbariyatiga boshqarma xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, shuningdek  xizmat burchini o‘tishdagi kamchiliklari uchun ma’muriy choralar ko‘rish, ishga qabul qilinadigan boshqarma xodimlari nomzodlari bo‘yicha takliflar kiritadi.
    Fuqarolarning ariza va shikoyatlarini o‘z muddatida ko‘rib chiqilishiga bevosita javob beradi.
    Boshqarma faoliyati bilan bog‘liq choraklik, yillik va boshqa hisobotlarni tayyorlaydi.
    Boshqarma tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlarining ish uslubi va malakasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
    Boshqarmada hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlashga shaxsan javobgardir.
    Foydalanish uchun o‘ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishiga mas’uldir.
    Ish davomida yozuv qog‘ozidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish choralarini ko‘radi.
    O‘zi ish olib boradigan xonada yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlaydi.
    Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari.
    Boshqarma boshlig‘i bo‘lmaganda uning vazifalarini bajaradi.
    "O‘zbeknavo” EB, "O‘zbekraqs” MRB, Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika ilmiy-metodika markazi faoliyati hamda ushbu markaz orqali madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari ishlarini muvofiqlashtiradi, ularga amaliy yordam ko‘rsatadi.
    Badiiy havaskorlik jamoalari, folklor-etnogrfik ansambllarning ijodiy ishlarini, ularning repertuarlari va konsert-tomosha faoliyatini o‘rganadi, tahliliy xulosalar tayyorlaydi, ijodiy ishlarni tashkil etilishi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatadi.
    Mavjud "Xalq” va "Namunali” badiiy havaskorlik jamoalari attestatsiyasini tashkil etadi.
    Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika
    ilmiy-metodika markazi orqali Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, targ‘ib etish va hujjatlashtirish bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirish ishlarini nazoratga oladi.
    Boshqarma faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha boshqarma boshlig‘ining topshiriqlarini bajaradi.
    Foydalanish uchun o‘ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishiga mas’uldir.
    Ish davomida yozuv qog‘ozidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish choralarini ko‘radi.
    O‘zi ish olib boradigan xonada yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlaydi.
    Bosh mutaxassis.
    O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi, xalq cholg‘ulari, kamerli, simfonik orkestrlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularga amaliy yordam ko‘rsatadi.
    O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi, simfonik, kamer, xalq cholg‘ulari orkestrlari jamoalari  faoliyatini muvofiqlashtiradi, ular tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar, qabul marosimlari dasturlarini tayyorlashda qatnashadi.
    Boshqarma faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha boshqarma boshlig‘i va o‘rinbosarining topshiriqlarini bajaradi.
    Boshqarmaga kelib tushuvchi va boshqarmadan chiquvchi hujjatlar hisobini yuritadi.
    Tegishli muassasalar badiiy kengashlari faoliyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarni umumlashtiradi.
    Foydalanish uchun o‘ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishiga mas’uldir.
    Ish davomida yozuv qog‘ozidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish choralarini ko‘radi.
    O‘zi ish olib boradigan xonada yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlaydi.
    Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari

    Respublikada musiqa, xoreografiya, estrada, xalq ijodiyoti san’atlarini rivojlantirish bo‘yicha vazirlikka yuklatilgan vazifalarni amalga oshiradi. Ijodiy birlashmalar va xalq ijodiyotini rivojlantirishga, xalqimiz tarixining eng yorqin sahifalarini, uning hozirgi hayotini, mustaqil rivojlanish tajribasini aks ettiruvchi asarlar yaratishda har tomonlama yordam beradi. 
    Vazirlik  tizimidagi "O‘zbeknavo”  EB, "O‘zbekraqs” MRB, O‘zbekiston milliy simfonik, kamer va xalq cholg‘ulari orkestrlari jamoalari birlashmasi, O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi, Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika ilmiy-metodika markazi ishlarini muvofiqlashtiradi, ularning Nizomlari va ish rejalariga asosan faoliyat yuritishlarini nazorat qiladi, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy-iqtisodiy masalalarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatadi. Ular tomonidan tayyorlanib, yuqori tashkilotlarga hamda vazirlikka taqdim etiladigan hisobotlar, axborotlar va ma’lumotlarni to‘g‘riligini o‘rganadi.    
    "Navro‘z”, "Mustaqillik” umumxalq bayramlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda tashkiliy, amaliy va metodik yordam beradi, konsert faoliyatini rivojlantiradi, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-ommaviy tadbirlar, bayramlar, festivallar, ko‘rik-tanlovlarda professonal va havaskorlik san’ati ijrochilari, folklor-etnografik jamoalari ishtirokini tashkil etishda qatnashadi, ijrochilik san’atining barcha shakllari va zamonaviy san’at janrlarining rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratadi. 
    "O‘zbeknavo”  EB, "O‘zbekraqs” MRB, xalq cholg‘ulari, kamerli, simfonik orkestrlari, O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi, Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika ilmiy-metodika markazini malakali  mutaxassislar  bilan ta’minlanishini, ularning kasb mahoratlarini oshirishni, ijodiy xodimlarni rag‘batlantirilishini, davlat mukofotlariga tavsiya etilishini tashkil etadi.
    Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika 
    ilmiy-metodika markazi orqali Madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va istirohat bog‘larining moddiy-texnik negizini mustahkamlashga doir takliflar tayyorlaydi, havaskor jamoalar turlarining kengayishi va muntazam faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur bo‘lgan amaliy yordam beradi.
    Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika 
    ilmiy-metodika markazi madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va istirohat bog‘larning faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning Nizomlari va ish rejalariga asosan faoliyat yuritishlariga metodik yordam berishni boshqarma nazorat qiladi.
    Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, sohani rivojlantirish va havaskorlik badiiy jamoalarning faoliyatini shakllantirish, ularning ijobiy say’i-harakatlari va huquqiy manfaatlarini himoya qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlikda rivojlantirish va faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.
    Badiiy havaskorlik jamoalari repertuaridagi asarlar mamlakatimiz xalqlarining qadimiy san’at xazinasi va ma’naviy mulki ekanligini ommaviy axborot vositalari orqali hamda ijodiy, konsert dasturlari tayyorlash yo‘li bilan keng ommaga yetkazish borasida chora-tadbirlar ishlab chiqadi.
    Eng yaxshi havaskorlik jamoalarini "Xalq” va "Namunali” unvonlariga tavsiya etadi hamda mavjud "Xalq” va "Namunali” badiiy havaskorlik jamoalarini uch yilda bir marta ijodiy sinovdan o‘tkazib borish ishlarini amalga oshiradi.
    Tegishli muassasalarning  boshqaruvini  takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
    Tegishli muassasalarning faoliyatiga oid tahliliy va statistik ma’lumotlarni shakllantiradi, ular asosida tegishli takliflar ishlab chiqib, vazirlik rahbariyatiga kiritib boradi.
    Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarning ijodiy jamoalari va yakkaxon ijrochilarining gastrol-konsert faoliyatini, shu jumladan chet ellardagi gastrol-konsert faoliyatini tashkil qilishni nazoratga oladi.
    Ijodiy jamoalar, madaniyat va san’at mutaxassislari va arboblarini idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, halqaro tanlovlar, festivallar va boshqa tadbirlarda qatnashish uchun tayyorlashni, jo‘natishni va qabul qilinishida ishtirok etadi.
    Maqolani chop etish

    17-06-2015, 17:07 | Batafsil o'qiganlar soni: 1576

    ×

    Uzr so'raymiz

    Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 5 дней со дня публикации.

Manzilimiz


Yuridik va jismoniy shaxslardan ariza, shikoyat va murojaatlarni qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligida tеlеfon aloqa tizimi to’g’risida
NIZOM-RЕGLAMЕNT

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Mazkur Nizom tеlеfon aloqa tizimi orqali (kеyinchalik – "ishonch tеlеfoni”) yuridik va jismoniy shaxslardan arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va ko’rib chiqish tartibini bеlgilaydi.
2. "Ishonch tеlеfoni”ni tashkillashtirishning asosiy maqsadi yuridik va jismoniy shaxslardan o’rnatilgan tartibda murojaatlarni olish, umumlashtirish va ko’rib chiqishdir:
kombinat mansabdor shaxslari tomonidan noqonuniy harakat (harakatsizlik)lari; kombinatning normativ va lokal dalolatnomalarining yuridik va jismoniy shaxslarning
faoliyatiga salbiy ta'siri, shuningdеk boshqa masalalar.
3. "Ishonch tеlеfoni” orqali quyidagilar qabul qilinadi:
Arizalar – ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini amalga oshirishda yordam ko’rsatish to’g’risidagi iltimoslari;
Shikoyatlar – poymol qilingan qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarini tiklash to’g’risidagi talablar;
Boshqa murojaatlar.
4. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlar mas’ul shaxs tomonidan soat 09-00 dan 13-00 gacha va 14-00 dan 18-00 gacha dushanbadan jumagacha (bayram kunlaridan tashqari) qabul qilinadi.
5. Takliflardan iborat murojaatlar tushgan kundan boshlab bir oy davomida ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganishlarni talab qiladigan takliflar bundan istisno.
6. Ariza va shikoyatlar tushgan kundan bir oy muddatda ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganish va tеkshiruvlarni talab qilmaydigan murojaatlar esa – o’n bеsh kundan kеchikmagan xolda.
Ariza va shikoyatni ko’rib chiqish uchun tеkshiruv, qo’shimcha matеriallarni talab qilish yoki boshqa choralarni qabul qilishni o’tkazilishi zarur bo’lgan xolatlarda arizalarni yoki shikoyatlarni ko’rib chiqish muddatlari istisno tartibda shikoyat bеrgan shaxsni habardor qilgan xolda bosh dirеktor tomonidan bir oydan oshmagan xolda uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki.

I. ”ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHAЕTGAN MUROJAATLARNI QABUL QILISH VA RASMIYLASHTIRISH TARTIBI

7. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat tegishli tеlеfon raqami orqali amalga oshiriladi.
8. "Ishonch tеlеfoni” orqali tеlеfon qo’ng’iroqlariga mas’ul shaxs javob
bеrayotganda:
FIOni aytishi;
anonim murojaatlar; jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda; qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo’lmagan murojaatlar ko’rib chiqilmasligini ma’lum qilishi;
qo’ng’iroq qiluvchiga mazkur nizomning 12 bandida ko’rsatilgan ma'lumotlar haqida aytib o’tishi lozim.
9. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlarni yig’ish va ishlov bеrish uchun tеlеfonda gaplashgan gaplarni yozib olish funktsiyasi bilan jihozlangan tеlеfon apparatlar ishlatiladi.
10. Barcha murojaatlar elеktron tashuvchiga yoziladi va bir yil davomida saqlanadi.
11. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat etganda yuridik va jismoniy shaxslar o’zining familiyasini, ismini otasining ismini, yashash manzili to’g’risida, nomini, yuridik shaxsining ular taqdim etadigan STIR, javobi yuborilishi lozim bo’lgan pochta manzili, aloqa uchun tеlеfon raqamini aytishlari shart, shuningdеk murojaatning mazmunini bayon etishlari lozim.
12. "Ishonch tеlеfon” orqali tushgan murojaatlar, bosh dirеktor yordamchisi tomonidan umumlashtiriladi va mazkur Nizomning 1-ilovasiga ko’ra shakli bo’yicha "ishonch tеlеfoni” orqali murojaatlarni qayd etish jurnalida ro’yxatga olinadi, va arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni ko’rib chiqish bo’yicha komissiyasiga (kеyinchalik - Komissiya) kiritiladi.
13. Murojaatda mazkur Nizomning 12 bandida qayd etilgan ma'lumotlar ko’rsatilmaganda, ular ro’yxatga olinmaydi va ko’rib chiqilmaydi.
14. Qabul qilingan murojaat bo’yicha bosh dirеktor yordamchisi usha kuniyoq mazkur Nizomning 2-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha "nazorat kartochkani” to’ldiradi.
Mazkur Nizomning 12 bandida nazarda tutilgan xolatlarda nazorat kartochkasi to’ldirilmaydi.

III. "ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHGAN MUROJAATLARNI KO’RIB CHIQISH TARTIBI

15. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushgan murojaatlar Komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi.
Zarur xollarda murojaatda ko’rsatilgan xolatlar murojaat qiluvchini jalb etilishi bilan joylarga chiqqan xolda o’rganib chiqilishi mumkin.
16. Mas’ul shaxs murojaat ko’rib chiqilishi natijalari bo’yicha qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilishga majbur.
17. Agarda kombinatning mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari bo’yicha murojaat tushsa, mazkur murojaatlarni ko’rib chiqilishi bеvosita mazkur shaxslarga yuklanishi taqiqlanadi.
18. "Ishonch tеlеfoni” orqali kombinat rahbariyatining vakolatlariga kirmaydigan masalalar bo’yicha murojaat tushganda Komissiya tomonidan o’rnatilgan tartibda tеgishli tashkilotlarga murojaat etilishi bo’yicha tushuntirish va tavsiyalar bеriladi.
19. Komissiya murojaatni ko’rib chiqqandan so’ng, murojaat etuvchiga yozma shaklda ko’rib chiqish natijalari va qabul qilingan qarorning mazmuni to’g’risida habardor qiladi.
20. Bosh dirеktor yordomchisi o’rnatilgan tartibda umumlashtirilgan arizalarni, takliflarni va shikoyatlarni jismoniy va yuridik shaxslarni qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarni buzilishini kеltirib chiqarayotgan sabablarni o’z vaqtida aniqlash va bartaraf qilish maqsadida taxlil qiladi.

IV. YAKUNIY QOIDALAR

21. "Ishonch tеlеfoni” orqali olingan ma'lumot bilan ishlayotgan shaxslar, olingan ma'lumotlar mahfiyligiga rioya qilish uchun qonunchilikka muvofiq shaxsiy javobgardirlar.
22. Mazkur Nizomni buzilishida ayblangan shaxslar, qonunchilikka muvofiq javobgardirlar.
 ishonch telefoni madaniyat va sport sohalari xizmatlari sifatli ko‘rsatilish darajasini muntazam nazorat qilish, sifatini yanada oshirish, madaniyat va sport tizimi xodimlarining nojo‘ya harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ishonch telefoni joriy etildi.

Manzil:  100159, O'zbekiston, Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5 uy

Ish vaqti: Dushanbadan - Jumagacha, soat 9.00 dan - 18.00 gacha

Mo'ljal: Mustaqillik maydoni, "Mustaqillik” metro bekati

Transport: "Mustaqillik” metro bekati, №97-, №57-, №37-, №44-, №155-, №148-, №28-sonli avtobuslar va 8-,129-sonli yo’nalish taksilari

Xarita
Qabulxona:

Telefon: (998-71) 239-83-31

Faks: (998-71) 239-47-86

E-mail: minister[@]mcs.uz


Matbuot xizmati:

Telefon: (998-71) 239-44-78

Faks: (998-71) 239-44-78

E-mail: press[@]mcs.uz, info[@]mcs.uz



Arxiv:
«    Февраль 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728 
2005-2010 © O’zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan.
Saytda joylаshtirilgаn mа’lumotlаrdаn nusxа olish (ommаviy аxborot vositаlаridа u yoki bu mа’lumotlаrdаn yoki xаbаrlаrdаn sitаtа keltirish) ushbu mа’lumotning mаnbаi ko‘rsаtilgаn holdа ruxsаt etilаdi.
Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni