O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari vazirligi

Министерство по делам культуры и спорта

Информация по обращениям физических и юридических лиц,

поступивших в виртуальную приёмную Премьер-министра Республики Узбекистан

(на 20 октября 2016 года)

 

Содержание обращений

Поступило

На рассмотрении

Рассмотрено

Нарушены сроки рассмотрения

Направлены

на повторное рассмотрение *

Новые **

шт.

в том числе, повторно

1.

О деятельности спортивных клубов и спортивных федераций

50

 

9

41

1

 

 

2.

Вопросы занятости и трудовых отношений

32

1

16

16

2

2

 

3.

О поступлении или восстановлении на учебе

20

 

10

10

3

2

 

4.

О развитии вида спорта, проведении соревнования, выделении средств на соревнования

15

 

8

7

 

 

 

5.

Невыплата зарплаты

11

 

9

2

1

 

 

6.

Прочее

101

1

38

63

3

1

 

 

Всего

229

2

90

139

10

5

 

Yulduzlarga savolingiz bormi?

    Ma’naviy-ma’rifiy muassasalar, muzeylar, axborot-resurs markazlari boshqarmasi

    Bo'lim: Markaziy apparat boshqarmalari, Tarkibiy bo'lim. Sanasi: 17-06-2015, 11:53
    Rahbari
    Jamoliddin Uzakov
    Qabul kunlari
    ---
    Ish telefoni
    239 40 99
    Email
    muzey@mcs.uz

    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Ma’naviy-ma’rifiy muassasalar, muzeylar, axborot-resurs markazlari boshqarmasi to'g'risida

    NIZOM


    I.Umumiy qoidalar

    Ma’naviy-ma’rifiy muassasalar, muzeylar, axborot-resurs markazlari boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil
    14 martdagi "O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
    PQ-2146-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi apparati tarkibidagi boshqaruv organi hisoblanadi.
    Ma’naviy-ma’rifiy muassasalar, muzeylar, axborot-resurs markazlari boshqarmasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Hay’atining qarorlari va vazirlik buyruqlari, ko‘rsatmalari hamda ushbu Nizom asosida amalga oshiradi.

    II.Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari

    Respublikada ma’naviy-ma’rifiy muassasalar, muzeylar, axborot-resurs markazlari, madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari hamda hayvonot bog‘larini rivojlantirish bo‘yicha vazirlikka yuklatilgan vazifalarni amalga oshiradi. Mazkur muassasalarda xalqimiz tarixining eng yorqin sahifalarini, uning hozirgi hayotini, mustaqil rivojlanish tajribasini aks ettiruvchi asarlar orqali ekspozitsiyalar yaratishda, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etishda har tomonlama yordam beradi.
    Vazirlik tizimidagi ma’naviy-ma’rifiy muassasalar, muzeylar, Respublika muzeylarni qo‘llab-quvvatlash "O‘zbekmuzey” jamg‘armasi, axborot-resurs markazlari, madaniyat va aholi dam olish markazlari hamda madaniyat va istirohat bog‘lari ishlarini muvofiqlashtiradi, ularning Nizomlari va ish rejalariga asosan faoliyat yuritishlarini nazorat qiladi, tashkiliy va kadrlar, moliyaviy-iqtisodiy masalalarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatadi. Ular tomonidan tayyorlanib, yuqori tashkilotlarga hamda vazirlikka taqdim etiladigan hisobotlar, axborotlar va ma’lumotlarni to‘g‘riligini o‘rganadi.    
    Ma’naviy-ma’rifiy muassasalar, muzeylar, axborot-resurs markazlari, madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari hamda hayvonot bog‘lari faoliyatiga oid tahliliy va statistik ma’lumotlarni shakllantiradi, ular asosida tegishli takliflar ishlab chiqib, vazirlik rahbariyatiga kiritib boradi.
    Ma’naviy-ma’rifiy muassasalar, muzeylar, axborot-resurs markazlari, madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari hamda hayvonot bog‘lari faoliyatini rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratish uchun chora-tadbirlar dasturi tayyorlaydi.
    O‘zbekiston Respublikasining "Muzeylar to‘g‘risida”gi Qonuni hamda qabul qilingan qonunosti hujjatlarini hayotga tadbiq etish yuzasidan ijrosi ta’minlanishini nazorat qiladi.
    Respublika rahbariyati tomonidan imzolangan xalqaro bitimlarga asosan muzeylarning xalqaro aloqalarni rivojlantiradi.
    Ma’naviy-ma’rifiy muassasalar, muzeylar, axborot-resurs markazlari, madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari hamda hayvonot bog‘lari ishini muvofiqlashtiradi, malakali mutaxassislar bilan ta’minlanishini, ularning kasb mahoratlarini oshirishni, ijodiy xodimlarni rag‘batlantirilishini, davlat mukofotlariga tavsiya etilishini tashkil etadi.
    Ma’naviy-ma’rifiy muassasalar, muzeylar, axborot-resurs markazlari, madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari hamda hayvonot bog‘larining moddiy-texnika negizini mustahkamlashga doir takliflar tayyorlaydi, ularning muntazam faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur bo‘lgan amaliy yordam beradi.
    Ma’naviy-ma’rifiy muassasalar, muzeylar, axborot-resurs markazlari, madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari hamda hayvonot bog‘larining faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning Nizomlari va ish rejalariga asosan faoliyat yuritishlariga metodik yordam berishni boshqarma nazorat qiladi.
    Mazkur muassasalarning boshqaruvini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
    Ularning faoliyatiga oid tahliliy va statistik ma’lumotlarni shakllantiradi, ular asosida tegishli takliflar ishlab chiqib, vazirlik rahbariyatiga kiritib boradi.
    Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarning ko‘rgazmaviy, ilmiy faoliyatini, shu jumladan chet ellardagi ko‘rgazmaviy faoliyatini tashkil qiladi.
    Muzeylar, madaniyat va san’at mutaxassislarini ularning idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, turli tadbirlarda qatnashish uchun tayyorlashni, jo‘natishni va qabul qilinishini ta’minlaydi.
    Fond tarkibiga kiritilgan muzey ashlari va muzey kolleksiyalarining jisman but saqlanishi va xavfsizligini, ulardan ilmiy, madaniy, ma’rifiy hamda ta’lim yo‘nalishlarida foydalanishni ta’minlaydi.
    Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari haqida fondning davlat hisobini yuritish uchun zarur bo‘lgan so‘rovnomalar yo‘llaydi va axborot oladi.

    III.Boshqarmaning huquq va majburiyatlari


    O‘z vakolati doirasida boshqarma tizim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish.
    Doimiy ravishda Ma’naviy-ma’rifiy muassasalar, muzeylar, axborot-resurs markazlari, madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari bo‘yicha Hukumat tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar va davlat dasturlarida belgilangan chora-tadbirlar ijrosining amalda bajarilishini joylarda o‘rganish, nazorat qilish va tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.
    Boshqarmaga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha axborot tayyorlash va yuqori organlarga taqdim etish uchun vazirlik hududiy boshqarmalari va bo‘limlaridan hamda quyi tashkilotlardan tegishli ma’lumotlar olish.
    Tegishli tizim tashkilotlaridan ularning faoliyatlariga oid ma’lumotlarni (ijodiy, moliyaviy-iqtisodiy) olish, umumlashtirish, tegishli ko‘rsatmalar berish.
    Tegishli muassasalarning faoliyatini tahlil qilish, ularning yillik rejalarini ko‘rib chiqish va taklif tayyorlash;
    Tegishli muassasalar tomonidan ma’naviy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishda davlat va jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari, mahalliy hokimliklar bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ularga ko‘maklashish.
    Tegishli muassasalar faoliyatini zamon talablariga mos bo‘lishini ta’minlash uchun amaliy choralar ko‘rish.
    Muzeylar faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida har bir muzey tomonidan ishlab chiqilishini hamda umumlashtirilishini ta’minlash.
    Davlat miqyosidagi yirik tadbirlar, umumxalq bayramlarini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni ishlab chiqishda va tayyorlashda ishtirok etish, ularda muassasalar ijodkorlari ishtirokini ta’minlash.
    Belgilangan tartibda respublika ko‘rik-tanlovlari va festivallarini tashkil etish va o‘tkazish.

    IV.Boshqarmaning tuzilmasi va ish taqsimoti


    Boshqarma o‘z faoliyatini bevosita vazir hamda vazir o‘rinbosari (D.Mulladjanov) rahbarligi ostida olib boradi.
    Boshqarmaning tuzilmasi boshqarma boshlig‘i, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari va bosh mutaxassisdan iborat.
    Boshqarma boshlig‘i.
    Ma’naviy-ma’rifiy muassasalar, muzeylar, axborot-resurs markazlari bo‘yicha boshqarma boshlig‘iga yuklatilgan vazifalar hamda majburiyatlarning bajarilishini amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Madaniyat va sport ishlari vazirligining Hay’at yig‘ilishi qarorlari, buyrug‘i va rahbariyat ko‘rsatmalarini boshqarma tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi.
    Boshqarmaning yillik ish rejasini ishlab chiqadi.
    Boshqarmada ish taqsimotini yo‘lga qo‘yadi.
    Vazirlik rahbariyati topshirig‘iga ko‘ra davlat idoralarida, jamoat tashkilotlarida vazirlik nomidan ish yuritadi.
    Davlat, hukumat qarorlarini, vazirlik Hay’ati qarorlari va buyruqlari, rahbariyat topshiriqlarini, boshqarma xodimlari tomonidan bajarilishini, ishni samarali tashkil qilinishini, mehnat va ijro intizomlariga amal qilinishini nazorat qiladi.
    Vazirlik rahbariyatiga hamda umumlashtirish uchun Axborot-tahlil boshqarmasiga kiritiladigan tahliliy ma’lumotlar va hisobotlarda keltirilgan raqamlar hamda axborotlarni to‘g‘riligiga javobgardir.
    Boshqarma va uning tasarrufidagi tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish, ularni kadrlar bilan mustahkamlash yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritadi.
    Vazirlik rahbariyatiga boshqarma xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, shuningdek  xizmat burchini o‘tishdagi kamchiliklari uchun ma’muriy choralar ko‘rish, ishga qabul qilinadigan boshqarma xodimlari nomzodlari bo‘yicha takliflar kiritadi.
    Fuqarolarning ariza va shikoyatlarini o‘z muddatida ko‘rib chiqilishiga bevosita javob beradi.
    Boshqarma faoliyati bilan bog‘liq choraklik, yillik va boshqa hisobotlarni tayyorlaydi.
    Boshqarma tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlarining ish uslubi va malakasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
    Boshqarmada hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlashga shaxsan javobgardir.
    Foydalanish uchun o‘ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishiga mas’uldir.
    Ish davomida yozuv qog‘ozidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish choralarini ko‘radi.
    O‘zi ish olib boradigan xonada yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlaydi.
    Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari.
    Boshqarma boshlig‘i bo‘lmaganda uning vazifalarini bajaradi.
    Vazirlik tizimidagi muzeylar, kutubxonalar (ko‘zi ojizlar) hamda Respublika muzeylarini qo‘llab-quvvatlash "O‘zbekmuzey” jamg‘armasi faoliyatini muvofiqlashtiradi ularga amaliy yordam ko‘rsatadi.
    Vazirlik tizimidagi muzeylar, kutubxonalar (ko‘zi ojizlar) hamda Respublika muzeylarini qo‘llab-quvvatlash "O‘zbekmuzey” jamg‘armasi tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar dasturlarini tayyorlashda qatnashadi.
    Boshqarma faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha boshqarma boshlig‘ining topshiriqlarini bajaradi.
    Foydalanish uchun o‘ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishiga mas’uldir.
    Ish davomida yozuv qog‘ozidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish choralarini ko‘radi.
    O‘zi ish olib boradigan xonada yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlaydi.
    Bosh mutaxassis.
    Ma’naviy-ma’rifiy muassasalar, madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari hamda hayvonot bog‘lari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularga amaliy yordam ko‘rsatadi.
    Vazirlik tizimidagi Ma’naviy-ma’rifiy muassasalar, madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari hamda hayvonot bog‘lari tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar dasturlarini tayyorlashda qatnashadi.
    Boshqarma faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha boshqarma boshlig‘i va o‘rinbosarining topshiriqlarini bajaradi.
    Boshqarmaga kelib tushuvchi va boshqarmadan chiquvchi hujjatlar hisobini yuritadi.
    Foydalanish uchun o‘ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishiga mas’uldir.
    Ish davomida yozuv qog‘ozidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish choralarini ko‘radi.
    O‘zi ish olib boradigan xonada yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlaydi.
    ---
    Maqolani chop etish

    17-06-2015, 11:53 | Batafsil o'qiganlar soni: 1771

    ×

    Uzr so'raymiz

    Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 5 дней со дня публикации.

Manzilimiz


Yuridik va jismoniy shaxslardan ariza, shikoyat va murojaatlarni qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligida tеlеfon aloqa tizimi to’g’risida
NIZOM-RЕGLAMЕNT

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Mazkur Nizom tеlеfon aloqa tizimi orqali (kеyinchalik – "ishonch tеlеfoni”) yuridik va jismoniy shaxslardan arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va ko’rib chiqish tartibini bеlgilaydi.
2. "Ishonch tеlеfoni”ni tashkillashtirishning asosiy maqsadi yuridik va jismoniy shaxslardan o’rnatilgan tartibda murojaatlarni olish, umumlashtirish va ko’rib chiqishdir:
kombinat mansabdor shaxslari tomonidan noqonuniy harakat (harakatsizlik)lari; kombinatning normativ va lokal dalolatnomalarining yuridik va jismoniy shaxslarning
faoliyatiga salbiy ta'siri, shuningdеk boshqa masalalar.
3. "Ishonch tеlеfoni” orqali quyidagilar qabul qilinadi:
Arizalar – ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini amalga oshirishda yordam ko’rsatish to’g’risidagi iltimoslari;
Shikoyatlar – poymol qilingan qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarini tiklash to’g’risidagi talablar;
Boshqa murojaatlar.
4. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlar mas’ul shaxs tomonidan soat 09-00 dan 13-00 gacha va 14-00 dan 18-00 gacha dushanbadan jumagacha (bayram kunlaridan tashqari) qabul qilinadi.
5. Takliflardan iborat murojaatlar tushgan kundan boshlab bir oy davomida ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganishlarni talab qiladigan takliflar bundan istisno.
6. Ariza va shikoyatlar tushgan kundan bir oy muddatda ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganish va tеkshiruvlarni talab qilmaydigan murojaatlar esa – o’n bеsh kundan kеchikmagan xolda.
Ariza va shikoyatni ko’rib chiqish uchun tеkshiruv, qo’shimcha matеriallarni talab qilish yoki boshqa choralarni qabul qilishni o’tkazilishi zarur bo’lgan xolatlarda arizalarni yoki shikoyatlarni ko’rib chiqish muddatlari istisno tartibda shikoyat bеrgan shaxsni habardor qilgan xolda bosh dirеktor tomonidan bir oydan oshmagan xolda uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki.

I. ”ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHAЕTGAN MUROJAATLARNI QABUL QILISH VA RASMIYLASHTIRISH TARTIBI

7. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat tegishli tеlеfon raqami orqali amalga oshiriladi.
8. "Ishonch tеlеfoni” orqali tеlеfon qo’ng’iroqlariga mas’ul shaxs javob
bеrayotganda:
FIOni aytishi;
anonim murojaatlar; jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda; qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo’lmagan murojaatlar ko’rib chiqilmasligini ma’lum qilishi;
qo’ng’iroq qiluvchiga mazkur nizomning 12 bandida ko’rsatilgan ma'lumotlar haqida aytib o’tishi lozim.
9. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlarni yig’ish va ishlov bеrish uchun tеlеfonda gaplashgan gaplarni yozib olish funktsiyasi bilan jihozlangan tеlеfon apparatlar ishlatiladi.
10. Barcha murojaatlar elеktron tashuvchiga yoziladi va bir yil davomida saqlanadi.
11. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat etganda yuridik va jismoniy shaxslar o’zining familiyasini, ismini otasining ismini, yashash manzili to’g’risida, nomini, yuridik shaxsining ular taqdim etadigan STIR, javobi yuborilishi lozim bo’lgan pochta manzili, aloqa uchun tеlеfon raqamini aytishlari shart, shuningdеk murojaatning mazmunini bayon etishlari lozim.
12. "Ishonch tеlеfon” orqali tushgan murojaatlar, bosh dirеktor yordamchisi tomonidan umumlashtiriladi va mazkur Nizomning 1-ilovasiga ko’ra shakli bo’yicha "ishonch tеlеfoni” orqali murojaatlarni qayd etish jurnalida ro’yxatga olinadi, va arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni ko’rib chiqish bo’yicha komissiyasiga (kеyinchalik - Komissiya) kiritiladi.
13. Murojaatda mazkur Nizomning 12 bandida qayd etilgan ma'lumotlar ko’rsatilmaganda, ular ro’yxatga olinmaydi va ko’rib chiqilmaydi.
14. Qabul qilingan murojaat bo’yicha bosh dirеktor yordamchisi usha kuniyoq mazkur Nizomning 2-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha "nazorat kartochkani” to’ldiradi.
Mazkur Nizomning 12 bandida nazarda tutilgan xolatlarda nazorat kartochkasi to’ldirilmaydi.

III. "ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHGAN MUROJAATLARNI KO’RIB CHIQISH TARTIBI

15. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushgan murojaatlar Komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi.
Zarur xollarda murojaatda ko’rsatilgan xolatlar murojaat qiluvchini jalb etilishi bilan joylarga chiqqan xolda o’rganib chiqilishi mumkin.
16. Mas’ul shaxs murojaat ko’rib chiqilishi natijalari bo’yicha qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilishga majbur.
17. Agarda kombinatning mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari bo’yicha murojaat tushsa, mazkur murojaatlarni ko’rib chiqilishi bеvosita mazkur shaxslarga yuklanishi taqiqlanadi.
18. "Ishonch tеlеfoni” orqali kombinat rahbariyatining vakolatlariga kirmaydigan masalalar bo’yicha murojaat tushganda Komissiya tomonidan o’rnatilgan tartibda tеgishli tashkilotlarga murojaat etilishi bo’yicha tushuntirish va tavsiyalar bеriladi.
19. Komissiya murojaatni ko’rib chiqqandan so’ng, murojaat etuvchiga yozma shaklda ko’rib chiqish natijalari va qabul qilingan qarorning mazmuni to’g’risida habardor qiladi.
20. Bosh dirеktor yordomchisi o’rnatilgan tartibda umumlashtirilgan arizalarni, takliflarni va shikoyatlarni jismoniy va yuridik shaxslarni qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarni buzilishini kеltirib chiqarayotgan sabablarni o’z vaqtida aniqlash va bartaraf qilish maqsadida taxlil qiladi.

IV. YAKUNIY QOIDALAR

21. "Ishonch tеlеfoni” orqali olingan ma'lumot bilan ishlayotgan shaxslar, olingan ma'lumotlar mahfiyligiga rioya qilish uchun qonunchilikka muvofiq shaxsiy javobgardirlar.
22. Mazkur Nizomni buzilishida ayblangan shaxslar, qonunchilikka muvofiq javobgardirlar.
 ishonch telefoni madaniyat va sport sohalari xizmatlari sifatli ko‘rsatilish darajasini muntazam nazorat qilish, sifatini yanada oshirish, madaniyat va sport tizimi xodimlarining nojo‘ya harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ishonch telefoni joriy etildi.

Manzil:  100159, O'zbekiston, Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5 uy

Ish vaqti: Dushanbadan - Jumagacha, soat 9.00 dan - 18.00 gacha

Mo'ljal: Mustaqillik maydoni, "Mustaqillik” metro bekati

Transport: "Mustaqillik” metro bekati, №97-, №57-, №37-, №44-, №155-, №148-, №28-sonli avtobuslar va 8-,129-sonli yo’nalish taksilari

Xarita
Qabulxona:

Telefon: (998-71) 239-83-31

Faks: (998-71) 239-47-86

E-mail: minister[@]mcs.uz


Matbuot xizmati:

Telefon: (998-71) 239-44-78

Faks: (998-71) 239-44-78

E-mail: press[@]mcs.uz, info[@]mcs.uz



Arxiv:
«    Февраль 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728 
2005-2010 © O’zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan.
Saytda joylаshtirilgаn mа’lumotlаrdаn nusxа olish (ommаviy аxborot vositаlаridа u yoki bu mа’lumotlаrdаn yoki xаbаrlаrdаn sitаtа keltirish) ushbu mа’lumotning mаnbаi ko‘rsаtilgаn holdа ruxsаt etilаdi.
Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni