O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari vazirligi

Министерство по делам культуры и спорта

Информация по обращениям физических и юридических лиц,

поступивших в виртуальную приёмную Премьер-министра Республики Узбекистан

(на 20 октября 2016 года)

 

Содержание обращений

Поступило

На рассмотрении

Рассмотрено

Нарушены сроки рассмотрения

Направлены

на повторное рассмотрение *

Новые **

шт.

в том числе, повторно

1.

О деятельности спортивных клубов и спортивных федераций

50

 

9

41

1

 

 

2.

Вопросы занятости и трудовых отношений

32

1

16

16

2

2

 

3.

О поступлении или восстановлении на учебе

20

 

10

10

3

2

 

4.

О развитии вида спорта, проведении соревнования, выделении средств на соревнования

15

 

8

7

 

 

 

5.

Невыплата зарплаты

11

 

9

2

1

 

 

6.

Прочее

101

1

38

63

3

1

 

 

Всего

229

2

90

139

10

5

 

Yulduzlarga savolingiz bormi?

    Qirg‘iziston teatrining ijodiy safari Namanganda davom etmoqda.

    Bo'lim: Madaniyat yangiliklari, Slider main. Sanasi: 13-02-2017, 11:20

    Qirg‘iziston teatrining ijodiy safari Namanganda davom etmoqda.

     

    10 fevraldan buyon yurtimizda ijodiy safarda bo‘layotgan Qirg‘iziston Respublikasi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi O‘sh davlat akademik o‘zbek musiqali drama teatrining ijodiy jamoasi Namangan viloyati Norin tumani "Cho‘ja” chegara postida kutib olindi.
     
    Avval xabar berganimizdek, Qirg‘iziston Respublikasi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi O‘sh davlat akademik o‘zbek musiqali drama teatrining ijodiy jamoasining "Aykol Manas” spektakli bilan 10 fevral kuni Andijon viloyatidan boshlangan ijodiy safari davom etmoqda .
    Mehmonlarga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri o‘rinbosari F.Djuraev boshchiligidagi o‘zbekistonlik teatr san’ati vakillari hamrohlik qilmoqda.  

    Qirg‘iziston teatrining ijodiy safari Namanganda davom etmoqda.

     

     
    Shuningdek, mehmonlarni Namangan viloyatidagi kutib olish marosimida O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Abdullaev, aktrisalar Ma’rifat Ortiqova, Feruza Mustafoeva hamda Norin tumani faollari, nuroniy oqsoqollar va yoshlar  ishtirok etdi.
     
    Qirg‘izistonlik teatr san’ati vakillarining Namangan shahrida faoliyat olib borayotgan "Istiqlol” dizayn markazining asosiy binosiga tashrifi uyushtirildi. Mehmonlar markaz tomonidan Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya davlatlariga eksport qilinayotgan maxsus dizayn asosida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy  kiyim va poyabzallar ko‘rgazmasi hamda ularni ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirildi.

    Qirg‘iziston teatrining ijodiy safari Namanganda davom etmoqda.

     

     
    Dizayn markazi faoliyati mehmonlarda juda katta ta’surot qoldirib, ushbu mahsulotlar o‘zining sifatliligi hamda jahon andozalarigi monand did bilan tikilishi mehmon san’atkorlar va ijodkorlar tomonidan yuksak e’tirof etildi.
     

    Qirg‘iziston teatrining ijodiy safari Namanganda davom etmoqda.

     

    So‘ngra mehmonlar "Navbahor” markaziy o‘yingohi mehmonlarga tanishtirilib, u yerdagi sportchilarga yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.
     
    Ma’lumot uchun,  "Aykol Manas” spektakli joriy yilning 13-14 fevral kunlari Namangan viloyati musiqali drama teatrida hamda Farg‘ona viloyati teatr-konsert saroyida 15-17 fevral kunlari namoyish etiladi.
     
    Gastrol safari davomida teatrlarda qirg‘iz hamda o‘zbek san’ati nomayandalari o‘rtasida ijodiy uchrashuv va davra suhbatlarini tashkil etilmoqda.


    Manba: Vazirlik matbuot xizmati

    13-02-2017, 11:20 | Batafsil o'qiganlar soni: 138

    “Aykol Manas” spektakli namoyish etiladi

       10 fevral kuni Andijon viloyati musiqali drama teatrida Qirg‘iziston Respublikasi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi O‘sh davlat akademik o‘zbek musiqali drama teatrining ijodiy jamoasi "Aykol Manas” spektakli ...

    Qirg‘izistonlik mehmonlar Zahiriddin Muhammad Boburga ehtirom ko‘rsatdilar.

     Qirg‘izistondan tashrif buyurgan mehmonlar hamda viloyatdagi teatrlarning san’atkorlari tomonidan Andijon shahri markazida o‘rnatilgan Zahriddin Muhammad Bobur haykali poyiga gulchambar qo‘yilib, buyuk adabiyot...

    Qirg‘iziston teatri “Aykol Manas” spektakli bilan O‘zbekistonga tashrif buy ...

       Bugun Qirg‘iziston Respublikasi Osh shahrida joylashgan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat akademik o‘zbek musiqali drama teatrining ijodiy jamoasi Andijon viloyatining "Do‘stlik” chegara postida...

    Qoraqalpoq teatri Toshkentda

     Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatrining Toshkent shahriga ijodiy safari tashkil etildi....

    Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri Namangan viloyatida

        Noyabr oyining 20-23 kunlari Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrining Namangan viloyatida ijodiy safari tashkil etildi.  ...

    ×

    Uzr so'raymiz

    Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 5 дней со дня публикации.

Manzilimiz


Yuridik va jismoniy shaxslardan ariza, shikoyat va murojaatlarni qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligida tеlеfon aloqa tizimi to’g’risida
NIZOM-RЕGLAMЕNT

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Mazkur Nizom tеlеfon aloqa tizimi orqali (kеyinchalik – "ishonch tеlеfoni”) yuridik va jismoniy shaxslardan arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va ko’rib chiqish tartibini bеlgilaydi.
2. "Ishonch tеlеfoni”ni tashkillashtirishning asosiy maqsadi yuridik va jismoniy shaxslardan o’rnatilgan tartibda murojaatlarni olish, umumlashtirish va ko’rib chiqishdir:
kombinat mansabdor shaxslari tomonidan noqonuniy harakat (harakatsizlik)lari; kombinatning normativ va lokal dalolatnomalarining yuridik va jismoniy shaxslarning
faoliyatiga salbiy ta'siri, shuningdеk boshqa masalalar.
3. "Ishonch tеlеfoni” orqali quyidagilar qabul qilinadi:
Arizalar – ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini amalga oshirishda yordam ko’rsatish to’g’risidagi iltimoslari;
Shikoyatlar – poymol qilingan qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarini tiklash to’g’risidagi talablar;
Boshqa murojaatlar.
4. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlar mas’ul shaxs tomonidan soat 09-00 dan 13-00 gacha va 14-00 dan 18-00 gacha dushanbadan jumagacha (bayram kunlaridan tashqari) qabul qilinadi.
5. Takliflardan iborat murojaatlar tushgan kundan boshlab bir oy davomida ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganishlarni talab qiladigan takliflar bundan istisno.
6. Ariza va shikoyatlar tushgan kundan bir oy muddatda ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganish va tеkshiruvlarni talab qilmaydigan murojaatlar esa – o’n bеsh kundan kеchikmagan xolda.
Ariza va shikoyatni ko’rib chiqish uchun tеkshiruv, qo’shimcha matеriallarni talab qilish yoki boshqa choralarni qabul qilishni o’tkazilishi zarur bo’lgan xolatlarda arizalarni yoki shikoyatlarni ko’rib chiqish muddatlari istisno tartibda shikoyat bеrgan shaxsni habardor qilgan xolda bosh dirеktor tomonidan bir oydan oshmagan xolda uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki.

I. ”ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHAЕTGAN MUROJAATLARNI QABUL QILISH VA RASMIYLASHTIRISH TARTIBI

7. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat tegishli tеlеfon raqami orqali amalga oshiriladi.
8. "Ishonch tеlеfoni” orqali tеlеfon qo’ng’iroqlariga mas’ul shaxs javob
bеrayotganda:
FIOni aytishi;
anonim murojaatlar; jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda; qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo’lmagan murojaatlar ko’rib chiqilmasligini ma’lum qilishi;
qo’ng’iroq qiluvchiga mazkur nizomning 12 bandida ko’rsatilgan ma'lumotlar haqida aytib o’tishi lozim.
9. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlarni yig’ish va ishlov bеrish uchun tеlеfonda gaplashgan gaplarni yozib olish funktsiyasi bilan jihozlangan tеlеfon apparatlar ishlatiladi.
10. Barcha murojaatlar elеktron tashuvchiga yoziladi va bir yil davomida saqlanadi.
11. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat etganda yuridik va jismoniy shaxslar o’zining familiyasini, ismini otasining ismini, yashash manzili to’g’risida, nomini, yuridik shaxsining ular taqdim etadigan STIR, javobi yuborilishi lozim bo’lgan pochta manzili, aloqa uchun tеlеfon raqamini aytishlari shart, shuningdеk murojaatning mazmunini bayon etishlari lozim.
12. "Ishonch tеlеfon” orqali tushgan murojaatlar, bosh dirеktor yordamchisi tomonidan umumlashtiriladi va mazkur Nizomning 1-ilovasiga ko’ra shakli bo’yicha "ishonch tеlеfoni” orqali murojaatlarni qayd etish jurnalida ro’yxatga olinadi, va arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni ko’rib chiqish bo’yicha komissiyasiga (kеyinchalik - Komissiya) kiritiladi.
13. Murojaatda mazkur Nizomning 12 bandida qayd etilgan ma'lumotlar ko’rsatilmaganda, ular ro’yxatga olinmaydi va ko’rib chiqilmaydi.
14. Qabul qilingan murojaat bo’yicha bosh dirеktor yordamchisi usha kuniyoq mazkur Nizomning 2-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha "nazorat kartochkani” to’ldiradi.
Mazkur Nizomning 12 bandida nazarda tutilgan xolatlarda nazorat kartochkasi to’ldirilmaydi.

III. "ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHGAN MUROJAATLARNI KO’RIB CHIQISH TARTIBI

15. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushgan murojaatlar Komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi.
Zarur xollarda murojaatda ko’rsatilgan xolatlar murojaat qiluvchini jalb etilishi bilan joylarga chiqqan xolda o’rganib chiqilishi mumkin.
16. Mas’ul shaxs murojaat ko’rib chiqilishi natijalari bo’yicha qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilishga majbur.
17. Agarda kombinatning mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari bo’yicha murojaat tushsa, mazkur murojaatlarni ko’rib chiqilishi bеvosita mazkur shaxslarga yuklanishi taqiqlanadi.
18. "Ishonch tеlеfoni” orqali kombinat rahbariyatining vakolatlariga kirmaydigan masalalar bo’yicha murojaat tushganda Komissiya tomonidan o’rnatilgan tartibda tеgishli tashkilotlarga murojaat etilishi bo’yicha tushuntirish va tavsiyalar bеriladi.
19. Komissiya murojaatni ko’rib chiqqandan so’ng, murojaat etuvchiga yozma shaklda ko’rib chiqish natijalari va qabul qilingan qarorning mazmuni to’g’risida habardor qiladi.
20. Bosh dirеktor yordomchisi o’rnatilgan tartibda umumlashtirilgan arizalarni, takliflarni va shikoyatlarni jismoniy va yuridik shaxslarni qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarni buzilishini kеltirib chiqarayotgan sabablarni o’z vaqtida aniqlash va bartaraf qilish maqsadida taxlil qiladi.

IV. YAKUNIY QOIDALAR

21. "Ishonch tеlеfoni” orqali olingan ma'lumot bilan ishlayotgan shaxslar, olingan ma'lumotlar mahfiyligiga rioya qilish uchun qonunchilikka muvofiq shaxsiy javobgardirlar.
22. Mazkur Nizomni buzilishida ayblangan shaxslar, qonunchilikka muvofiq javobgardirlar.
 ishonch telefoni madaniyat va sport sohalari xizmatlari sifatli ko‘rsatilish darajasini muntazam nazorat qilish, sifatini yanada oshirish, madaniyat va sport tizimi xodimlarining nojo‘ya harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ishonch telefoni joriy etildi.

Manzil:  100159, O'zbekiston, Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5 uy

Ish vaqti: Dushanbadan - Jumagacha, soat 9.00 dan - 18.00 gacha

Mo'ljal: Mustaqillik maydoni, "Mustaqillik” metro bekati

Transport: "Mustaqillik” metro bekati, №97-, №57-, №37-, №44-, №155-, №148-, №28-sonli avtobuslar va 8-,129-sonli yo’nalish taksilari

Xarita
Qabulxona:

Telefon: (998-71) 239-83-31

Faks: (998-71) 239-47-86

E-mail: minister[@]mcs.uz


Matbuot xizmati:

Telefon: (998-71) 239-44-78

Faks: (998-71) 239-44-78

E-mail: press[@]mcs.uz, info[@]mcs.uz



Arxiv:
«    Февраль 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728 
2005-2010 © O’zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan.
Saytda joylаshtirilgаn mа’lumotlаrdаn nusxа olish (ommаviy аxborot vositаlаridа u yoki bu mа’lumotlаrdаn yoki xаbаrlаrdаn sitаtа keltirish) ushbu mа’lumotning mаnbаi ko‘rsаtilgаn holdа ruxsаt etilаdi.
Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni