O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari vazirligi

Министерство по делам культуры и спорта

Информация по обращениям физических и юридических лиц,

поступивших в виртуальную приёмную Премьер-министра Республики Узбекистан

(на 20 октября 2016 года)

 

Содержание обращений

Поступило

На рассмотрении

Рассмотрено

Нарушены сроки рассмотрения

Направлены

на повторное рассмотрение *

Новые **

шт.

в том числе, повторно

1.

О деятельности спортивных клубов и спортивных федераций

50

 

9

41

1

 

 

2.

Вопросы занятости и трудовых отношений

32

1

16

16

2

2

 

3.

О поступлении или восстановлении на учебе

20

 

10

10

3

2

 

4.

О развитии вида спорта, проведении соревнования, выделении средств на соревнования

15

 

8

7

 

 

 

5.

Невыплата зарплаты

11

 

9

2

1

 

 

6.

Прочее

101

1

38

63

3

1

 

 

Всего

229

2

90

139

10

5

 

Yulduzlarga savolingiz bormi?

    “O‘ZBEKISTON KULOLCHILIGI:AN’ANALAR ETADI DAVOM” nomli ko‘rgazmaga marhamat.

    Bo'lim: Madaniyat yangiliklari, Side Slider, Slider main, Afisha Madaniyat. Sanasi: 1-12-2016, 11:01
    6 dekabr kuni soat 11.00 da O‘zbekiston Amaliy san’at muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan  "O‘zbekiston kulolchiligi: an’analar etadi davom” nomli ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

    "O‘ZBEKISTON KULOLCHILIGI:AN’ANALAR ETADI DAVOM” nomli ko‘rgazma
    PRESS – RELIZI

    2016 yil 6 dekabr  soat-11.00
     
    Har bir xalqning madaniy ko‘zgusi bo‘lmish muzey yurtning tarixiy, moddiy va ma’naviy yodgorliklari to‘plangan hamda ularni saqlash, o‘rganish va tashviq qilish singari ishlar amalga oshiriladigan ilmiy, ma’rifiy-ma’naviy maskan hisoblanadi.
    Tashkil etilgan ko‘rgazmaning oldiga qo‘ygan maqsadi, O‘zbekistonning turli viloyatlari  kulolchilik maktablari namunalarini namoyish etish,saqlanib kelinayotgan farqlarni aks etish va ularning davomiyligini anglatishdan iborat.
    XIX asr oxirida kulolchilik san’atining bir necha maktablari mavjud bo‘lib, aniq o‘ziga xos  an’analari shakllangan. Bu Farg‘ona vodiysida Rishton va Gurumsaroy, janubiy O‘zbekistonda Shaxrisabz, G‘ijduvon maktabi Buxoroda, Urgut Samarqand viloyatida, Xiva maktabi Xorazmda, XX asrda Samarqand va Toshkentda kulolchilik hunarmandchiligi-badiiy kulolchilik markazlariga aylandi.  
    Tashkil etilgan ko‘rgazma eskpozitsiyasida O‘zbekistonning 7 xil kulolchilik maktablari ya’ni G‘ijduvon kulolchilik maktabi, IX – XI asr Somoniylar davri kulolchiligi maktabi, Xorazm, Samarqand, Rishton, Andijon, Urgut kulolchilik maktablari namunalari o‘rin olgan bo‘lib, har bir maktab o‘z uslubi, rangi, shakli, ishlanish texnikasiga ega.
    Ko‘rgazma ekspozitsiyasiga o‘zgacha jilo berib turgan G‘ijduvonlik usta-hunarmand Nazrullaevlar sulolasining vakillari yaratgan katta va kichik kulolchilik asarlari namoyish etilgan. Ko‘rgazmadan shuningdek, 7-avlod vakillaridan Dilnoza Nazrullaevaning mayda plastik kulolchilik buyumlari xushtak, tematik o‘yinchoqlar, hamda bu ikki yo‘nalishni uyg‘unlashtirgan sopol buyumlar o‘rin olgan. Yana bir G‘ijduvonning 7-avlod vakili Akmaljon Nazrullaev AQSh, Kanada va Rossiya muzeylarida saqlanayotgan va deyarli unutilib ketilayotgan IX-XI asr Somoniylar davriga oid sopol ishlardan nusxa ko‘chirish yo‘li bilan, xalqimizga uni qayta taqdim etishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, ekspozitsiyada Rishton  kulolchilik maktabi davomchisi A.Nazirov va B.Yunusovlar ishlaridan namunalar ko‘rish mumkin.
    Farg‘ona vodiysi-vatanimiz yashil bog‘i. Havorang osmon, yashil bog‘-rog‘lar Rishton kulolchiligining asosiy ranglaridir. Feruza rang-havorang nurlar oq tag asosida go‘zal vodiy jozibasini aks ettiradi. Sovuq ranglar uyg‘unligi yozning issiq kunlarida muzdeklik baxsh etganidek bo‘ladi. Naqshlar asosan o‘simliksimon islimiy ramziy belgilari bilan qoplangan: qumg‘on-mehmondo‘stlik belgisi, pichoq-ehtiyotlik belgisi, charxpalak-to‘xtovsiz xarakat va hayot belgisidir.
         O‘zbekistonning g‘arbida Xorazm vohasi joylashgan. O‘rta Osiyo sivilizatsiya markazlari orasida Xorazm qadim madaniyati o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Xorazm vohasi uzoqroqda joylashganligi kulolchilik san’atiga ta’sir etgan. Shuning uchun Xorazm sopol idishlari orasida keng tarqalgan lagan yo‘q. Uning o‘rniga baland bo‘lmagan taglikli bodiya keng tarqalgan.
             O‘rta Osiyoning dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan markazlarida san’atning turli xillarida asosiy xususiyatlar bir xil. Xorazmda bunday bir xillik XX asr boshlaridan boshlandi. Bunday o‘xshashlik ganch o‘ymakorligi va naqqoshligi, yog‘och o‘ymakorligi, kulolchilikda o‘z aksini topgan. Ayniqsa, buni terma naqsh va badiiy kulolchilik, ranglarning mutanosibligida ko‘rish mumkin.
             Shu bilan bir qatorda ba’zi ustalar qadimiy an’analarni saqlab kelganlar. Bu sariq-yashil ranglar jamlamasi samoviy ramziy belgilar: dumaloq quyosh, charxpalak-tabiatning doimiy aylanishi belgisidir.
            Andijon kulolchiligining bir necha farqlanuvchi jihatlari bu yashil va sariq ranglarning maftunkor uyg‘unligida aks etgan, yengil naqsh chizmasi va an’anaviy ishqor siri Andijon kulolchiligini butun O‘rta Osiyoga mashhur qilgan. Ko‘rgazmada Andijonlik kulol Usto Mirzabaxrom Abduvahobov yaratgan katta-kichik kulolchilik namunalarini ko‘rish mumkin. San’atshunoslar va mutaxassislarning ma’lumotiga kura Usto Mizzabahrom Abduvahobov sulolaning 15-vakili hisoblanib, kulollar avlodining davomchilaridan sanaladi. Shuningdek, ko‘rgazma ekspozitsiyasida  Samarqand  kulolchilik maktabi 5-avlod vakili D.Muxtorova,Urgut kulolchilik maktabi 5-avlod vakili K.Obloqulovlarni ishlari namoyish etilgan.
             O‘zbekiston  Amaliy san’at muzeyida tashkil etilgan "O‘zbekiston kulolchiligi:an’analar etadi davom”  ko‘rgazmasi  xalqimizning milliy madaniy merosini yanada chuqur anglashga, tariximizga oid osori-atiqalar orqali ayniqsa, yoshlarni umubashariy qadriyatlarga, ulkan va boy milliy madaniy merosimizga hurmat-ehtirom, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga hamda qadimdan to hozirgi davrgacha bo‘lgan amaliy san’at durdonalari bilan yaqindan tanishishga keng imkon yaratadi.
        Ko‘rgazma doirasida hunarmand usta Dilnoza Nazrullaeva tomonidan mahorat darslari bo‘lib o‘tadi.
    Manba: Vazirlik matbuot xizmati

    1-12-2016, 11:01 | Batafsil o'qiganlar soni: 554

    «Sochim uzra anor gullari» nomli badiiy ko‘rgazma

       O‘zbekiston Respublikasi  Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Madaniyat va san’at ko‘rgazmasi tomonidan 2016 yil 1 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligiga bag‘ishlab, ...

    “Istiqlolga tengdosh ijodkorlar” nomli tasviriy va amaliy san’at ko‘rgazmas ...

     Madaniyat va san’at ko‘rgazmasida  davlatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan "Istiqlolga tengdosh ijodkorlar” nomli tasviriy va amaliy san’at ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda. ...

    “Ijod chizgilari” davom etmoqda

     Madaniyat va san’at ko‘rgazmasida 18 may – Xalqaro muzeylar kuni tadbirlari doirasida tashkil etilgan "Ijod chizgilari” badiiy ko‘rgazmasi davom etmoqda....

    “Amaliy san’at asarlarida bahor jilosi” nomli ko‘rgazma ochiladi

     1 aprel 11.00 da O‘zbekiston  Amaliy san’at muzeyida Navro‘z - yangilanish va yasharish bayramiga  bag‘ishlangan, "Amaliy san’at asarlarida bahor jilosi” nomli ko‘rgazmasi ochiladi....

    “BOBOMDAN QOLGAN DASTXAT” KULOLCHILIK ASARLARI KO‘RGAZMASI

     Urganch Suratlar galereyasida Navro‘z bayramiga bag‘ishlab uyushtirilgan navbatdagi ko‘rgazmaga kulol Bahodir Otajonovning betakror ishlanmalari, san’at namunalari qo‘yildi....

    ×

    Uzr so'raymiz

    Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 5 дней со дня публикации.

Manzilimiz


Yuridik va jismoniy shaxslardan ariza, shikoyat va murojaatlarni qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligida tеlеfon aloqa tizimi to’g’risida
NIZOM-RЕGLAMЕNT

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Mazkur Nizom tеlеfon aloqa tizimi orqali (kеyinchalik – "ishonch tеlеfoni”) yuridik va jismoniy shaxslardan arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va ko’rib chiqish tartibini bеlgilaydi.
2. "Ishonch tеlеfoni”ni tashkillashtirishning asosiy maqsadi yuridik va jismoniy shaxslardan o’rnatilgan tartibda murojaatlarni olish, umumlashtirish va ko’rib chiqishdir:
kombinat mansabdor shaxslari tomonidan noqonuniy harakat (harakatsizlik)lari; kombinatning normativ va lokal dalolatnomalarining yuridik va jismoniy shaxslarning
faoliyatiga salbiy ta'siri, shuningdеk boshqa masalalar.
3. "Ishonch tеlеfoni” orqali quyidagilar qabul qilinadi:
Arizalar – ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini amalga oshirishda yordam ko’rsatish to’g’risidagi iltimoslari;
Shikoyatlar – poymol qilingan qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarini tiklash to’g’risidagi talablar;
Boshqa murojaatlar.
4. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlar mas’ul shaxs tomonidan soat 09-00 dan 13-00 gacha va 14-00 dan 18-00 gacha dushanbadan jumagacha (bayram kunlaridan tashqari) qabul qilinadi.
5. Takliflardan iborat murojaatlar tushgan kundan boshlab bir oy davomida ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganishlarni talab qiladigan takliflar bundan istisno.
6. Ariza va shikoyatlar tushgan kundan bir oy muddatda ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganish va tеkshiruvlarni talab qilmaydigan murojaatlar esa – o’n bеsh kundan kеchikmagan xolda.
Ariza va shikoyatni ko’rib chiqish uchun tеkshiruv, qo’shimcha matеriallarni talab qilish yoki boshqa choralarni qabul qilishni o’tkazilishi zarur bo’lgan xolatlarda arizalarni yoki shikoyatlarni ko’rib chiqish muddatlari istisno tartibda shikoyat bеrgan shaxsni habardor qilgan xolda bosh dirеktor tomonidan bir oydan oshmagan xolda uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki.

I. ”ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHAЕTGAN MUROJAATLARNI QABUL QILISH VA RASMIYLASHTIRISH TARTIBI

7. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat tegishli tеlеfon raqami orqali amalga oshiriladi.
8. "Ishonch tеlеfoni” orqali tеlеfon qo’ng’iroqlariga mas’ul shaxs javob
bеrayotganda:
FIOni aytishi;
anonim murojaatlar; jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda; qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo’lmagan murojaatlar ko’rib chiqilmasligini ma’lum qilishi;
qo’ng’iroq qiluvchiga mazkur nizomning 12 bandida ko’rsatilgan ma'lumotlar haqida aytib o’tishi lozim.
9. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlarni yig’ish va ishlov bеrish uchun tеlеfonda gaplashgan gaplarni yozib olish funktsiyasi bilan jihozlangan tеlеfon apparatlar ishlatiladi.
10. Barcha murojaatlar elеktron tashuvchiga yoziladi va bir yil davomida saqlanadi.
11. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat etganda yuridik va jismoniy shaxslar o’zining familiyasini, ismini otasining ismini, yashash manzili to’g’risida, nomini, yuridik shaxsining ular taqdim etadigan STIR, javobi yuborilishi lozim bo’lgan pochta manzili, aloqa uchun tеlеfon raqamini aytishlari shart, shuningdеk murojaatning mazmunini bayon etishlari lozim.
12. "Ishonch tеlеfon” orqali tushgan murojaatlar, bosh dirеktor yordamchisi tomonidan umumlashtiriladi va mazkur Nizomning 1-ilovasiga ko’ra shakli bo’yicha "ishonch tеlеfoni” orqali murojaatlarni qayd etish jurnalida ro’yxatga olinadi, va arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni ko’rib chiqish bo’yicha komissiyasiga (kеyinchalik - Komissiya) kiritiladi.
13. Murojaatda mazkur Nizomning 12 bandida qayd etilgan ma'lumotlar ko’rsatilmaganda, ular ro’yxatga olinmaydi va ko’rib chiqilmaydi.
14. Qabul qilingan murojaat bo’yicha bosh dirеktor yordamchisi usha kuniyoq mazkur Nizomning 2-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha "nazorat kartochkani” to’ldiradi.
Mazkur Nizomning 12 bandida nazarda tutilgan xolatlarda nazorat kartochkasi to’ldirilmaydi.

III. "ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHGAN MUROJAATLARNI KO’RIB CHIQISH TARTIBI

15. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushgan murojaatlar Komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi.
Zarur xollarda murojaatda ko’rsatilgan xolatlar murojaat qiluvchini jalb etilishi bilan joylarga chiqqan xolda o’rganib chiqilishi mumkin.
16. Mas’ul shaxs murojaat ko’rib chiqilishi natijalari bo’yicha qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilishga majbur.
17. Agarda kombinatning mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari bo’yicha murojaat tushsa, mazkur murojaatlarni ko’rib chiqilishi bеvosita mazkur shaxslarga yuklanishi taqiqlanadi.
18. "Ishonch tеlеfoni” orqali kombinat rahbariyatining vakolatlariga kirmaydigan masalalar bo’yicha murojaat tushganda Komissiya tomonidan o’rnatilgan tartibda tеgishli tashkilotlarga murojaat etilishi bo’yicha tushuntirish va tavsiyalar bеriladi.
19. Komissiya murojaatni ko’rib chiqqandan so’ng, murojaat etuvchiga yozma shaklda ko’rib chiqish natijalari va qabul qilingan qarorning mazmuni to’g’risida habardor qiladi.
20. Bosh dirеktor yordomchisi o’rnatilgan tartibda umumlashtirilgan arizalarni, takliflarni va shikoyatlarni jismoniy va yuridik shaxslarni qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarni buzilishini kеltirib chiqarayotgan sabablarni o’z vaqtida aniqlash va bartaraf qilish maqsadida taxlil qiladi.

IV. YAKUNIY QOIDALAR

21. "Ishonch tеlеfoni” orqali olingan ma'lumot bilan ishlayotgan shaxslar, olingan ma'lumotlar mahfiyligiga rioya qilish uchun qonunchilikka muvofiq shaxsiy javobgardirlar.
22. Mazkur Nizomni buzilishida ayblangan shaxslar, qonunchilikka muvofiq javobgardirlar.
 ishonch telefoni madaniyat va sport sohalari xizmatlari sifatli ko‘rsatilish darajasini muntazam nazorat qilish, sifatini yanada oshirish, madaniyat va sport tizimi xodimlarining nojo‘ya harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ishonch telefoni joriy etildi.

Manzil:  100159, O'zbekiston, Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5 uy

Ish vaqti: Dushanbadan - Jumagacha, soat 9.00 dan - 18.00 gacha

Mo'ljal: Mustaqillik maydoni, "Mustaqillik” metro bekati

Transport: "Mustaqillik” metro bekati, №97-, №57-, №37-, №44-, №155-, №148-, №28-sonli avtobuslar va 8-,129-sonli yo’nalish taksilari

Xarita
Qabulxona:

Telefon: (998-71) 239-83-31

Faks: (998-71) 239-47-86

E-mail: minister[@]mcs.uz


Matbuot xizmati:

Telefon: (998-71) 239-44-78

Faks: (998-71) 239-44-78

E-mail: press[@]mcs.uz, info[@]mcs.uz



Arxiv:
«    Январь 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 
2005-2010 © O’zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan.
Saytda joylаshtirilgаn mа’lumotlаrdаn nusxа olish (ommаviy аxborot vositаlаridа u yoki bu mа’lumotlаrdаn yoki xаbаrlаrdаn sitаtа keltirish) ushbu mа’lumotning mаnbаi ko‘rsаtilgаn holdа ruxsаt etilаdi.
Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni