O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari vazirligi

Министерство по делам культуры и спорта

Информация по обращениям физических и юридических лиц,

поступивших в виртуальную приёмную Премьер-министра Республики Узбекистан

(на 20 октября 2016 года)

 

Содержание обращений

Поступило

На рассмотрении

Рассмотрено

Нарушены сроки рассмотрения

Направлены

на повторное рассмотрение *

Новые **

шт.

в том числе, повторно

1.

О деятельности спортивных клубов и спортивных федераций

50

 

9

41

1

 

 

2.

Вопросы занятости и трудовых отношений

32

1

16

16

2

2

 

3.

О поступлении или восстановлении на учебе

20

 

10

10

3

2

 

4.

О развитии вида спорта, проведении соревнования, выделении средств на соревнования

15

 

8

7

 

 

 

5.

Невыплата зарплаты

11

 

9

2

1

 

 

6.

Прочее

101

1

38

63

3

1

 

 

Всего

229

2

90

139

10

5

 

Yulduzlarga savolingiz bormi?

    “Eng yaxshi foto va video lavhalar” ko‘rik–tanlovi

           Joriy yilning noyabr-dekabr oylarida "Eng yaxshi foto va video lavhalar” ko‘rik–tanlovi bo‘lib o‘tadi.
     
           O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 oktyabrdagi 222-sonli qarori bilan tasdiqlangan "2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturi” ijrosini taminlash ishida respublikamiz viloyatlarida ko‘plab foto va video tasvirchilar ham faol ishtirok etyapti. Ularning ijod mahsuli  respublika televideniyalari va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.
            Ularning faoliyatini yanada rivojlantirish, takomillashtirish, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy metodika markazi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi , Xalq ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi hamda "Kamolot” YOIH hamkorligida "Eng yaxshi foto va video lavhalar” ko‘rik-tanlovi tashkil etmoqda.  
             Tanlov bir bosqichda tashkil etilib, unda qatnashish uchun ariza va hujjatlar nizomda ko‘rsatilgan tartibda joriy yilning 20 noyabriga qadar tashkiliy qo‘mitaga taqdim etiladi. O‘z vaqtida taqdim etilmagan hujjatlar qabul qilinmaydi. Tanlovda ushbu sohaga qiziquvchi barcha yurtdoshlarimiz ishtirok etish huquqiga ega. Bir ishtirokchi ko‘rik-tanlovga faqat bitta ishni taqdim etishi mumkin. Qaysi nominatsiyada ishtirok etish bo‘yicha muallif mustaqil qaror qabul qiladi.   
             Respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan 15 dekabrga qadar Hay’at yakuniy xulosasiga asosan tanlov g‘oliblari aniqlanadi va tegishli nominatsiyalarga muvofiq ularni taqdirlash amalga oshiriladi.
      Fotosuratlar – kamida 10 ta, gorizontal yoki vertikal shaklda, 
    8 megopikseldan kam bo‘lmagan sifatda. Fotosuratlar elektron shaklda, bezatilgan g‘ilofga joylangan  SD diskda taqdim etiladi. Fotosuratda aks etgan shaxslar hamda jarayon (voqealar) haqida qisqacha  aniq ma’lumot keltirilishi shart. Ishtirokchilar o‘z xohishidan kelib chiqib, tanlagan fotosuratlarni albom yoki slayd-film (Poer Point dasturida, suratlari va musiqali bezagi uyg‘unlashgan fotoqator) ko‘rinishida ilova sifatida ham taqdim etishlari mumkin.
    Video lavha –  ko‘pi bilan 3 ta, 16x9 o‘lchamda,  1 soatdan oshmagan hajmda, DVD yoki AVI formatlarda.  Video lavhalarda ishtirok etgan shaxslar va unda aks etgan jarayon (voqealar) haqida aniq va to‘liq ma’lumot keltirilishi shart. Ishtirokchilar video lavha haqidagi ma’lumotlarni titr shaklida keltirishlari ham mumkin.      
        Ko‘rik-tanlovga taqdim etilayotgan materiallar:
    - o‘zlikni namoyon qilishning og‘zaki shakl va an’analari;
    - ijrochilik san’ati;
    -jamiyat urf-odatlari, marosim va bayramlari;
    - tabiat va koinot bilan bog‘liq bilim va urf-odatlar;
    -an’anaviy hunarmandchilik bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar yo‘nalishlarini qamrab olishi lozim.
     Yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z iqtidori va targ‘ibot faoliyatini namoyon etgan nomzodlar tashkiliy qo‘mitaga:
    -   Nomzod to‘g‘risida umumiy ma’lumotnoma;
    -  Taqdim etilayotgan foto va video lavhalar to‘g‘risida batafsil yozma ma’lumot;
    -  Nomzodning 9x12 hajmdagi 2 dona fotosuratlarini taqdim etishi lozim.
    Tanlov ishtirokchilari barcha zaruriy hujjat va foto va video lavhalarni Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika ilmiy-metodika markaziga xalqijodi@umail.uz elektron pochta orqali yoki 10011 Toshent shahri, Shayxontoxur tumani, Navoiy ko‘chasi, 30-uy manziliga pochta xizmati orqali yuborishlari mumkin.
    Ko‘rik-tanlovda kamida 3 ta sovrinli o‘rinni egallagan ishtirokchi tanlov tashkilotchilari, hamkor tashkilotlar, shuningdek homiylar tomonidan rag‘batlantirilishi ko‘zda tutiladi. 
    Tanlovda g‘olib deb topilgan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining I, II, III darajali diplomlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda «Kamolot» YOIH faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
    Oliy o‘rin sohibi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan madaniyat va sport yo‘nalishlari bo‘yicha an’anaviy ravishda aniqlanadigan yil nominatsiyalaridan biri sifatida "Nomoddiy madaniy meros targ‘ibotchisi va faoli” sertifikati bilan taqdirlanadi.
    G‘oliblar va faol ishtirokchilarning ishlari OAV orqali targ‘ib etiladi. Ularning tajribalari o‘rganiladi, amaliyotga tatbiq etiladi, zarur hollarda eng namunali tajriba sifatida xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan tanlovlarga tavsiya etiladi. 
     Murojaat uchun tel: 244-51-04
    Manba: Vazirlik matbuot xizmati

    6-10-2016, 10:05 | Batafsil o'qiganlar soni: 1012

    DIQQAT TANLOV!

        "Ijodimiz senga, Vatan!” nomli yosh bastakorlar respublika tanlovi 16-35 yoshgacha bo'lgan yosh bastakorlarni tanlovda ishtirok etishga taklif etadi!...

    “Yangi ovozlar” teletanlovi xaqida ma’lumot

        "Yangi ovozlar” teletanlovi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, "O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, "O‘zbekkino” milliy...

    Diqqat! Tanlov!

       "Ijodimiz senga, Vatan!” nomli yosh bastakorlar respublika tanlovi 2016 yil aprel-sentyabr oylari davomida o‘tkaziladi....

    OMMAVIY MADANIY TADBIRLAR LOYIHALARI TANLOVI

    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan "Yoshlar o‘rtasida tashkil etiladigan ommaviy madaniy tadbirlar loyihalari” respublika tanlovi o‘tkaziladi....

    “Ijodimiz senga, Vatan!” yosh bastakorlar respublika tanlovi

    Mamlakatimizda bastakorlik san’atini targ‘ib qilish va rivojlantirish, yosh iqtidorli bastakorlar ijodini rag‘batlantirish maqsadida "Ijodimiz senga, Vatan!” nomli yosh bastakorlar respublika tanlovini e’lon qilinadi....

    ×

    Uzr so'raymiz

    Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 5 дней со дня публикации.

Manzilimiz


Yuridik va jismoniy shaxslardan ariza, shikoyat va murojaatlarni qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligida tеlеfon aloqa tizimi to’g’risida
NIZOM-RЕGLAMЕNT

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Mazkur Nizom tеlеfon aloqa tizimi orqali (kеyinchalik – "ishonch tеlеfoni”) yuridik va jismoniy shaxslardan arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va ko’rib chiqish tartibini bеlgilaydi.
2. "Ishonch tеlеfoni”ni tashkillashtirishning asosiy maqsadi yuridik va jismoniy shaxslardan o’rnatilgan tartibda murojaatlarni olish, umumlashtirish va ko’rib chiqishdir:
kombinat mansabdor shaxslari tomonidan noqonuniy harakat (harakatsizlik)lari; kombinatning normativ va lokal dalolatnomalarining yuridik va jismoniy shaxslarning
faoliyatiga salbiy ta'siri, shuningdеk boshqa masalalar.
3. "Ishonch tеlеfoni” orqali quyidagilar qabul qilinadi:
Arizalar – ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini amalga oshirishda yordam ko’rsatish to’g’risidagi iltimoslari;
Shikoyatlar – poymol qilingan qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarini tiklash to’g’risidagi talablar;
Boshqa murojaatlar.
4. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlar mas’ul shaxs tomonidan soat 09-00 dan 13-00 gacha va 14-00 dan 18-00 gacha dushanbadan jumagacha (bayram kunlaridan tashqari) qabul qilinadi.
5. Takliflardan iborat murojaatlar tushgan kundan boshlab bir oy davomida ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganishlarni talab qiladigan takliflar bundan istisno.
6. Ariza va shikoyatlar tushgan kundan bir oy muddatda ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganish va tеkshiruvlarni talab qilmaydigan murojaatlar esa – o’n bеsh kundan kеchikmagan xolda.
Ariza va shikoyatni ko’rib chiqish uchun tеkshiruv, qo’shimcha matеriallarni talab qilish yoki boshqa choralarni qabul qilishni o’tkazilishi zarur bo’lgan xolatlarda arizalarni yoki shikoyatlarni ko’rib chiqish muddatlari istisno tartibda shikoyat bеrgan shaxsni habardor qilgan xolda bosh dirеktor tomonidan bir oydan oshmagan xolda uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki.

I. ”ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHAЕTGAN MUROJAATLARNI QABUL QILISH VA RASMIYLASHTIRISH TARTIBI

7. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat tegishli tеlеfon raqami orqali amalga oshiriladi.
8. "Ishonch tеlеfoni” orqali tеlеfon qo’ng’iroqlariga mas’ul shaxs javob
bеrayotganda:
FIOni aytishi;
anonim murojaatlar; jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda; qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo’lmagan murojaatlar ko’rib chiqilmasligini ma’lum qilishi;
qo’ng’iroq qiluvchiga mazkur nizomning 12 bandida ko’rsatilgan ma'lumotlar haqida aytib o’tishi lozim.
9. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlarni yig’ish va ishlov bеrish uchun tеlеfonda gaplashgan gaplarni yozib olish funktsiyasi bilan jihozlangan tеlеfon apparatlar ishlatiladi.
10. Barcha murojaatlar elеktron tashuvchiga yoziladi va bir yil davomida saqlanadi.
11. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat etganda yuridik va jismoniy shaxslar o’zining familiyasini, ismini otasining ismini, yashash manzili to’g’risida, nomini, yuridik shaxsining ular taqdim etadigan STIR, javobi yuborilishi lozim bo’lgan pochta manzili, aloqa uchun tеlеfon raqamini aytishlari shart, shuningdеk murojaatning mazmunini bayon etishlari lozim.
12. "Ishonch tеlеfon” orqali tushgan murojaatlar, bosh dirеktor yordamchisi tomonidan umumlashtiriladi va mazkur Nizomning 1-ilovasiga ko’ra shakli bo’yicha "ishonch tеlеfoni” orqali murojaatlarni qayd etish jurnalida ro’yxatga olinadi, va arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni ko’rib chiqish bo’yicha komissiyasiga (kеyinchalik - Komissiya) kiritiladi.
13. Murojaatda mazkur Nizomning 12 bandida qayd etilgan ma'lumotlar ko’rsatilmaganda, ular ro’yxatga olinmaydi va ko’rib chiqilmaydi.
14. Qabul qilingan murojaat bo’yicha bosh dirеktor yordamchisi usha kuniyoq mazkur Nizomning 2-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha "nazorat kartochkani” to’ldiradi.
Mazkur Nizomning 12 bandida nazarda tutilgan xolatlarda nazorat kartochkasi to’ldirilmaydi.

III. "ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHGAN MUROJAATLARNI KO’RIB CHIQISH TARTIBI

15. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushgan murojaatlar Komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi.
Zarur xollarda murojaatda ko’rsatilgan xolatlar murojaat qiluvchini jalb etilishi bilan joylarga chiqqan xolda o’rganib chiqilishi mumkin.
16. Mas’ul shaxs murojaat ko’rib chiqilishi natijalari bo’yicha qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilishga majbur.
17. Agarda kombinatning mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari bo’yicha murojaat tushsa, mazkur murojaatlarni ko’rib chiqilishi bеvosita mazkur shaxslarga yuklanishi taqiqlanadi.
18. "Ishonch tеlеfoni” orqali kombinat rahbariyatining vakolatlariga kirmaydigan masalalar bo’yicha murojaat tushganda Komissiya tomonidan o’rnatilgan tartibda tеgishli tashkilotlarga murojaat etilishi bo’yicha tushuntirish va tavsiyalar bеriladi.
19. Komissiya murojaatni ko’rib chiqqandan so’ng, murojaat etuvchiga yozma shaklda ko’rib chiqish natijalari va qabul qilingan qarorning mazmuni to’g’risida habardor qiladi.
20. Bosh dirеktor yordomchisi o’rnatilgan tartibda umumlashtirilgan arizalarni, takliflarni va shikoyatlarni jismoniy va yuridik shaxslarni qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarni buzilishini kеltirib chiqarayotgan sabablarni o’z vaqtida aniqlash va bartaraf qilish maqsadida taxlil qiladi.

IV. YAKUNIY QOIDALAR

21. "Ishonch tеlеfoni” orqali olingan ma'lumot bilan ishlayotgan shaxslar, olingan ma'lumotlar mahfiyligiga rioya qilish uchun qonunchilikka muvofiq shaxsiy javobgardirlar.
22. Mazkur Nizomni buzilishida ayblangan shaxslar, qonunchilikka muvofiq javobgardirlar.
 ishonch telefoni madaniyat va sport sohalari xizmatlari sifatli ko‘rsatilish darajasini muntazam nazorat qilish, sifatini yanada oshirish, madaniyat va sport tizimi xodimlarining nojo‘ya harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ishonch telefoni joriy etildi.

Manzil:  100159, O'zbekiston, Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5 uy

Ish vaqti: Dushanbadan - Jumagacha, soat 9.00 dan - 18.00 gacha

Mo'ljal: Mustaqillik maydoni, "Mustaqillik” metro bekati

Transport: "Mustaqillik” metro bekati, №97-, №57-, №37-, №44-, №155-, №148-, №28-sonli avtobuslar va 8-,129-sonli yo’nalish taksilari

Xarita
Qabulxona:

Telefon: (998-71) 239-83-31

Faks: (998-71) 239-47-86

E-mail: minister[@]mcs.uz


Matbuot xizmati:

Telefon: (998-71) 239-44-78

Faks: (998-71) 239-44-78

E-mail: press[@]mcs.uz, info[@]mcs.uz



Arxiv:
«    Февраль 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728 
2005-2010 © O’zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan.
Saytda joylаshtirilgаn mа’lumotlаrdаn nusxа olish (ommаviy аxborot vositаlаridа u yoki bu mа’lumotlаrdаn yoki xаbаrlаrdаn sitаtа keltirish) ushbu mа’lumotning mаnbаi ko‘rsаtilgаn holdа ruxsаt etilаdi.
Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni