O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari vazirligi

Министерство по делам культуры и спорта

Информация по обращениям физических и юридических лиц,

поступивших в виртуальную приёмную Премьер-министра Республики Узбекистан

(на 20 октября 2016 года)

 

Содержание обращений

Поступило

На рассмотрении

Рассмотрено

Нарушены сроки рассмотрения

Направлены

на повторное рассмотрение *

Новые **

шт.

в том числе, повторно

1.

О деятельности спортивных клубов и спортивных федераций

50

 

9

41

1

 

 

2.

Вопросы занятости и трудовых отношений

32

1

16

16

2

2

 

3.

О поступлении или восстановлении на учебе

20

 

10

10

3

2

 

4.

О развитии вида спорта, проведении соревнования, выделении средств на соревнования

15

 

8

7

 

 

 

5.

Невыплата зарплаты

11

 

9

2

1

 

 

6.

Прочее

101

1

38

63

3

1

 

 

Всего

229

2

90

139

10

5

 

Yulduzlarga savolingiz bormi?

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT ISHLARI VAZIRLIGINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA

    Bo'lim: Vazirlik » Madaniyat yangiliklari. Sanasi: 27-09-2004, 05:50
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
    Farmoni
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT ISHLARI VAZIRLIGINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
    (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y.,38-39-son, 422-modda)
     
    Madaniyat va sportni rivojlantirish muammolarini kompleks tarzda hal etish, jismonan sog‘lom, ma’naviy jihatdan boy va barkamol shaxslarni tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish, sog‘lom turmush tarzi va sportga muhabbat tuyg‘usini singdirish, aholining madaniy va estetik talab-ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish, shuningdek madaniyat va sport sohasini boshqarishni takomillashtirish, bu sohada davlat siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtirish darajasini ko‘tarish maqsadida:
    1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi tugatilib, ularning negizida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashkil qilinsin.
    2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi faoliyatining asosiy vazifalari hamda yo‘nalishlari etib belgilansin:
    madaniyat va ommaviy sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, xalqning boy madaniy merosini qayta tiklash, asrlar mobaynida shakllangan yuksak ma’naviyatni, xalq an’analari va urf-odatlarini har tomonlama rivojlantirish, jismonan sog‘lom, ma’naviy jihatdan boy va uyg‘un kamol topgan shaxslarni voyaga etkazish borasidagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
    milliy istiqlol g‘oyasidan, O‘zbekiston xalqining madaniy va ma’naviy-axloqiy an’analaridan kelib chiqqan holda aholi o‘rtasida madaniy-ma’rifiy, fizkultura-sog‘lomlashtirish va ommaviy sport ishlarini amalga oshirish, odamlarning madaniy va estetik ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish;
    teatr, musiqa, xoreografiya, tasviriy san’at, sirk, xalq amaliy va estrada san’atini yanada rivojlantirish, ularning g‘oyaviy-badiiy va ma’naviy saviyasini oshirish, xalq tarixining eng yorqin sahifalarini va uning hozirgi hayotini, mamlakatning erkin demokratik taraqqiyotini yoritib beradigan asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga har tomonlama yordam ko‘rsatish;
    madaniy-ommaviy va bayram tadbirlarining chuqur g‘oyaviy mazmun bilan boyitilishini ta’minlash, respublikaning ijodiy uyushmalari va jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ijodkor yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z talant va iste’dodlarini to‘la namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
    jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, aholini, birinchi navbatda yoshlar va bolalarni sport bilan shug‘ullanish zarurligini anglash ruhida tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzi va sportga muhabbat ishtiyoqini singdirish, yoshlarni mehnatga va respublika qurolli kuchlarida xizmat qilishga tayyorlash;
    Olimpiya o‘yinlarida, jahon va osiyo chempionatlarida, xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qiladigan va yuqori sport natijalariga erisha oladigan yuksak mahoratli sportchilarni tayyorlash maqsadida olimpiya zahirasi muassasalarini qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlarni yaratish, jumladan, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
    xalq o‘yinlari, milliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil qilish va o‘tkazish;
    turar-joylar va mahallalarda madaniy-ma’rifiy faoliyatni, aholini madaniy va jismoniy jihatdan tarbiyalashni tashkil qilishda, fizkultura sog‘lomlashtirish va ommaviy sport ishlarini o‘tkazishda davlat va jamoat tashkilotlari, o‘quv yurtlari, mahalliy hokimiyat organlari bilan faol hamkorlik qilish va ularga yordam ko‘rsatish;
    davlatlararo va xalqaro madaniy hamda sport aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, konferentsiya, ko‘rgazma va sport musobaqalari o‘tkazish, madaniyat, san’at va sport sohasiga xorijiy investitsiya va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish;
    madaniy-ma’rifiy va sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, ob’ekt va inshootlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan imkoniyat darajasida to‘la va samarali foydalanishni ta’minlash;
    madaniyat va sport sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish, respublika madaniy-ma’rifiy va sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, o‘quv yurtlarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash;
    professional, xalq va havaskorlik ijodiyotini, ommaviy sport va jismoniy tarbiyani, ommabop madaniy-ma’rifiy va sport dasturlarini keng ko‘lamda targ‘ib qilish, shuningdek madaniyat va sport sohasida ommabop adabiyotlarni chop etish hamda video va kino materiallar chiqarish.
    3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
    4. «O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish va uning faoliyatini yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 9 martdagi PF–360-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
    Toshkent sh.,
    2004 yil 27 sentabr,
    PF-3491-son

    27-09-2004, 05:50 | Batafsil o'qiganlar soni: 7220

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT ISHLARI VAZIRLIGI TO‘G‘RISIDAGI ...

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 5 apreldagi 96-son qarori. "O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT ISHLARI VAZIRLIGI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA...

    Xalqaro teatr kuni keng nishonlandi

    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va "O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan O‘zbek Milliy akademik drama teatrida "27 mart – Xalqaro teatr kuni” munosabati bilan teatrlashtirilgan...

    MILLIY TEATR SAN’ATI TARAQQIYOTI

    27 mart – Xalqaro teatr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va "O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan O‘zbek Milliy akademik drama teatri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi...

    ENG FAOL MADANIYAT, SAN’AT VA SPORT VAKILLARI TAQDIRLANDI

      Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan yil yakunlariga bag‘ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi.......

    ALLANING SEHRLI KUCHI

    O‘zbek Milliy akademik drama teatrida «Onam aytgan allalar» deb nomlangan alla ijrochilari festivali bo‘lib o‘tdi.......

    ×

    Uzr so'raymiz

    Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 5 дней со дня публикации.

Manzilimiz


Yuridik va jismoniy shaxslardan ariza, shikoyat va murojaatlarni qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligida tеlеfon aloqa tizimi to’g’risida
NIZOM-RЕGLAMЕNT

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Mazkur Nizom tеlеfon aloqa tizimi orqali (kеyinchalik – "ishonch tеlеfoni”) yuridik va jismoniy shaxslardan arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va ko’rib chiqish tartibini bеlgilaydi.
2. "Ishonch tеlеfoni”ni tashkillashtirishning asosiy maqsadi yuridik va jismoniy shaxslardan o’rnatilgan tartibda murojaatlarni olish, umumlashtirish va ko’rib chiqishdir:
kombinat mansabdor shaxslari tomonidan noqonuniy harakat (harakatsizlik)lari; kombinatning normativ va lokal dalolatnomalarining yuridik va jismoniy shaxslarning
faoliyatiga salbiy ta'siri, shuningdеk boshqa masalalar.
3. "Ishonch tеlеfoni” orqali quyidagilar qabul qilinadi:
Arizalar – ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini amalga oshirishda yordam ko’rsatish to’g’risidagi iltimoslari;
Shikoyatlar – poymol qilingan qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarini tiklash to’g’risidagi talablar;
Boshqa murojaatlar.
4. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlar mas’ul shaxs tomonidan soat 09-00 dan 13-00 gacha va 14-00 dan 18-00 gacha dushanbadan jumagacha (bayram kunlaridan tashqari) qabul qilinadi.
5. Takliflardan iborat murojaatlar tushgan kundan boshlab bir oy davomida ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganishlarni talab qiladigan takliflar bundan istisno.
6. Ariza va shikoyatlar tushgan kundan bir oy muddatda ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganish va tеkshiruvlarni talab qilmaydigan murojaatlar esa – o’n bеsh kundan kеchikmagan xolda.
Ariza va shikoyatni ko’rib chiqish uchun tеkshiruv, qo’shimcha matеriallarni talab qilish yoki boshqa choralarni qabul qilishni o’tkazilishi zarur bo’lgan xolatlarda arizalarni yoki shikoyatlarni ko’rib chiqish muddatlari istisno tartibda shikoyat bеrgan shaxsni habardor qilgan xolda bosh dirеktor tomonidan bir oydan oshmagan xolda uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki.

I. ”ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHAЕTGAN MUROJAATLARNI QABUL QILISH VA RASMIYLASHTIRISH TARTIBI

7. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat tegishli tеlеfon raqami orqali amalga oshiriladi.
8. "Ishonch tеlеfoni” orqali tеlеfon qo’ng’iroqlariga mas’ul shaxs javob
bеrayotganda:
FIOni aytishi;
anonim murojaatlar; jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda; qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo’lmagan murojaatlar ko’rib chiqilmasligini ma’lum qilishi;
qo’ng’iroq qiluvchiga mazkur nizomning 12 bandida ko’rsatilgan ma'lumotlar haqida aytib o’tishi lozim.
9. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlarni yig’ish va ishlov bеrish uchun tеlеfonda gaplashgan gaplarni yozib olish funktsiyasi bilan jihozlangan tеlеfon apparatlar ishlatiladi.
10. Barcha murojaatlar elеktron tashuvchiga yoziladi va bir yil davomida saqlanadi.
11. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat etganda yuridik va jismoniy shaxslar o’zining familiyasini, ismini otasining ismini, yashash manzili to’g’risida, nomini, yuridik shaxsining ular taqdim etadigan STIR, javobi yuborilishi lozim bo’lgan pochta manzili, aloqa uchun tеlеfon raqamini aytishlari shart, shuningdеk murojaatning mazmunini bayon etishlari lozim.
12. "Ishonch tеlеfon” orqali tushgan murojaatlar, bosh dirеktor yordamchisi tomonidan umumlashtiriladi va mazkur Nizomning 1-ilovasiga ko’ra shakli bo’yicha "ishonch tеlеfoni” orqali murojaatlarni qayd etish jurnalida ro’yxatga olinadi, va arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni ko’rib chiqish bo’yicha komissiyasiga (kеyinchalik - Komissiya) kiritiladi.
13. Murojaatda mazkur Nizomning 12 bandida qayd etilgan ma'lumotlar ko’rsatilmaganda, ular ro’yxatga olinmaydi va ko’rib chiqilmaydi.
14. Qabul qilingan murojaat bo’yicha bosh dirеktor yordamchisi usha kuniyoq mazkur Nizomning 2-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha "nazorat kartochkani” to’ldiradi.
Mazkur Nizomning 12 bandida nazarda tutilgan xolatlarda nazorat kartochkasi to’ldirilmaydi.

III. "ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHGAN MUROJAATLARNI KO’RIB CHIQISH TARTIBI

15. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushgan murojaatlar Komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi.
Zarur xollarda murojaatda ko’rsatilgan xolatlar murojaat qiluvchini jalb etilishi bilan joylarga chiqqan xolda o’rganib chiqilishi mumkin.
16. Mas’ul shaxs murojaat ko’rib chiqilishi natijalari bo’yicha qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilishga majbur.
17. Agarda kombinatning mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari bo’yicha murojaat tushsa, mazkur murojaatlarni ko’rib chiqilishi bеvosita mazkur shaxslarga yuklanishi taqiqlanadi.
18. "Ishonch tеlеfoni” orqali kombinat rahbariyatining vakolatlariga kirmaydigan masalalar bo’yicha murojaat tushganda Komissiya tomonidan o’rnatilgan tartibda tеgishli tashkilotlarga murojaat etilishi bo’yicha tushuntirish va tavsiyalar bеriladi.
19. Komissiya murojaatni ko’rib chiqqandan so’ng, murojaat etuvchiga yozma shaklda ko’rib chiqish natijalari va qabul qilingan qarorning mazmuni to’g’risida habardor qiladi.
20. Bosh dirеktor yordomchisi o’rnatilgan tartibda umumlashtirilgan arizalarni, takliflarni va shikoyatlarni jismoniy va yuridik shaxslarni qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarni buzilishini kеltirib chiqarayotgan sabablarni o’z vaqtida aniqlash va bartaraf qilish maqsadida taxlil qiladi.

IV. YAKUNIY QOIDALAR

21. "Ishonch tеlеfoni” orqali olingan ma'lumot bilan ishlayotgan shaxslar, olingan ma'lumotlar mahfiyligiga rioya qilish uchun qonunchilikka muvofiq shaxsiy javobgardirlar.
22. Mazkur Nizomni buzilishida ayblangan shaxslar, qonunchilikka muvofiq javobgardirlar.
 ishonch telefoni madaniyat va sport sohalari xizmatlari sifatli ko‘rsatilish darajasini muntazam nazorat qilish, sifatini yanada oshirish, madaniyat va sport tizimi xodimlarining nojo‘ya harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ishonch telefoni joriy etildi.

Manzil:  100159, O'zbekiston, Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5 uy

Ish vaqti: Dushanbadan - Jumagacha, soat 9.00 dan - 18.00 gacha

Mo'ljal: Mustaqillik maydoni, "Mustaqillik” metro bekati

Transport: "Mustaqillik” metro bekati, №97-, №57-, №37-, №44-, №155-, №148-, №28-sonli avtobuslar va 8-,129-sonli yo’nalish taksilari

Xarita
Qabulxona:

Telefon: (998-71) 239-83-31

Faks: (998-71) 239-47-86

E-mail: minister[@]mcs.uz


Matbuot xizmati:

Telefon: (998-71) 239-44-78

Faks: (998-71) 239-44-78

E-mail: press[@]mcs.uz, info[@]mcs.uz



Arxiv:
«    Февраль 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728 
2005-2010 © O’zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan.
Saytda joylаshtirilgаn mа’lumotlаrdаn nusxа olish (ommаviy аxborot vositаlаridа u yoki bu mа’lumotlаrdаn yoki xаbаrlаrdаn sitаtа keltirish) ushbu mа’lumotning mаnbаi ko‘rsаtilgаn holdа ruxsаt etilаdi.
Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni