O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari vazirligi

Министерство по делам культуры и спорта

Информация по обращениям физических и юридических лиц,

поступивших в виртуальную приёмную Премьер-министра Республики Узбекистан

(на 20 октября 2016 года)

 

Содержание обращений

Поступило

На рассмотрении

Рассмотрено

Нарушены сроки рассмотрения

Направлены

на повторное рассмотрение *

Новые **

шт.

в том числе, повторно

1.

О деятельности спортивных клубов и спортивных федераций

50

 

9

41

1

 

 

2.

Вопросы занятости и трудовых отношений

32

1

16

16

2

2

 

3.

О поступлении или восстановлении на учебе

20

 

10

10

3

2

 

4.

О развитии вида спорта, проведении соревнования, выделении средств на соревнования

15

 

8

7

 

 

 

5.

Невыплата зарплаты

11

 

9

2

1

 

 

6.

Прочее

101

1

38

63

3

1

 

 

Всего

229

2

90

139

10

5

 

Yulduzlarga savolingiz bormi?

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT ISHLARI VAZIRLIGI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA

    Bo'lim: Vazirlik » Madaniyat yangiliklari. Sanasi: 5-04-2005, 10:27
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
    qarori
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT ISHLARI VAZIRLIGI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
    (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005 y., 14-son, 104-modda, 27-son, 191-modda; 2006 y., 11-son, 83-modda, 34-35-son, 345-modda, 34-35-son, 346-modda; 2008 y., 24-25-son, 226-modda; 2010 y., 8-son, 63-modda, 23-son, 183-modda; 2012 y., 33-34-son, 391-modda, 44-son, 507-modda; 2013 y., 20-son, 258-modda, 38-son, 491-modda; 2014 y., 12-son, 137-modda, 19-son, 215-modda)
     
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligini tashkil etish to‘g‘risida» 2004 yil 27 sentabrdagi PF-3491-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
    1. Quyidagilar:
    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlar va muassasalar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
    Oldingi tahrirga qarang.
    (1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 14 martdagi PQ-2146-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014 y., 12-son, 137-modda)
    2. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2004 yil 30 sentabrdagi 455-son qarori 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshi hamda ushbu qarorga 1 va 2-ilovalar (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 9-son, 95-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
    3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
    4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
    O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOEV
    Toshkent sh.,
    2005 yil 5 aprel,
    96-son
     
    Vazirlar Mahkamasining
    2005 yil 5 apreldagi 96-son qaroriga
    1-ILOVA
    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi to‘g‘risida
    NIZOM
     
    I. Umumiy qoidalar
    1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) madaniyat va sport sohasidagi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
    Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
    2. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
    3. Vazirlik tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, tuman (shahar) madaniyat va sport ishlari bo‘limlari, «O‘zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi, «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi, «O‘zbekraqs» milliy raqs birlashmasi, «O‘zbekdavlatsirki» respublika birlashmasi, «O‘zbekmuzey» respublika jamg‘armasi hamda Vazirlikka qarashli boshqa madaniyat, sport va ta’lim muassasalari kiradi.
    Vazirlikning hududiy bo‘linmalari ikki tomonlama bo‘ysunadilar hamda Vazirlikka va mahalliy davlat hokimiyati tegishli organiga hisob beradilar.
    Vazirlikning hududiy bo‘linmalari moliya organlari tomonidan belgilangan hajmlar va muddatlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetasining ijrosi to‘g‘risida tegishli moliya organlariga hisobot taqdim etadilar hamda nusxasini Vazirlikka topshiradilar.
    4. Vazirlik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
    5. Vazirlik, uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini moliyalashtirish davlat byudjeti mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
    6. Vazirlik, uning hududiy bo‘linmalari, Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
    II. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
    7. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi:
    madaniyat va ommaviy sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, xalqning boy madaniy merosini qayta tiklash, asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyatini, xalq an’analari va urf-odatlarini har tomonlama rivojlantirish, jismonan sog‘lom, ma’naviy jihatdan boy va uyg‘un kamol topgan shaxslarni tarbiyalash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
    milliy istiqlol g‘oyasidan, O‘zbekiston xalqining madaniy va ma’naviy-axloqiy an’analaridan kelib chiqqan holda aholi o‘rtasida madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va ommaviy sport ishlarini amalga oshirish, odamlarning madaniy va estetik ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish;
    teatr, musiqa, xoreografiya, tasviriy san’at, sirk, xalq amaliy va estrada san’atini yanada rivojlantirish, ularning g‘oyaviy-badiiy va ma’naviy saviyasini oshirish, xalq tarixining eng yorqin sahifalarini va uning hozirgi hayotini, mamlakatning erkin demokratik taraqqiyotini yoritib beradigan asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga har tomonlama ko‘maklashish;
    madaniy-ommaviy va bayram tadbirlarining chuqur g‘oyaviy mazmun bilan boyitilishini ta’minlash, respublikaning ijodiy uyushmalari va jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ijodkor yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z talant va iste’dodlarini to‘la namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
    jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, aholini, birinchi navbatda yoshlar va bolalarni sport bilan shug‘ullanish zarurligini anglash ruhida tarbiyalash, ularga sog‘lom turmush tarzi va sportga muhabbat ishtiyoqini singdirish, yoshlarni mehnatga va respublika qurolli kuchlarida xizmat qilishga tayyorlash;
    Olimpiya o‘yinlarida, jahon va Osiyo qit’asi chempionatlarida, xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qiladigan va yuqori sport natijalariga erisha oladigan yuksak mahoratli sportchilarni tayyorlash uchun olimpiya zahirasi muassasalarini qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, jumladan, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
    respublikada bolalar sporti harakatini rivojlantirishga ko‘maklashish;
    «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» uzluksiz sport musobaqalarining uch bosqichli tizimini tashkil etish va o‘tkazish;
    milliy sport turlari bo‘yicha xalq o‘yinlari, musobaqalar tashkil qilish va o‘tkazish;
    turar joylar va mahallalarda madaniy-ma’rifiy faoliyatni, aholini madaniy va jismoniy jihatdan tarbiyalashni tashkil qilishda, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va ommaviy sport ishlarini o‘tkazishda davlat va jamoat tashkilotlari, o‘quv yurtlari, mahalliy hokimiyat organlari bilan faol hamkorlik qilish va ularga ko‘maklashish;
    davlatlararo va xalqaro madaniy hamda sport aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, konferentsiyalar, ko‘rgazmalar va sport musobaqalari o‘tkazish, madaniyat, san’at va sport sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish ishlarini tashkil qilish;
    madaniy-ma’rifiy va sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, ob’ektlari va inshootlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan eng yuqori darajada to‘liq va samarali foydalanishni ta’minlash;
    madaniyat va sport sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish, respublika madaniy-ma’rifiy, sport-sog‘lomlashtirish muassasalarini, o‘quv yurtlarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash;
    professional, xalq va havaskorlik ijodiyotini, ommaviy jismoniy tarbiya va sport, ommabop madaniy-ma’rifiy va sport dasturlarini keng targ‘ib qilish, shuningdek madaniyat va sport sohasida ommabop adabiyotlarni chop etish hamda video va kino materiallar chiqarish.
    8. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
    vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari va birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning madaniyat va sport sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi;
    Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya qilish monitoringini olib boradi, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
    madaniyat va sport sohasida hamkorlik bo‘yicha xalqaro loyihalarni ishlab chiqadi, qabul qilingan xalqaro bitimlarning bajarilishini ta’minlaydi;
    teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va xalq amaliy san’atini rivojlantirishni ta’minlaydi, ijodiy jamoalarga xalqimiz tarixining eng yorqin sahifalarini, uning hozirgi hayotini, mustaqil rivojlanish tajribasini aks ettiruvchi asarlar yaratishda har tomonlama yordam beradi;
    kadrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida tayyorlash jarayonini tashkil qiladi, kishilarning o‘zining umumta’lim va madaniy saviyasini oshirishga intilishini rag‘batlantirish, ularni milliy, jahon madaniyati va san’atining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish ishlarini amalga oshiradi;
    Vazirlik tizimi kadrlari malakasini oshirishni, ularni qayta tayyorlashni, attestatsiyadan o‘tkazishni, shuningdek xorijda tajriba orttirishini, o‘qitishni ta’minlaydi;
    muzeylarda milliy mustaqillik g‘oyalariga hamohang bo‘lgan, o‘zbek xalqining boy madaniy merosini, uning insoniyat tarixidagi roli va ahamiyatini, uning rivojlanish bosqichlarini haqqoniy aks ettiruvchi ekspozitsiyalarning tashkil etilishini, shuningdek zamonaviy rivojlanish istiqbollarini chuqur o‘rganishni, muzeyshunoslik, muzeylar fondlaridagi eksponatlarning yagona katalogini yuritish bo‘yicha umummilliy siyosatning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
    respublika aholisini O‘zbekiston xalqlari tarixi to‘g‘risida xabardor qiluvchi chet ellarda saqlanayotgan qadimiy buyumlar, shuningdek mamlakatimiz muzeylarida namoyish qilinayotgan noyob eksponatlar bilan keng tanishtirish vositasida odamlarda umuminsoniy qadriyatlarni, boy milliy madaniy merosni hurmat qilish va e’tirof etish tuyg‘usini tarbiyalashga ko‘maklashadi;
    madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha qonun hujjatlarining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
    madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, qo‘riqlash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
    madaniy meros ob’ektlarini ta’mirlash, konservatsiya, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlat dasturlarining amalda ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi;
    madaniy meros ob’ektlarini aniqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish, muhofaza qilish, targ‘ib etish va ulardan foydalanishni ta’minlaydi;
    madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastrini yuritadi, ularni tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazishni tashkil qiladi va amalga oshiradi;
    madaniy qimmatga ega bo‘lgan buyumlarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda klassifikatsiyasini aniqlaydi;
    madaniy boyliklarning chetga olib chiqib ketilishi, vaqtinchalik olib chiqib ketilishi to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
    chetga olib chiqib ketiladigan va chetdan olib kelinadigan, shuningdek vaqtinchalik olib chiqib ketiladigan va vaqtinchalik olib kelinadigan madaniy boyliklarni ro‘yxatdan o‘tkazadi;
    chetga olib chiqib ketiladigan, vaqtinchalik olib chiqib ketiladigan, shuningdek vaqtinchalik olib chiqib ketilgandan keyin qaytarib olib kelingan madaniy boyliklarning ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi;
    madaniy boyliklarni chetga olib chiqib ketish va vaqtinchalik olib chiqib ketish huquqiga sertifikatlar beradi;
    tutib qolingan yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda musodara qilingan madaniy boyliklarni davlat tegishli organlaridan qabul qilib oladi, ularni ekspertizadan o‘tkazadi va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;
    Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarning jamoalari va yakkaxon ijrochilarining gastrol-konsert faoliyatini, shu jumladan chet ellardagi gastrol-konsert faoliyatini tashkil qiladi;
    respublikada va xorijiy mamlakatlarda professional san’at va havaskorlik san’ati festivallari, ko‘rik-tanlovlari, shuningdek ko‘rgazmalar o‘tkazishni tashkil qiladi;
    Oldingi tahrirga qarang.
     
    Estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi bilan birgalikda respublika madaniyat va aholi dam olish markazlari, konsert zallari va stadionlarida o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy hamda konsert tadbirlarining tematik, repertuar rejalari va dasturlarini takomillashtirishga doir ishlarning muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi;
    (8-bandning yigirma uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 13 sentabrdagi 249-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013 y., 38-son, 491-modda)
    mamlakatimiz ta’lim muassasalarida dars berish uchun respublika va xorijiy mamlakatlarning taniqli ijrochilarini hamda san’at va sport arboblarini, etakchi mutaxassis pedagoglarini taklif qiladi;
    chet ellarda o‘qiyotgan va samarali ijodiy faoliyat ko‘rsatayotgan ijodkor yoshlarning respublikada o‘tkaziladigan ko‘riklar, tanlovlar hamda festivallarda qatnashishini ta’minlaydi;
    iqtidorli yoshlar va san’at arboblarining ijodiy safarlarini tashkil qilishni hamda ularning xalqaro ko‘lamda va respublika miqyosida san’at va sport sohasida o‘tkaziladigan ko‘riklarda, tanlovlarda, festivallarda, boshqa anjumanlarda ishtirok etishini ta’minlaydi;
    kulturologiyani, teatrshunoslikni, san’atshunoslikni, musiqashunoslikni va mazkur sohadagi boshqa ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirish, oliy o‘quv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
    dramatik, musiqali, musiqali-dramatik asarlar, tasviriy va amaliy san’at va haykaltaroshlik asarlari yaratishga davlat buyurtmalarini amalga oshiradi;
    ijodiy jamoalar, madaniyat, san’at va sport mutaxassislarini, arboblarini, shuningdek sportchilarni hamda ularning idoraviy mansubligidan qat’i nazar, boshqa vakillarni xalqaro tanlovlar, festivallar, musobaqalarda va chet ellardagi boshqa tadbirlarda qatnashish uchun tayyorlashni, jo‘natishni va qabul qilinishini ta’minlaydi;
    mamlakatda sport turlarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
    O‘zbekiston terma jamoalari sportchilari va a’zolarini sport inventarlari, jihozlari, kiyim-kechak va poyabzal bilan ta’minlaydi;
    respublikada madaniyat va sportni rivojlantirishning ahvoli monitoringini amalga oshiradi, mamlakatda ularni rivojlantirishga doir har yillik prognozlarni shakllantiradi;
    jahon ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlari, xorijiy mamlakatlarda madaniyat va sportni rivojlantirishning ilg‘or tajribasi umumlashtirilishini, ushbu yutuqlarning tarmoqda joriy etilishini ta’minlaydi;
    manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan birgalikda madaniyat va sport sohasida ilmiy tadqiqotlar rivojlanishiga, shuningdek aholini jismoniy tarbiyalashga ko‘maklashadi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etadi va ushbu ishlar olib borilishini muvofiqlashtiradi;
    madaniyat va sport bo‘yicha o‘quv dasturlari, qo‘llanmalari va boshqa ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, shuningdek ularni tasdiqlaydi;
    madaniyat va sportni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlarni, madaniyat va sport sohasiga taalluqli dasturiy-metodik va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda tasdiqlaydi, ularning to‘g‘ri bajarilishini ta’minlaydi;
    davlat boshqaruvi boshqa organlari bilan birgalikda madaniyat va sport arboblarini, shu jumladan sportchilarni, trenerlarni, sport faxriylarini va boshqa mutaxassislarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etadi;
    O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va boshqa jamoat sport tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
    O‘zbekistondagi sportning milliy turlarini va xalq o‘yinlarini rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashadi, mamlakatda va chet ellarda sportning milliy turlari bo‘yicha musobaqalar, xalq o‘yinlari bo‘yicha jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar tashkil etilishi va o‘tkazilishi moliyalashtirilishini, shuningdek xalqaro sport maydonlarida sportning milliy turlari targ‘ib qilinishi va rivojlantirilishini belgilangan tartibda ta’minlaydi;
    xalqaro va respublika ommaviy sport tadbirlari o‘tkazilishini, sportchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislar ta’minotini, sportchilarni, mamlakat terma jamoalarini tayyorlashni va ularning Olimpiada va Osiyo o‘yinlarida, jahon, Osiyo chempionatlari, kuboklari va birinchiliklarida hamda boshqa xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishini, xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallari to‘lanishini belgilangan tartibda ta’minlaydi;
    respublika sportchilari tomonidan sport turlari bo‘yicha o‘rnatilgan mamlakat rekordlarini tasdiqlaydi va ularni tasdiqlash uchun tegishli hujjatlarni xalqaro sport tashkilotlariga belgilangan tartibda taqdim etadi;
    sport federatsiyalarining taqdimnomasi bo‘yicha davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan xalqaro ommaviy sport tadbirlarida sportning alohida turlari bo‘yicha qatnashadigan mamlakat sportchilari, terma jamoalarini tasdiqlaydi va ularning ishtirok etishini ta’minlaydi;
    aholining keng qatlamlari o‘rtasida madaniy tadbirlar va ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishda mamlakatning davlat va jamoat tashkilotlariga ko‘maklashadi;
    o‘ziga qarashli tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishda va ularni axborot bilan ta’minlashda, maslahat berish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda hamda boshqa yordam turlarini ko‘rsatishda ularga ko‘maklashadi;
    Oldingi tahrirga qarang.
     
    barcha mavjud madaniyat va sport inshootlarini, kutubxonalar, teatrlar, madaniyat va aholi dam olish markazlari, istirohat bog‘lari, muzeylar va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarni xatlovdan o‘tkazadi;
    (8-bandning qirq beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 13 sentabrdagi 249-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013 y., 38-son, 491-modda)
    Oldingi tahrirga qarang.
     
    jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini pasportlashtiradi;
    (8-bandning qirq oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 1 noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 44-son, 507-modda)
    madaniyat va sport sohasidagi ulkan yutuqlar uchun mukofotlar ta’sis etish va O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvonlarini berish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
    xalqaro madaniyat hamda sport aloqalarini amalga oshiradi va rivojlantiradi;
    madaniyat va sport muassasalarining davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilishini belgilangan tartibda ta’minlaydi.
    9. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek o‘zining hududiy bo‘linmalari, o‘ziga qarashli boshqa tashkilotlar orqali amalga oshiradi.
    III. Vazirlikning huquq va majburiyatlari
    10. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
    madaniyat va sport sohasida davlatlararo hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etish hamda respublika Hukumatining topshirig‘iga ko‘ra shartnomalar va bitimlarni imzolash, idoraviy mansub tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning o‘zaro foydali munosabatlar asosida xorijiy mamlakatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishiga ko‘maklashish, shuningdek o‘z vakolatlari doirasida boshqa mamlakatlar tashkilotlari bilan madaniyat va sportni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar, bitimlar va boshqa hujjatlar tuzish;
    vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalardan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan hisobot shakllarida nazarda tutilgan, Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha ma’lumotlarni olish;
    madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o‘tkazganlik va hujjatlarni rasmiylashtirganlik uchun maxsus yig‘im undirishdan tushadigan, ular bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishiladigan mablag‘larning bir qismini olish;
    tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar toifasini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda ularni ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda Hukumatga kiritish;
    madaniyat va sport bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazish, ilmiy va ekspert ishlarini amalga oshirish, dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va o‘quv yurtlaridan, shu jumladan chet ellardan yuqori malakali mutaxassislarni shartnoma asosida taklif etish;
    belgilangan tartibda umumxalq bayramlari, yubileylar, madaniy va ommaviy jismoniy tarbiya-sport tadbirlari tashkil etish;
    Vazirlik tizimiga kiruvchi sport, teatr-tomosha tashkilotlari, madaniy-ma’rifiy va ta’lim muassasalarini jihozlash uchun zarur bo‘lgan yoritish va ovoz kuchaytirish asbob-uskunalarini, musiqa asboblarini, sport jihozlari, anjomlari, sport formalarini va boshqa zarur jihozlarni markazlashtirilgan tartibda sotib olish;
    muzey fondlarini va asarlar ko‘rgazmalarini to‘ldirish uchun tarixiy-badiiy qimmatga ega bo‘lgan kino, tasviriy va dekorativ-amaliy san’at asarlari hamda materiallarini, noyob qadimiy buyumlarni, shuningdek sahna va musiqa asarlarini, qo‘shiqlarni aniqlash va sotib olish, muzeylar fondlaridagi eksponatlarning yagona katalogini nashr etish;
    respublikada o‘tkaziladigan xalqaro tanlovlar, ko‘riklar, festivallar va boshqa tadbirlarda qatnashish uchun xorijiy jamoalarni va alohida ijrochilarni taklif etish;
    Vazirlik tizimiga kiruvchi o‘quv yurtlarida va ta’lim muassasalarida dars berish, shuningdek master-klasslar o‘tkazish uchun yuqori malakali professorlar va o‘qituvchilarni, respublikamizdagi va chet ellardagi taniqli san’at va sport arboblarini taklif etish;
    madaniyat va sport sohasida iqtidorli yoshlar vakillarini aniqlash, ularni chet ellarga o‘qishga yuborish;
    badiiy havaskorlik jamoalariga, madaniyat muassasalariga «Xalq», «Bolalar namunali jamoasi», «Xalq muzeyi» unvonlari, respublika sport unvonlari va toifalari berish, kuboklar, medallar, nishonlar, diplomlar, yorliqlar va sovrinlar bilan mukofotlash;
    Vazirlikka ajratiladigan, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan mavjud byudjetdan tashqari moliyaviy mablag‘larni uning tomonidan o‘tkaziladigan madaniy-ommaviy, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va ommaviy sport tadbirlarini tashkil etishga, madaniyat, san’at va sport arboblarini turli tanlovlar, musobaqalar va shu kabilarga tayyorlashga hamda ularda qatnashtirishga yo‘naltirish;
    madaniyat va sport sohasida ilmiy-metodik ishlanmalar bo‘yicha korxonalar va tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil etish, qayta tashkil qilish va tugatish, tarmoq mutaxassislari malakasini oshirish, shuningdek madaniy va sport-sog‘lomlashtirish korxonalari, inshootlari qurish;
    yuqori malakali va sport zahirasi sportchilarini tayyorlash ishlarini amalga oshirish, soha tarmoqlarini rivojlantirishni, idoraviy mansubligidan qat’i nazar, sport maktablari, klublari va sportga tayyorlash markazlarini ixtisoslashtirishni muvofiqlashtirish;
    festivallar, tanlovlar, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, ommaviy sport tadbirlari va boshqa tadbirlar g‘oliblari, sovrindorlari, qatnashchilari va faxriy mehmonlarini esdalik sovg‘alari bilan mukofotlash;
    eng iqtidorli san’at arboblari, alohida fidokorlik va mehnatsevarlik fazilatlarini namoyon qilgan madaniyat va sport sohasi xodimlari nomzodlarini mukofotlashga belgilangan tartibda taqdim etish.
    Vazirlik O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
    11. Vazirlik o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qilishga haqlidir.
    Vazirlik, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa normativ hujjatlar qabul qilish huquqiga ega.
    12. Vazirlik madaniyat va sport sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishi va o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi ta’minlanishi uchun javob beradi.
    IV. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
    Oldingi tahrirga qarang.
     
    13. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Vazir boshchilik qiladi.
    Oldingi tahrirga qarang.
     
    Vazirning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan to‘rt nafar o‘rinbosarlari, shu jumladan ikki nafar birinchi o‘rinbosarlari bo‘ladi.
    (13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6 maydagi 116-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 19-son, 215-modda)
    14. Vazir:
    Vazirlik faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
    zarurat bo‘lganda, Vazirlik markaziy apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi, shuningdek Vazirlik markaziy apparati, Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar va muassasalar shtat jadvalini, shuningdek xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
    Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar va muassasalar nizomlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
    Vazirlikning markaziy apparati xodimlarini, hududiy bo‘linmalar, Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar va muassasalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
    Vazir qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
    Oldingi tahrirga qarang.
     
    15. Vazirlikda Vazir (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
    Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi Madaniyat va sport ishlari vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
    Hay’at quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi:
    Vazirlik faoliyatining madaniyat va ommaviy sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, xalqning boy madaniy merosini qayta tiklash, asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyatini, xalq an’analari va urf-odatlarini har tomonlama rivojlantirish, jismonan sog‘lom, ma’naviy jihatdan boy va uyg‘un kamol topgan shaxslarni tarbiyalash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek aholi o‘rtasida madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va ommaviy sport ishlarini amalga oshirish, odamlarning madaniy va estetik ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish bo‘yicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
    Hay’at Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
    Hay’at majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
    Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
    Hay’at qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda Vazir paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
    Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
    (15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 5 iyundagi 108-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010 y., 23-son, 183-modda)
    16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari o‘z faoliyatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq amalga oshiradilar.
    Tuman (shahar) madaniyat va sport ishlari bo‘limlari o‘z faoliyatini tuman (shahar) hokimliklari bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq amalga oshiradilar.
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari rahbarlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan Vazir tomonidan tayinlanadi.
    Tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari tegishli tuman (shahar) hokimi taqdimnomasiga binoan tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari boshliqlari tomonidan tayinlanadi.
    17. Madaniyat va sport ishlari vazirligini tugatish va qayta tashkil etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
     
    Vazirlar Mahkamasining
    2005 yil 5 apreldagi 96-son qaroriga
    2-ILOVA
    Oldingi tahrirga qarang.
     
    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlar va muassasalar ro‘yxati
     
    I. Madaniyat muassasalari
    1. «O‘zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi.
    2. «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi.
    3. «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali direktsiyasi.
    4. Orkestr (simfonik, kamerli, xalq cholg‘u asboblari).
    6. «O‘zbekraqs» milliy raqs birlashmasi.
    7. «O‘zbeksirk» respublika birlashmasi.
    8. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi.
    9. O‘rta maxsus ta’lim muassasalari.
    10. Respublika metodika va axborot markazi.
    11. Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika ilmiy-metodik markazi.
    12. Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi.
    13. Badiiy ekspertiza boshqarmasi.
    14. «O‘zbekmuzey» respublika jamg‘armasi, respublika muzeylari.
    15. «Guliston», «Teatr», «Moziydan sado» jurnallari tahririyatlari.
    16. Respublika markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasi.
    17. O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi.
    18. Respublika madaniy-ma’rifiy muassasalari.
    II. Sport muassasalari
    19. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti.
    20. Olimpiya zahiralari kollejlari.
    21. Sport turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktablari.
    22. «Sertifikatlash va kompьyuterlashtirish markazi» davlat korxonasi.
    23. «Sport» gazetasi tahririyati.
    24. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi.
    25. Badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zahirasi sport maktabi.
    26. Respublika olimpiya zahiralari tennis maktabi.
    27. Ixtisoslashtirilgan suv sportini rivojlantirish respublika markazi.
    28. Sportning eshkak eshish turlari bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar olimpiya zahiralari sport maktabi.
    29. Federatsiyalar va assotsiatsiyalar.
    (2-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6 maydagi 116-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 19-son, 215-modda)
    Oldingi tahrirga qarang.
    (3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 14 martdagi PQ-2146-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014 y., 12-son, 137-modda)

    5-04-2005, 10:27 | Batafsil o'qiganlar soni: 10014

    Xalqaro teatr kuni keng nishonlandi

    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va "O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan O‘zbek Milliy akademik drama teatrida "27 mart – Xalqaro teatr kuni” munosabati bilan teatrlashtirilgan...

    "Xush kayfiyat"ning Sirdaryo viloyati boqichi bo‘lib o‘tdi

    Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan ilk marta tashkil etilgan "Xush kayfiyat" qiziqchi hamda so‘z ustalari respublika tanlovining Sirdaryo viloyat bosqichi o‘tkazildi....

    MILLIY TEATR SAN’ATI TARAQQIYOTI

    27 mart – Xalqaro teatr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va "O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan O‘zbek Milliy akademik drama teatri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi...

    ENG FAOL MADANIYAT, SAN’AT VA SPORT VAKILLARI TAQDIRLANDI

      Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan yil yakunlariga bag‘ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi.......

    ALLANING SEHRLI KUCHI

    O‘zbek Milliy akademik drama teatrida «Onam aytgan allalar» deb nomlangan alla ijrochilari festivali bo‘lib o‘tdi.......

    ×

    Uzr so'raymiz

    Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 5 дней со дня публикации.

Manzilimiz


Yuridik va jismoniy shaxslardan ariza, shikoyat va murojaatlarni qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligida tеlеfon aloqa tizimi to’g’risida
NIZOM-RЕGLAMЕNT

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Mazkur Nizom tеlеfon aloqa tizimi orqali (kеyinchalik – "ishonch tеlеfoni”) yuridik va jismoniy shaxslardan arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va ko’rib chiqish tartibini bеlgilaydi.
2. "Ishonch tеlеfoni”ni tashkillashtirishning asosiy maqsadi yuridik va jismoniy shaxslardan o’rnatilgan tartibda murojaatlarni olish, umumlashtirish va ko’rib chiqishdir:
kombinat mansabdor shaxslari tomonidan noqonuniy harakat (harakatsizlik)lari; kombinatning normativ va lokal dalolatnomalarining yuridik va jismoniy shaxslarning
faoliyatiga salbiy ta'siri, shuningdеk boshqa masalalar.
3. "Ishonch tеlеfoni” orqali quyidagilar qabul qilinadi:
Arizalar – ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini amalga oshirishda yordam ko’rsatish to’g’risidagi iltimoslari;
Shikoyatlar – poymol qilingan qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarini tiklash to’g’risidagi talablar;
Boshqa murojaatlar.
4. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlar mas’ul shaxs tomonidan soat 09-00 dan 13-00 gacha va 14-00 dan 18-00 gacha dushanbadan jumagacha (bayram kunlaridan tashqari) qabul qilinadi.
5. Takliflardan iborat murojaatlar tushgan kundan boshlab bir oy davomida ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganishlarni talab qiladigan takliflar bundan istisno.
6. Ariza va shikoyatlar tushgan kundan bir oy muddatda ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganish va tеkshiruvlarni talab qilmaydigan murojaatlar esa – o’n bеsh kundan kеchikmagan xolda.
Ariza va shikoyatni ko’rib chiqish uchun tеkshiruv, qo’shimcha matеriallarni talab qilish yoki boshqa choralarni qabul qilishni o’tkazilishi zarur bo’lgan xolatlarda arizalarni yoki shikoyatlarni ko’rib chiqish muddatlari istisno tartibda shikoyat bеrgan shaxsni habardor qilgan xolda bosh dirеktor tomonidan bir oydan oshmagan xolda uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki.

I. ”ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHAЕTGAN MUROJAATLARNI QABUL QILISH VA RASMIYLASHTIRISH TARTIBI

7. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat tegishli tеlеfon raqami orqali amalga oshiriladi.
8. "Ishonch tеlеfoni” orqali tеlеfon qo’ng’iroqlariga mas’ul shaxs javob
bеrayotganda:
FIOni aytishi;
anonim murojaatlar; jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda; qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo’lmagan murojaatlar ko’rib chiqilmasligini ma’lum qilishi;
qo’ng’iroq qiluvchiga mazkur nizomning 12 bandida ko’rsatilgan ma'lumotlar haqida aytib o’tishi lozim.
9. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlarni yig’ish va ishlov bеrish uchun tеlеfonda gaplashgan gaplarni yozib olish funktsiyasi bilan jihozlangan tеlеfon apparatlar ishlatiladi.
10. Barcha murojaatlar elеktron tashuvchiga yoziladi va bir yil davomida saqlanadi.
11. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat etganda yuridik va jismoniy shaxslar o’zining familiyasini, ismini otasining ismini, yashash manzili to’g’risida, nomini, yuridik shaxsining ular taqdim etadigan STIR, javobi yuborilishi lozim bo’lgan pochta manzili, aloqa uchun tеlеfon raqamini aytishlari shart, shuningdеk murojaatning mazmunini bayon etishlari lozim.
12. "Ishonch tеlеfon” orqali tushgan murojaatlar, bosh dirеktor yordamchisi tomonidan umumlashtiriladi va mazkur Nizomning 1-ilovasiga ko’ra shakli bo’yicha "ishonch tеlеfoni” orqali murojaatlarni qayd etish jurnalida ro’yxatga olinadi, va arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni ko’rib chiqish bo’yicha komissiyasiga (kеyinchalik - Komissiya) kiritiladi.
13. Murojaatda mazkur Nizomning 12 bandida qayd etilgan ma'lumotlar ko’rsatilmaganda, ular ro’yxatga olinmaydi va ko’rib chiqilmaydi.
14. Qabul qilingan murojaat bo’yicha bosh dirеktor yordamchisi usha kuniyoq mazkur Nizomning 2-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha "nazorat kartochkani” to’ldiradi.
Mazkur Nizomning 12 bandida nazarda tutilgan xolatlarda nazorat kartochkasi to’ldirilmaydi.

III. "ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHGAN MUROJAATLARNI KO’RIB CHIQISH TARTIBI

15. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushgan murojaatlar Komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi.
Zarur xollarda murojaatda ko’rsatilgan xolatlar murojaat qiluvchini jalb etilishi bilan joylarga chiqqan xolda o’rganib chiqilishi mumkin.
16. Mas’ul shaxs murojaat ko’rib chiqilishi natijalari bo’yicha qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilishga majbur.
17. Agarda kombinatning mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari bo’yicha murojaat tushsa, mazkur murojaatlarni ko’rib chiqilishi bеvosita mazkur shaxslarga yuklanishi taqiqlanadi.
18. "Ishonch tеlеfoni” orqali kombinat rahbariyatining vakolatlariga kirmaydigan masalalar bo’yicha murojaat tushganda Komissiya tomonidan o’rnatilgan tartibda tеgishli tashkilotlarga murojaat etilishi bo’yicha tushuntirish va tavsiyalar bеriladi.
19. Komissiya murojaatni ko’rib chiqqandan so’ng, murojaat etuvchiga yozma shaklda ko’rib chiqish natijalari va qabul qilingan qarorning mazmuni to’g’risida habardor qiladi.
20. Bosh dirеktor yordomchisi o’rnatilgan tartibda umumlashtirilgan arizalarni, takliflarni va shikoyatlarni jismoniy va yuridik shaxslarni qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarni buzilishini kеltirib chiqarayotgan sabablarni o’z vaqtida aniqlash va bartaraf qilish maqsadida taxlil qiladi.

IV. YAKUNIY QOIDALAR

21. "Ishonch tеlеfoni” orqali olingan ma'lumot bilan ishlayotgan shaxslar, olingan ma'lumotlar mahfiyligiga rioya qilish uchun qonunchilikka muvofiq shaxsiy javobgardirlar.
22. Mazkur Nizomni buzilishida ayblangan shaxslar, qonunchilikka muvofiq javobgardirlar.
 ishonch telefoni madaniyat va sport sohalari xizmatlari sifatli ko‘rsatilish darajasini muntazam nazorat qilish, sifatini yanada oshirish, madaniyat va sport tizimi xodimlarining nojo‘ya harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ishonch telefoni joriy etildi.

Manzil:  100159, O'zbekiston, Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5 uy

Ish vaqti: Dushanbadan - Jumagacha, soat 9.00 dan - 18.00 gacha

Mo'ljal: Mustaqillik maydoni, "Mustaqillik” metro bekati

Transport: "Mustaqillik” metro bekati, №97-, №57-, №37-, №44-, №155-, №148-, №28-sonli avtobuslar va 8-,129-sonli yo’nalish taksilari

Xarita
Qabulxona:

Telefon: (998-71) 239-83-31

Faks: (998-71) 239-47-86

E-mail: minister[@]mcs.uz


Matbuot xizmati:

Telefon: (998-71) 239-44-78

Faks: (998-71) 239-44-78

E-mail: press[@]mcs.uz, info[@]mcs.uz



Arxiv:
«    Февраль 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728 
2005-2010 © O’zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan.
Saytda joylаshtirilgаn mа’lumotlаrdаn nusxа olish (ommаviy аxborot vositаlаridа u yoki bu mа’lumotlаrdаn yoki xаbаrlаrdаn sitаtа keltirish) ushbu mа’lumotning mаnbаi ko‘rsаtilgаn holdа ruxsаt etilаdi.
Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni