Harbiylarimiz uchun barpo etilgan 48 xonadonli 4 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

    12 январь, 2018 29 navoiy Navoiy vb yangiliklari
    Navoiy viloyatining markazidagi "Bunyodkor" mahalla fuqarolar yig‘inida harbiylarimiz uchun barpo etilgan 48 xonadonli 4 qavatli uy foydalanishga topshirildi.
    Tantanali marosimda mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlari, harbiylar, OAV vakillari hamda keng jamoatchilik qatnashdi. 
    Viloyat hokimi K. Tursunov, Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni 
    A. Saidov barchani bayram bilan qutlarkan, yurtimiz Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar harbiylik sohasi nufuzini yanada oshirayotganligini ta’kidlashdi. 
    "Temur Malik" MChJ bunyodkorlari tomonidan barpo etilgan zamonaviy, shinam xonadonlarda el xizmatiga kamarbasta yurtdoshlarimizning erkin yashashlariga barcha imkoniyat yaratilgan. Bino hovlisida bolajonlar miriqib o‘ynashi uchun alohida maydonchalar tashkil etilganligi ham muhim ahamiyatga ega. 
    Tadbirda uy kalitlarini qabul qilib olayotgan harbiylarimiz o‘ktam ovozda: "O‘zbekiston Respublikasiga xizmat qilaman!" deya baralla aytisharkan, ularning qalblaridagi vatanvarvarlik, shijoat bilinib turardi.
    Viloyat Madaniyat boshqarmasi qoshida tashkil etilgan “Navo” ashula va raqs ansambli xonandalari Bobomurod Xolov, Komola Qurbonova Feruza Ro‘ziyevalar va Navoiy shahar Madaniyat bo‘limining bir guruh xonanda va sozandalari chiqishlari tantanaga yanada fayz bag‘ishladi.

     
    шаблоны для dle 11.2
все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать