"Prezident archasi" — bolajonlar quvonchi

    01 январь, 2018 23 navoiy Navoiy vb yangiliklari

     O‘n ikki nomdagi o‘quv qurollari va turfa shi­rin­­­liklardan tayyorlangan "Prezident sovg‘asi" mam­lakatimiz­ning barcha hududlarida uyushtiri­la­­yot­gan "Prezident archasi" tantanalarida murg‘ak yurak­larni shodlik­larga to‘l­dirmoqda.

    Navoiy shahridagi "Farhod" mada­niyat saroyida o‘t­ka­zil­­gan ana shunday bay­ram tadbiri ham esda qolarli voqea­lar­ga boy bo‘ldi. Unga "Mehri­bonlik uyi" tarbiyalanuvchilari, ijti­moiy ko‘makka muh­toj, kam ta’­minlan­gan oilalar, Vatanimiz tinch­li­gi va xavf­siz­ligi yo‘lida halok bo‘l­gan ichki ish­lar xo­­­dimlari ham­­da har­biy xiz­mat­chi­larning far­zand­lari tak­lif etildi.

    Bayramga xos o‘yin­choq­­lar bilan be­za­til­gan archa atro­fi­da tur­li ertak qahra­mon­­lari bir-biri­dan be­­­jirim libos­lar ki­yib, bolajon­larni xush­­­nudlik bi­lan ku­tib oldi. Bu yer­da baxtli bo­lalik, go‘­­zal diyori­miz madh etilgan qo‘­shiq­lar, sho‘x kuylar va ertak qah­ramonlari­ning hazil-mutoyiba­la­ri yig‘ilganlarga bir olam zavq ulashdi.

    — Diyorimizda har bir insonning qadr-qimmati yuksak, — deydi viloyat xalq ta’limi bosh­qar­masi boshlig‘i o‘rinbosari T. Abdurahmonov. —­ Ayniqsa, farzandlarga mehr-muhabbat ko‘rsatish aza­liy qadriyatimiz. "Prezi­dent archasi" bayram tantanalarida ham xalqimizning ana shunday in­son­­par­varlik fazilati yana bir bor na­moyon bo‘la­di. Bu tadbir bolajonlarga unutilmas xotiralar tuhfa etadi.

    Tantanada viloyat hokimi K. Tursunov barchani yangi yil bilan qutlar ekan, yur­timizda yosh av­lod­­­ga g‘amxo‘rlik dav­lat siyosatining ustuvor yo‘­na­lish­lari­dan biri ekanini mamnunlik bi­lan qayd etdi.

    Barcha jajji o‘g‘il-qizlar, yosh ijro­chilar, bay­ram ishtirokchilari jo‘rlik­da "Prezident archasi" qo‘­shig‘ini ijro etishdi. Davlatimiz rahbarining o‘quv qurollari, kitoblar, turfa shirinlik­lardan iborat sovg‘alari 344 nafar kich­kintoyga top­shi­rildi.

    — Qor malikasi bilan birga maza qi­lib o‘y­na­dik, qo‘shiqlar aytdik, — dey­di Navoiy shah­ri­dagi 17-umum­ta’lim maktabining 8-sinf o‘quv­­chisi G. Pardayeva. — Prezidentimiz­ning bizga atalgan sovg‘a­lari bay­­ram­ning eng katta tuh­fa­si bo‘l­di. Bun­day e’­ti­bor va g‘am­xo‘rlik­dan xursand­miz.

    Shundan so‘ng, "Ba­sho­ratchi quyonjon­ning yangi yil sar­guzasht­lari" deb nom­­­langan tomosha bolajonlar e’­­ti­bo­riga havola etildi. Qiziqarli sar­­­­gu­zasht­­­­larga boy vo­qea­lar, kuy-qo‘shiq­lar, raqs­larni o‘zida jam­­­­lagan sahna ko‘ri­nishi as­no­sida kich­kin­­toy­lar ahil­­lik, kat­talarga hur­­mat, aql, odob in­son­ga ziy­nat bag‘ish­lov­­chi fa­zi­latlar eka­­ni­­ning gu­vohi bo‘ldi.

    — Bizning hech kimdan kam bo‘lmay ulg‘ayishi­miz, hayot­da munosib o‘rin to­pi­shi­miz yo‘­li­da davlati­miz tomoni­dan ko‘r­satilayotgan otalarcha e’tibor va g‘am­xo‘r­lik­dan min­nat­dormiz, — dey­­di "Meh­ri­bonlik uyi"­ning "Lochin" gu­ruhi tar­biya­la­nuvchisi A. Jumayev. — Quyon­jon­ning sar­guzasht­lari men­da katta taas­su­rot qol­dirdi. Ushbu spek­takl odam­ni halol meh­nat qilishga undaydi.

    "Prezident archasi" bayram tanta­nasi Za­raf­shon shahridagi "Oltin vodiy" madaniyat saroyida ham ay­nan shunday ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.
    шаблоны для dle 11.2
все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать