Kubok navoiyliklarda!

    05 январь, 2018 96 navoiy Navoiy vb yangiliklari
     Unda Toshkent davlat agrar universitetining "Yangi yul­duzlar", Toshkent moliya ins­titutining "Moliyachi", Tosh­kent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexaniza­siya­lash muhandislari institu­ti­ning "Targ‘ibot", Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining "Dizayn" ham­da Navoiy davlat konchilik institutining "Talablarga binoan talabalar" jamoala­ri uchta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Tanishtiruv shar­ti­da jamoalar yoshlar va od­diy aholi vakillari hayoti­da uchraydigan qiziqarli vo­qealarni namoyish etish­di. Ayniqsa, NDKI jamoasining qishloqda katta bo‘lgan yigit­ning azim shahardagi ilk talabalik kunlari, hayajoni, taassurotlarini hajv yo‘li bilan ifodalashi hakamlar hay’ati va tomoshabinlar­ning olqishiga sazovor bo‘l­di. Keyingi shartda jamoa­ning uch nafar vakili hozir­javoblik, zukkolik hamda yumorga boylik sifatlarini yig‘ilganlar e’tiboriga ha­vo­la etishdi. Bu shartda vi­loyatimiz sharafini S. Lut­fullayev, M. Nosirov, S. Mah­mudov munosib himoya qildi. Ular tomonidan aytilgan hazil jumlalarning "nishon­ga tegishi", odob doirasida va o‘z o‘rnida "topib aytil­gani" hakamlarning e’tibo­ri­dan chetda qolmadi. "Chem­pionlar qo‘shig‘i" deya nom­langan oxirgi shartda ja­moa­lar musiqa va kulgi uy­g‘un­ligida muammoli vaziyat­larni, ayrim kamchilik va nuqsonlarni ko‘rsatib be­rish­di. Unda futbolchilari­miz­­ning jahon chempionati sara­lash musobaqalaridagi omad­siz ishtiroki, hayotga yengil qaraydigan qizlar, beparvolik oqibatlari ach­chiq kulgida aks etdi. NDKI jamoasi bu shart bo‘yicha ham muxlislarning e’ti­rofini qozondi. Is­te’dodli yigit­lar­ning ma­horatli ijrosi, zukkolik va quvnoqlikning birdek namoyon bo‘lishi butun zalni oyoqqa turg‘azdi. Puxta tayyorgarlik, qobiliyatli, g‘ayratli yoshlar jamlanishi o‘z samarasini berdi.

    Tadbir so‘ngida NDKIning "Talab­larga binoan talaba­lar" jamoasi "Quvnoqlar va zuk­ko­lar" respublika ko‘rik-tanlovi 2017 yilgi mavsum chempioni deb e’lon qilin­di. Jamoaga tantanali ra­vish­da "QVZ"ning ko‘chma kubo­gi topshirildi.

    — Sa­ra­lash bosqichlarida mamla­ka­timiz bo‘ylab 70 dan ortiq oliy ta’lim muassasa­lari ishtirok etgan edi, — deydi mam­nun­lik bilan jamoa badiiy rahbari Fozil Hasanov. — Ular ora­­­sidan finalga yetib kel­gani­miz ham yutug‘imiz bo‘l­gandi. Endi esa barcha ja­moa­dan o‘zib, kubok sohibi bo‘ldik. Zalni to‘ldirgan mux­lislar­ning qo‘llab-quvvatlab ol­qish­lagani bizga kuch, il­hom berdi.

    — Navoiylik talaba yosh­lar­ning hech kimdan hech qay­si sohada ortda emasligini isbotladik, — deydi jamoa sardori Sunnat Lutful­layev. — Keyingi yillarda ham o‘z us­timizda ishlab, yan­gi mar­ra­larni zabt etishga ahd qil­gan­miz. Jamoamiz yigit­la­ri yakdil, ahil ekan, maq­sad­larimizga erishave­ramiz.

    "Ta­lablarga binoan tala­balar" jamoasining bu mu­vaffaqiyati har birimiz uchun o‘ziga xos yangi yil sovg‘asi bo‘l­di. Ishonamizki, bu is­te’­dodli yigitlar viloya­ti­­mizga hali ko‘p g‘alabalar­ni tuhfa eti­shadi.
    шаблоны для dle 11.2
все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать