"...O‘qimag‘on bolaning holi" taassurotlarga boy bo‘ldi

    22 декабрь, 2017 25 navoiy Navoiy vb yangiliklari

     Navoiy temir yo‘l vokzalida O‘zbekiston xalq artisti, teatr badiiy rahbari Xay­rulla Sa’diyev boshchiligidagi yosh san’at­korlar keng jamoatchilik tomonidan ko‘­tarinki kayfiyatda kutib olindi.

    Teatr jamoasi dastlab viloyatimizning olis cho‘l hududi — Uchquduq tumanida bo‘ldi. Iste’dodli san’atkorlar bilan uchrashuv chekka tuman ahliga bir olam quvonch bag‘ish­ladi. Atoqli ma’rifatparvar yozuvchi Mahmudxo‘ja Behbudiy qalamiga mansub "Padarkush yoxud o‘qimag‘on bolaning holi" milliy fojiaviy spektakli to­mosha­binlarda katta taassurot qoldirdi.

    Asar rejissyor Jo‘rabek Ro‘zmetov tomo­nidan sahnalashtirilgan bo‘lib, unda ilm olishdan or qilgan arzanda o‘g‘il Tosh­murod va farzandini bilimli bo‘lishga da’vat etmagan boy otaning ayanchli taqdi­ri ko‘r­satib beriladi. Vaqtini kayfu safo bilan o‘tkazib yurgan erka farzand asar oxirida otasining qotiliga aylana­di. Eng achinarlisi, bu fojiaga o‘g‘lini tantiq qilib o‘stirgan boyning o‘zi ham birdek aybdor bo‘ladi.

    Spektakl namoyishi Zarafshon, Navoiy shaharlari hamda boshqa tumanlarda iliq kutib olindi.

    — Navoiy men uchun qadr­don viloyat­lardan biri, — dey­di biz bilan suh­bat­da teatr badiiy rahba­ri X. Sa’diyev. — O‘t­gan yi­li ham ijo­diy sa­far bilan bu yerda bo‘l­gan­dik. Vi­loyatdagi bun­­yod­kor­lik ishlari­ni ko‘rib, sha­har­ning yil­dan-yil­ga ko‘r­kam­la­shib bora­yot­ganidan bo­shim os­monga yetdi. Bu gal ham bizni to­mosha­bin­lar ko‘ta­rinki ruhda qar­shi olishdi. Na­moyish uchun maz­kur asar­ni bejiz tanla­ma­dik. O‘qish, ilmli bo‘­lish ham­ma zamonda dolzarb ma­salalardan bo‘l­gan. Ayniqsa, hozir yoshla­ri­mizning o‘zini ko‘rsatishi uchun hamma sharoitlar yaratil­gan. Faqat vaqtni behu­da sarfla­may, foy­dali amallar bilan band bo‘lish kerak. Spektakl yoshlar bilan birga ota-onalar uchun ham saboq bo‘larli jihatlarga ega. O‘z navbatida ana shunday xayrli ishlarni amalga oshirishda bizga yaqindan ko‘mak bergan viloyat hokimligi ham­da mas’­ul tash­kilotlarga o‘z minnat­dor­ligi­mizni bil­diramiz. Navoiyga kelgusida yana ijodiy safarlar bilan kelish niyati­damiz. 

    — Spektakl yoshlar tarbiyasiga jiddiy yondashish lozimligiga barchaning e’ti­borini qaratadi, — deydi tomoshabin­lardan biri, Navoiy shahri "Zaraf­shon" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi N. Qahhorova. — Otaning o‘z o‘g‘li to­mo­nidan o‘lim topishi va bunga ma’ri­fat­sizlik sabab bo‘lgani farzand­lari­miz taqdiriga, yurish-turishiga be­par­vo bo‘l­maslikka chorlaydi. Bunday to­mo­shalar tar­biyaviy ahamiyatga egaligi bilan diq­qat­ga sazovordir. 

    O‘zbekiston davlat "Satira" teatrining viloyatimiz bo‘ylab ijodiy safari davom etmoqda.

    шаблоны для dle 11.2
все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать