Namangan viloyatida O'zbekiston Respublikasining Qurolli kuchlari tashkil topganligining 26 yilligiga bag'ishlangan tadbir

    09 январь, 2018 66 namangan Namangan yangiliklari

    Namangan muhandislik-qurilish institutida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil  topganligining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mening do‘stim – Vatan himoyachisi” shiori ostida videokonferensiya o‘tkazildi.

    Namangan viloyati hokimligi tomonidan viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan videomuloqotga Namangan va Xorazm viloyatlarida yigitlik burchini o‘tayotgan askarlar hamda ularning ota-onalari, do‘stlari, ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etildi.

    Tadbirda Namangan san’at kollejining raqqosa qizlar guruhi, “Nihol” mukofoti sovrindori Shavkat Ergashev, xonandalar Abduqahhor Nishonov, Umidjon Qoraboev, Sohibjon Tojiboev, Umid Boboxonov, Qobil Ne’matovlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.


     

     

     

     

     

     

     

     

    шаблоны для dle 11.2
все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать