Главная > Jizzax slider, Jizzax madaniyat yangiliklari > “ENERGY” oromgohida madaniy tadbir

“ENERGY” oromgohida madaniy tadbir


8-07-2017, 16:24. Разместил: jizzaxvb
2017 yil  2 iyul kuni Sh.Rashidov tumanida joylashgan "ENERGY” nomli bolalar dam olish oromgohida bolajonlar uchun viloyat akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyasi xonandalari ishtirokida maxsus konsert dasturlari namoyish etildi. Mazkur dam olish dasturida 65 nafar ishtirokchi qatnashdi.

“ENERGY” oromgohida madaniy tadbir

“ENERGY” oromgohida madaniy tadbir


5 iyul kuni Jizzax shahrida joylashagan Sh.Rashidov nomidagi qariyalar dam olish sihatgohida davolanayotgan qariyalar uchun O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Jizzax garnizoni ofitserlari uyi hamda akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyasi xamkorlikda yozgi dam olish madaniy dasturi tashkil etildi. Tadbirni xarbiy orkestr jamoasi o’zining vatanni madx etuvchi kuylari bilan ochib berdi. Tadbir davomida xarbiy orkestr xonandalaridan Baxodir Suyunov, Farxod Yuldoshevlarning o’zlarining dilga yaqin qo’shiqlaridan ijro etishdi. Shundan so’ng akademik jamoa xonandalari Maysara Dovurova, Gulchehra Xayrulinalar o’zlarining raqsga undovchi sho’h kuy-qo’shiqlari bilan ishtirok etib, yig’ilganlarni madaniy hordiq olishlari uchun o’z hissalarini qo’shdilar. Tadbirda 120 ta ishtirokchi qatnashdi. 


Вернуться назад