Главная > Jizzax slider, Jizzax madaniyat yangiliklari > Madaniy tadbirlar “Koinot”, “Mirzacho’l” oromgohlarida ham o'tkazildi

Madaniy tadbirlar “Koinot”, “Mirzacho’l” oromgohlarida ham o'tkazildi


30-06-2017, 16:34. Разместил: jizzaxvb

Forish tuman Madaniyat bo’limi tadbirlar rejasiga asosan o’quvchi yoshlarni yozgi dam olish ta’tilida bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida tuman hududida joylashgan "Koinot”, "Mirzacho’l” yozgi dam olish oromgohlarida madaniy tadbirlar tashkil etildi.

2017-yil 28-iyun kuni Osmonsoy MFY Yomchi qishlog’i xududidagi "Mirzacho’l” bolalar yozgi dam olish oromgohida "Yozni biz bilan” loyihasi doirasida madaniy tadbirlar tashkil etildi. Dastlab loyiha doirasida badiiy tashviqot guruhi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligi va qo’lga kiritilgan yutuqlar to’g’risida keng tushunchalar berib o’tildi va oromgohda dam olayotgan o’quvchilardan tuzilgan "Zukkolar”, "Vatanparvarlar” guruxlari o’rtasida "Zukko bolajon” tanlovi tashkil etildi. Tadbir tomoshasiga 100 nafar oromgoh dam oluvchilari jalb etildi.

Madaniy tadbirlar “Koinot”, “Mirzacho’l” oromgohlarida ham o'tkazildi

Madaniy tadbirlar “Koinot”, “Mirzacho’l” oromgohlarida ham o'tkazildi

Madaniy tadbirlar “Koinot”, “Mirzacho’l” oromgohlarida ham o'tkazildi

Madaniy tadbirlar “Koinot”, “Mirzacho’l” oromgohlarida ham o'tkazildi

Madaniy tadbirlar “Koinot”, “Mirzacho’l” oromgohlarida ham o'tkazildi

Kunning ikkinchi yarmida shu xududdagi "Koinot” bolalar yozgi dam olish oromgohida ham shunday tadbir tashkil etildi. O’quvchilarga mustaqilligimizning 26 yilligi va qo’lga kiritayotgan yutuqlarimiz to’g’risida tushunchalar berib o’tildi va oromgohda dam olayotgan o’quvchilardan tuzilgan "Orasta qizlar” va "Zamon yoshlari” guruhlari o’rtasida bilimlar bellashuvi tashkil etildi. Tadbir tomoshasiga oromgohda dam olayotgan 120 nafar o’quvchilar jalb etildi.

O’tkazilgan madaniy tadbirlarda madaniyat va aholi dam olish markazida tashkil etilgan badiiy tashviqot guruxi a’zolari S.Ibragimov, Sh.Darhonov, L.Hakimova, D.Narkazakova, R.Toshpo’latovalar tomonidan kuy-qo’shiqlar ijro etilib, o’quvchilarga mo’ljallangan "Kichkintoy” qo’g’irchoq teatrining tomoshalari namoyish etildi. Shuningdek "Yozni biz bilan” loyihasi doirasidagi madaniy tadbirlar, tanlovlarda g’olib bo’lgan va faol ishtirok etgan ishtirokchilarga tuman Madaniyat bo’limining diplom va faxriy yorliqlari topshirildi.

Madaniy tadbirlar “Koinot”, “Mirzacho’l” oromgohlarida ham o'tkazildi

Madaniy tadbirlar “Koinot”, “Mirzacho’l” oromgohlarida ham o'tkazildi

Madaniy tadbirlar “Koinot”, “Mirzacho’l” oromgohlarida ham o'tkazildi

Madaniy tadbirlar “Koinot”, “Mirzacho’l” oromgohlarida ham o'tkazildi



Вернуться назад