Andijon me'moriy yodgorliklari

    04 декабрь, 2017 853 iakael Andijon viloyati madaniyat boshqarmasi

    Qadimda va oʻrta asrlarda bunyod etilgan meʼmoriy yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan. Andijon shahrida 19-asr oxirida qurilgan jome masjidi majmuasi saqlangan. Tarkibida masjid, minora va madrasa bor. Jome' masjidi Fargʻona vodiysida eng mahobatli binodir (q. Andijon jome' masjidi majmuasi). Shahrixonda oʻtgan asrda bino qilingan bir qancha mahalla masjidlari va madrasalari saqlangan. Shundan biri 19-asr boshida qurilgan Ponsod masjididir. Masjidning bezak qismlarini fargʻonalik ustalar ishlagan. Shahrixonda 1872 y. qurilgan Gumbaz madrasasi saqlangan. Andijon shahrida 20-asr boshida qurilgan 2 qavatli Axmadbekhoji uyi ham milliy meʼmorlik namunalaridan biri (q. Ahmadbekhoji mehmonxonasi). Hozirgi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi Ahmadbekhoji bogʻi oʻrnida bunyod etilgan. Boyning bogʻidagi shiypon binosi ham saqlanib qolgan. Paxtaobod shahrida 20-asr boshida qurilgan Otaqoʻzi madrasasi yodgorligi ham diqqatga sazovor joylardan hisoblanadi. 

    шаблоны для dle 11.2
HUDUDIY BO'LIMLAR
все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать