Andijon madaniyati

    04 декабрь, 2017 1 679 iakael Andijon viloyati madaniyat boshqarmasi

    Andijon viloyatida 4 muzey (Andijon viloyat adabiyot va sanʼat muzeyi, Andijon viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, Bobur uy muzeyi, Choʻlpon uy muzeyi), 508 ommaviy kutubxona (8150,4 ming nusxa asar), 183 klub, 37 madaniyat uyi, 966 badiiy havaskorlik jamoalari bor. Andijon shahridagi Bobur nomidagi viloyat kutubxonasida (1967 y. ishga tushgan) 2000 o'rinli qiroatxona mavjud (2000). Andijon viloyatida 3 ta teatr bor. Yoʻldosh Ohunboboyev nomidagi Andijon viloyat musiqali drama va komediya teatri Oʻzbekistondagi toʻngʻich teatrlardan biri boʻlib, unga 1919y. noyabrda Hamza asos solgan (q. Andijon teatri). Abbos Bakirov nomidagi Andijon davlat bolalar va yoshlar teatri 1990y. 1-dekabrda „Istiqbol“ teatr studiyasi asosida tashkil etilgan (q. Andijon bolalar va yoshishr teatri). Andijon viloyat „Lola“ Qoʻgʻirchoq teatri 1968y. aprelda Respublika davlat qoʻgʻirchoq teatri qoshidagi studiya bitiruvchilari asosida tashkil boʻlgan. Andijon viloyatidan Halima Nosirova, Lutfixonim Sarimsoqova, Tamaraxonim, Soyib Xoʻjayev, Abbos Bakirov, Gʻanijon Toshmatov, Muzaffar Muhamedov kabi yirik sanʼatkorlar; Fattohxon Mamadaliyev, aka-uka Ismoiljon va Isroiljon Vahobovlar kabi xalq hofizlari; Habiba Oxunova, Sherali Joʻrayev, Turgʻun Xontoʻrayev, Hoshimjon Olimjonov kabi Oʻzbekiston xalq artistlari, Toshkanboy Egamberdiyev (Asakadan) boshliqdorbozlar sulolasi yetishib mashhuru-maʼlum boʻlishgan. Andijon viloyatida 5 madaniyat va istirohat bogʻi, koʻplab koʻkalamzor hiyobonlar bor. Ayniqsa Andijon shahridagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi (1934 y. tashkil etilgan) mashhurdir. 1997—2000 yillarda bogʻ butunlay qayta qurilib, nihoyatda ko'rkamlashtirildi. Ramziy burgut ostidagi qahvaxonaga uygʻunlashtirilib qurilgan „Amfiteatr“ (2000) bayram tantanalari va boshqa tomoshalar oʻtkaziladigan maskanga aylangan. Andijon shahrining jan.-sharqi — Bogʻishamolda 300 ga maydonni egallagan Bobur nomidagi milliy bogʻ (Bogʻi Bobur), Andijon shahrining markaziy qismida Choʻlpon bogʻi tashkil etildi. Andijon viloyatida ziyoratgoh joylar koʻp. Sultonobod, Xonobod, Andijon dengizi kabi joylar chet ellik sayyoxlarda katta taassurot qoldiradi. Xoʻjaobod tumanida Bobur qadamjolaridan biri — Lotkontepada ajoyib ziyoratgoh barpo etildi. Bu ziyoratgoh Shirmonbuloq, Chilustun togʻlari bilan tutashib ketgan. Asaka, Shahrixon, Poytugʻ, Qoʻrgʻontepa shaharlari xalq hunarmandchiligi badiiy buyumlari tayyorlash bilan mashhur.

    шаблоны для dle 11.2
HUDUDIY BO'LIMLAR
все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать