Andijon tabiati

    04 декабрь, 2017 1 230 iakael Andijon viloyati madaniyat boshqarmasi

    Andijon viloyati yer yuzasi asosan tekislik. Hozirgi relyefi va yer yuzasidagi jinslar toʻrtlamchi geologik davrning katta-kichik daryolari va irmoqlarining faoliyatidan hosil boʻlgan. Viloyatning gʻarbiy qismi qirli tekislik (bal. 400–500 m), sharqi (Andijon shahridan sharqda) Fargʻona va Olay tizmalaridan iborat. Andijon viloyati geologik aktiv zonada joylashgan, kuchli zilzilalar bo'lib turadi (q. Andijon zilzilasi). Iqlimi keskin kontinental, quruq. Togʻ tizmalari Fargʻona vodiysini sovuq havoning kirib kelishidan toʻsib turganligi uchun qishda Andijon viloyatida ob-havo birmuncha barqaror. Yozi issiq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 27,3°, qishi nisbatan sovuq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —3°. Vegetatsiya davri 217 kun. Yiliga 200 – 250 mm yogʻin tushadi. Andijon viloyati Oʻzbekistonning boshqa viloyatlariga nisbatan suv resurslariga boy. Daryolari yogʻindan, togʻlarlagi koʻp yillik qor va muzliklardan suv oladi. Asosiy daryosi — Qoradaryo (Sirdaryo irmoklaridan biri). Uning irmoqlari — Moylisuv, Oqboʻra, Aravonsoy va boshqa Andijon viloyati daryolarining suvi sugʻorish uchun ishlatiladi. Tuproqlari boʻz, qoʻngʻir, oʻtloqi, oʻtloqi-botqoq tuproqlar, qumtosh, mergel, less va chaqirtoshlardan iborat. Bahorda adirlar efemer oʻsimliklar bilan qoplanadi. Andijon viloyatining ekin ekilmaydigan tekislik qismida shuvoq-shoʻra oʻsimliklari, togʻ yon bagʻirlarida pista, bodom oʻsadi. Yovvoyi hayvonlar (bo'ri, tulki, qobon va boshqalar) kam uchraydi; sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar, suv havzalarida baliqlar bor.

    шаблоны для dle 11.2
HUDUDIY BO'LIMLAR
все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать