» Shirin shahar 3-son Bolalar musiqa va san’at maktabi




 

Shirin shahar 3-son Bolalar musiqa va san’at maktabi

Автор: sirdaryovb от 11-05-2017, 11:38, посмотрело: 1152

0

Shirin shahar 3-son Bolalar musiqa va san’at maktabi

 

Shirin shahar 3-son Bolalar musiqa va san’at maktabi 1969 yilda tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 8 iyuldagi PQ-910-sonli qarori asosida Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport vazirligining 2008 yil 6 avgustdagi 206 va 830-sonli qo‘shma buyrug‘i bilan Bolalar musiqa va san’at maktablari Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 fevraldagi PF-4956-sonli farmoni hamda "O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2778-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Madaniyat vazirligining 2017 yil 27 martdagi 13-sonli qo‘shma qaroriga muvofiq, Bolalar musiqa va san’at maktablari Madaniyat vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi. Bolalar  musiqa  va  san’at  maktabining  tashkil  etilishining  asosiy  maqsadi,  yosh  avlodning  musiqa  va  san’at  turlariga  qiziqishi  va  qobiliyatini  rivojlantirish,  ijtimoiy  faolligini  oshirish,  ularni  xalqimiz  an’analariga  va  milliy  qadriyatlarimizga  nisbatan  xurmat  ruxida  tarbiyalash,  ma’naviy  va  ma’rifiy  saviyasini  xar  tomonloma  oshirishdan  iborat.
Shirin shahar 3-son Bolalar musiqa va san’at maktabi 2016-2017 o‘quv yilida 7 ta yo‘nalish bo‘yicha mutaxassis tayyorlamoqda va ularda jami 161 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. 
1. O‘zbek xalq cholg‘ulari
2. Fortepiano
3. Estrada xonandalik
4. An’anaviy xonandalik
5. Xoreografiya sinifi
6. Tasviriy san’at
7. Dizaynerlik (amaliy sanat)

Shulardan 113 nafari qiz, 48 nafari o‘g‘il bolalarni tashkil qiladi.

Umumiy xodimlar soni: 42 nafar. Ulardan asosiy o‘qituvchilar 23 nafar, o‘rindoshlar 1 nafar (oliy).  
Texnik ishchi xodimlar 21 nafarni tashkil etadi.

Manzil: Shirin shahar, A.Temur maxallasi, Ibn Sino ko‘chasi. tel:0-(367)-764-34-09

Категория: ---

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.