O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 11 yanvardagi “Toshkent shahridagi teatrlarning respublika hududlari bo‘ylab gastrol safarlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 01-07/1-3347-sonli Bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat satira teatri jamoasi viloyat aholisini teatr san’atidan bahramand etish, yoshlarning ma’naviy ongini boyitish, Vatanga, oilaga sadoqat ruhida tarbiyalash, mehnatsevarlik, umuminsoniy qadriyatlarni yoshlar qalbiga singdirish maqsadida M.Behbudiy asari asosida sahnalashtirilgan “Padarkush, yohud o‘qimog‘on bolaning holi” nomli spektakli namoyishlarini tashkillashtirish maqsadida joriy yilning 22yanvaridan boshlab Buxoro viloyatigagastrol safarlarini boshlab yubordi. Rejaga asosan teatr jamoasi 22 yanvardan – 27 yanvariga qadar Buxoro viloyatida spektakl namoyishlarini tashkil etadi.

    шаблоны для dle 11.2

    satira