Namangan viloyatida “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir!” shiori ostida harbiy-vatanpravarlik marafoni bo‘lib o‘tdi

    09 январь, 2018 341 namangan Namangan yangiliklari

         Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi munosabati bilan “Milliy armiyamiz  –  yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir!” shiori ostida harbiy-vatanpravarlik marafoni bo‘lib o‘tdi.

         Viloyat hokimligi tomonidan Namangan garnizoni, viloyat mudofaa ishlari, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbir doirasida uzoq masofaga yugurish va karting sporti bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

         Unda maktab, kollej o‘quvchilari, Namangan avtomobil maktabi kursantlari, oliy ta’lim muassasalari talabalari va uyushmagan yoshlardan iborat sportchilar Islom Karimov va G‘irvonsoy ko‘chalari tutashgan chorrahadan “Uch favvora” xiyobonigacha bo‘lgan 6 kilometrlik masofani bosib o‘tdilar. “Eng yosh marafon ishtirokchisi”, “Eng tezkor marafon ishtirokchisi”, “Fidoyi harbiy ishtirokchi”, “Marafon malikasi”“Marafon Alpomishi”, “Marafon faxriysi”, “Marafon g‘olibi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib, deb topilganlar diplom va esdalik sovg‘lari bilan taqdirlandilar. Taqdirlash marosimida viloyat hokimining o‘rinbosari Paxridin Matkarimov so‘zga chiqdi.

         Harbiy texnikalar va zamonaviy qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, askarlarning jangovarlik mahoratini aks ettiruvchi chiqishlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbirda iqtidorli yoshlar hamda “Yoshlik” guruhi ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

     

     

     

     

     

     

     

    шаблоны для dle 11.2
все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать