Ezgu niyatlar ro`yobi

    06 май, 2019 136 buxoro Buxoro vb yangiliklari

              Besh tashabbus…  O`zbekiston Respublikasi  Prezidenti  Sh. Mirziyoyev rahbarligida 2019-yilning 19-mart kuni bo`lib o`tgan videoselektorda yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot  texnologiyalaridan foydalanish ko`nikmalarini singdirish, yoshlar o`rtasida kitobxonlikni targ`ib qilish, xotin-qizlarning mehnat bilan bandligini ta’minlash uchun tikuv-trikotaj komplekslarini barpo etish  bo`yicha  ilgari surilgan,   ezgu maqsadlarni ko`zlagan g`oyalar majmuasi. Prezidentimizning besh  muhim tashabbuslari ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatimizning  Vobkent, Jondor, Shofirkon tumanlari madaniyat markazlarida qator tadbirlar, badiiy kechalar  o`tkazildi.

          Shofirkon tumani “Jo`ynav” madaniyat markazining  “Ezgulik ohanglari” nomli musiqiy dasturi tadbir ishtirokchilariga ko`tarinki kayfiyat ulashgan bo`lsa, “Vardonze” folklor etnografik xalq jamoasi,  “Xalq” teatri hamda “Quvnoq lahzalar”  havaskorlik sirk jamoalarining chiqishlari yoshlarning madaniyat va san’atga bo`lgan qiziqishini oshirdi.

     


           Vobkent tumani madaniyat markazida yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish maqsadida yozuvchi va shoir Jamol Kamolning “Anvar Mirzo hikoyatlari” kitobining taqdimoti va tumandagi taniqli yozuvchi va shoirlar bilan davra suhbati bo`lib o`tdi.

          Tadbir davomida Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti talabalari  va tuman "Xalq teatri" jamoasi tomonidan  Jamol Kamol qalamiga mansub “Armon” dostoni asosida sahna ko`rinishi namoyish etildi.

     

     

    шаблоны для dle 11.2
все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать