"Temur tuzuklari"

    15 апрель, 2019 103 qashqadaryo Qashqadaryo viloyati / Qashqadaryo yangiliklari / Qashqadaryo voqealari

    O'zbekiston Respublikasi "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonuni, buyuk sarkarda va siyosatchi Amir Temurning davlatchikikni mustahkamlash borasidagi faoliyati hamda mashhur "Temur tuzuklari" risolasining mazmun mohiyatini yoshlarga targ'ib etish maqsadida,

     

     "O'zbekneftgaz" AJ da yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan 2019-yil 13-aprel kuni Shahrisabz shahar madaniyat markazi katta zalida "O'zbekneftgaz" AJ yoshlar kengashining "Kuch adolatdadur!" deb nomlangan anjumani bo'lib o'tdi. Anjumanda Shahrisabz shahar madaniyat markaziga qarashli Qori Zokir Sodiqov nomli havaskorlik Xalq teatr jamoasi o'zlarining "Temurbek" nomli (S.Yodgorov asari) 

     

    spektaklidan parchalar namoyish etishdi. Shuningdek, Xalq teatri rejissyori Sobir Yodgorov o'zining "Oqsaroy" qasidasi, madaniyat markazi honandasi Marjona Xolova "O'zbekiston" nomli ashulasini ijro etib tadbir ishtirokchilarini kayfiyatini  ko'tarishdi. Ushbu tadbirda 350 nafar ishtirokchi ishtirok etib, tadbirdan so'ng kelgan mehmonlar Shahrisabz Shahridagi Maqom muzeyiga tashrif buyurdilar.

     

     

     

     

     

     

     

     

    шаблоны для dle 11.2
все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать