Mahorat darsi!

    19 февраль, 2019 320 qashqadaryo Qashqadaryo yangiliklari / Qashqadaryo voqealari / Qashqadaryo vb ta'lim muassasalari

    Bugun Shahrisabz shahar 20-son BMSM da 19-fevral kuni maktabimizning O'zbek xalq cholg'ulari bo'limi o'qituvchilari Boboqulov Nodir va Ismoilova Matlubalarning konsert zalimizda   " Mahorat darslari " bo'lib o'tdi.Ushbu " Mahorat darsi " da o'qituvchilarimiz 29,30,31-yanvar kunlari  My5  telekanali tashabbusi bilan " Real New Media " tomonidan musiqa va san'at maktablari O'zbek xalq cholg'ulari bo'limining iqtidorli o'qituvchilari va o'quvchilari uchun mahorat darslarida ishtirok etib, unda o'z bilimlarini mustaxkamlab, o'zlashtirib kelingan malaka va ko'nikmalarini o'qituvchi va o'quvchilar bilan o'rtoqlashgan holda  "Mahorat darsi" o'tib berdilar. Tadbir so'ngida maktab direktori O. Mirzayev, O'IBDO'  D.Djurayeva, va O'zbek xalq cholg'u bo'limi boshlig'i U. Ashurovlar o'z fikr va mulohazalarini hamda o'qituvchilarning yutuq va kamchiliklari haqida gapirib o'tishdi.   Pedagogika kollejidan maktabga kelgan amaliyot o'tayotgan talabalar ham ushbu mahorat darsidan bir qancha o'zlariga kerakli bilimlarni olganliklari haqida aytib so'zga chiqdilar.

     

     

     

     

    шаблоны для dle 11.2
все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать