"Tez va ifodali uqish"

    11 февраль, 2019 62 qashqadaryo Qashqadaryo yangiliklari / Qashqadaryo voqealari

     

     

     

    "Tez va ifodali uqish"

     

    Shahrisabz Madaniyat saroyida Ko'zi ojizlar madaniyat markazi, ko'zi ojizlar kutubxonasi bilan hamkorlikda Ko'zi ojizlar jamiyati homiyligida bo'rtma, nuqtali yozuv asoschisi Lue Brayl tavalludiga bag'ishlab ko'zi ojiz kitobxonlar o'rtasida "Tez va ifodali uqish" ko'rik tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi. Bu tanlovda Ko'zi ojizlar jamiyatining 9 nafar kitobxoni ishtirok etdi. Murosasiz o'tgan kurashlardan so'ng Iroda Jurayeva g'oliblikni qo'lga kiritib viloyat bosqichiga yo'lanma oldi. Zafar Ochilov va Baxriddin Maxmudovlar 2-3-o'rinlarni olishdilar. Tanlov g'oliblariga Shahrisabz Ko'zi ojizlar jamiyati o'zining esdalik sovg'alarini topshirdi.

     

    шаблоны для dle 11.2
все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать