“Info-Tour” ishtirokchilari Shahrisabzda

    11 февраль, 2019 37 qashqadaryo Qashqadaryo yangiliklari

     

     

     

    Shahrisabz temir yoʻl vokzali odamlar bilan gavjum. Bu yerda mahalliy hokimlik vakillari, turoperatorlar, mehmonxonalar biznesi mutaxassislari, keng jamoatchilik jam boʻlgan. Garchi, qish hukmini koʻklamga bermagan boʻlsa-da, janubga xos bahoriy iliqlik hukmron. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan “Info-Tour” ishtirokchilari tantanali ravishda kutib olindi.

    Qashqa vohasining zumrad gavhari deya taʼriflanadigan Shahrisabz shahri buyuk sarkarda va davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur kamolga yetgan tabarruk zamin sifatida jahonga mashhur.

    2700 yilligi keng tantana qilingan mazkur kent qadimda Gava, Sugʻda, Nautaka, Kesh deb atalgan. Bu yerda madaniyat va sanʼat homiysi hisoblagan Amir Temur davrida koʻplab madrasalar, mahobatli inshootlar bunyod etilgan. Ularning ayrimlari bugungacha saqlanib qolingan. Bu esa uning sayyohlik jozibasini oshirishga xizmat qilyapti. Viloyatda jami 1 321 ta moddiy-madaniy meros obyektlari obyektlari, shu jumladan,1 043 ta arxeologik, 208 ta meʼmoriy, 27 ta diqqatga sazovor joy, 43 ta monumental sanʼat yodgorliklari mavjud.

    Ayni paytda faoliyat yuritayotgan 15 ta turoperatorlik subyekti yurtimiz va xorijlik sayyohlarga sifatli xizmat koʻrsatish boʻyicha yangi-yangi loyihalarni hayotga tatbiq qilyapti. Natijada 2018 yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatga jami 1,4 mln turistlar tashrif buyurdi. Shundan 62,7 ming nafari xorijiy sayyohlar ekanligi alohida eʼtiborga molikdir.

     

     

     

     

     

     

     

    шаблоны для dle 11.2
все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать