2-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi “Yoshlik uchqunlari” xalq cholg’ulari kamer orkestri konsert dasturi

    06 декабрь, 2018 355 xorazm Xorazm Yangiliklari

     Xorazm viloyatida xam barcha sohalarda bo’lgani kabi san’at va madaniyat sohasida ham islohotlar amalga oshirilmoqda. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qaror va farmoyishlar ijrosini ta’minlash maqsadida turli ko’rik-tanlov, mahorat darslari va konsert dasturlari o’tkazilib kelinmoqda. Shunday tadbirlardan biri 6-dekabr kuni Urganch shahridagi 2-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida bo’lib o’tdi. Konsert dasturida Urganch ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at maktabi o’qituvchilari Umrbek Jumaniyazov sinfi o’quvchilari hamda Davron Xaytimmetov rahbarligidagi “Yoshlik uchqunlari” xalq cholg’ulari kamer orkestri ishtirok etishdi. Ushbu konsert maktab o’quvchi va o’qituvchilari uchun yangilik bo’ldi deb bemalol aytish mumkin. Dasturda qashqar rubobi va orkestr uchun moslashtirilgan o’zbek va zamonaviy jahon musiqasi namunalari ijro etildi. Yakkaxon ijrochilar, xalqaro va respublika tanlovlari sovrindori F. Ischanov, A. Bekberganov va R. Matkarimovlar o’z ijrolari bilan barchani xushnud etishdi. Bunday uchrashuvlar va muloqatlar hamda konsertlar soha rivojida katta ahamiyat kasb etadi deb o’ylaymiz. 

    шаблоны для dle 11.2
HUDUDIY BO'LIMLARI
Yangibozor tumani

madaniyat bo'limi

Gurlan tumani

madaniyat bo'limi

Xonka tumani

madaniyat bo'limi

XORAZM VILOYAT

MADANIYAT BOSHQARMASI

Urganch tuman

madaniyat bo'limi

Bog'ot tuman

madaniyat bo'limi

Xozorosp tuman

madaniyat bo'limi

Yangiariq tuman

madaniyat bo'limi

Xiva tuman

madaniyat bo'limi

Qo'shko'pir tuman

madaniyat bo'limi

Shovot tuman

madaniyat bo'limi

все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать