Navoiy Me'moriy yodgorliklari

    18 декабрь, 2017 973 jasur Navoiy viloyati boshqarmasi

    Navoiy Me'moriy yodgorliklari

    RABOTI MALIK SARDOBASI (XIV.)
    Raboti Malik peshtoqidan bir oz narida suv manbai - diametri 13 metrcha keladigan gumbaz ostida karvonsaroyga zamondosh bo‘lgan sardoba joylashgan. Sardoba hovuzining aylana devori yerdan 12 metr chuqurlikka qadar pishiq g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, unda muzday toza suv butun yoz bo‘yi saqlangan. 
    XVI asrdagi mualliflardan biri Raboti Malik sardobasining suvini makkadagi laziz zamzam suviga qiyoslaydi. Sardoba karvonsaroy kabi yolg‘iz yo‘lovchilar uchun ham, butun boshli karvonlar uchun ham qo‘nalg‘a hisoblangan.
    Karvonsaroy o‘zining dastlabki vazifasi e’tibori bilan XVIII asrgacha xizmat qilib kelgan. unda amir temur va uning avlodlari, Buxoroda hukmronlik qilgan sulolalarning xonlari, elchilar, savdo karvonlari va sayyohlar qo‘nib o‘tgan. Hofizi abro‘ning ma’lumotiga ko‘ra, Ulug‘bek 1420 yilda ushbu mintaqalarda to‘xtab, qirq kun ov qilgan. XIX asr – XX asrning boshlarida bu yerda rabot nomi bilan ma’lum umri qisqagina bo‘lgan qishloq ham shakllangan.
    DEGGARON MAJMUASI (XIV)
    Karmana shahrining 30 km g‘arbidagi hazora qishlog‘ining yonida Movarounnahrdagi eng qadimgi masjidlardan biri - Deggaron masjidi joylashgan. Uning qurilish davri XI asr boshlaridan nariga o‘tmaydi. Bu bino Zarafshonning so‘l qirg‘og‘ida, endilikda vayron bo‘lgan, lekin ilgari yaxshi mustahkamlanib qurilgan qadimiy kichik bir qishloq hududida joylashgan. qishloqning ham, masjidning ham nomi bu yerda yashagan, aholining asosiy mashg‘uloti - o‘tga chidamli qozon tayyorlashdan olingan.
    Shunisi e’tiborliki, Xojagon Sulukining mashhur sufiylaridan biri bo‘lmish Shayx Mavlono Orif Deggaroniy (1313–1376) shu qishloqda tug‘ilgan va shu yerda dafn etilgan. Bu zot Naqshbandiya tariqatidagi Xojagon Sulukining buyuk namoyandasi bo‘lmish Bahouddin Naqshbandning ustozlaridan biri hisoblanadi.
    Keyinroq, XVII asrda Deggaron qishlog‘i masjiddan bir oz narida joylashgan Hazora qal’asiga aylangan. Masjid turli texnika usulida qurilgan: tashqi yuzasi, ustunlari va poydevorining bir qismi - pishiq g‘ishtdan, devorlari xom g‘isht va paxsadan iborat. gumbazlarining ichki qismi ravoqlardan, devorga tegib turgan yoki alohida qad ko‘targan ustunlar g‘ishtdan bino qilingan. Markaziy gumbazni ko‘tarib turgan to‘rt ravoq g‘isht va ganjdan sebarga shaklidagi o‘ziga xos bezaklar bilan bezatilgan. markaziy gumbaz atrofidagi sakkizta kichik gumbaz “balxi” uslubidagi kichik ravoqlar orqali masjidning tashqi devorlari va ichki ustunlariga tayangan holda qurilgan. Bu joy hozirda qayta ta’mirlanib, majmuada muzey faoliyat ko‘rsatmoqda.
    RABOTI MALIK
    Karmana - Buxoro yo‘lida - bugunda qayta tiklangan qadimiy karvon yo‘li bo‘yida Raboti Malik (Shoh Raboti) karvonsaroyi joylashgan. U XI asrning 
    70-yillarida Qoraxoniylardan bo‘lmish Shamsulmulk Nasr ibn Ibrohim (1068–1080 y.) tomonidan qurilgan bo‘lib, XII asrning birinchi choragida yana shu Qoraxoniylardan bo‘lmish arslonxon muhammad ibn sulaymon
    (1102–1130 y.) tomonidan ta’mirlangan. Arxeologik tadqiqotlar paytida (XX asrning 70-yillari va shu asrning oxiri - XXI asr boshlari) bu noyob binoning murakkab tuzilishi aniqlandi. U 100×100 m maydonni egallagan bo‘lib, mustahkam devorlar bilan o‘ralgan va ikki qismga bo‘lingan.
    ZARGARLIK
    Zarafshon zargarlari yasagan zeb-ziynatlar xorijlik nozikta’b xaridorlar, qilni qirq yoruvchi zarshunoslarga ham maqbulu manzur. Zotan, bu - uzoq o‘tmish davomida jamlangan eng sara tajribalar va zamonaviy texnologiyalar mahsuli. Uzuk, bilaguzuk, sirg‘a, zanjir… Alqissa, Navoiykon-metallurgiya kombinatining Zarafshon zargarlik zavodida ishlab chiqarilayotgan mingga yaqin turdagi zeb-ziynatlarning bozori chaqqon. Nafis buyumlar ijodkorlariga berilgan xalqaro mukofotlarning esa sanog‘iga yetish qiyin. Fusunkor javohirlarni tomosha qilib, go‘zallik tushunchasiga ta’rif topgandek bo‘lasiz, inson va tabiat uyg‘unligini his qilasiz.
    NUROTA ChAShMA MAJMUASI
    Yurtimizning boy tarixga ega bo‘lgan Nurota shaxri geografik jixatdan O‘zbekistonning markazida joylashgan bo‘lib Nurota tumani shimoliy-sharkdan Jizzax, janubiy-shark va sharkdan Samarkand viloyatlari, garb va janubiy-garbdan Navoiy viloyatining boshka tumanlari bilan chegaradoshdir. Tuman markazi bo‘lmish Nurota shaxri o‘ziga xos boy va betakror tabiati, zilol xamda mukaddas buloklar bilan mashxur. Shu bilan birga shaxarning tarixi xam uzok o‘tmishga borib takaladi.
    Nurato yoki Nuri Buxoro nomi bilan tarix saxifalaridan o‘rin olgan mazkur tarixiy shaxar xakida Abu Bakr Narshaxiy ma’lumot berib, uni Buxoro tarkibidagi tarixiy joy sifatida kayd etadi. Narshaxiy IX-X asrlarda yashab o‘tganligini nazarda tutadigan bo‘lsak va uning bu xudud xakida o‘sha davrda ma’lumotlar yozib koldirilganligini xisobga olsak, u xolda Nurning kadimiyligiga shak-shubxa kolmaydi. O‘sha davrda xam bu maskan ziyoratchilar tashrif buyuradigan kadamjo bo‘lgan. Ziyoratgoxning garbiy kismidagi mukaddas chashma va chashmadagi mukaddas xisoblangan baliklar kishi e’tiborini o‘ziga tortadi. Bulokdan yukorida, uning garbiy burchagida sagana va kabrtosh ko‘yilgan. Bu yodgorlik Nuriy nisbasi bilan mashxur Sayyid ad-Din Abu Xasanga tegishli.
    Me’moriy yodgorliklar asosan Shayboniylar davrining maxsulidir va keyingi davrlarda ya’ni mangitlar sulolasi xukmronlik kilgan vaktda ta’mirlangan. Narshaxiyning yozishicha, Nurda jome’ masjidi va rabotlar bo‘lgan. Ziyoratga keluvchilarning asosiy kismi Buxoro axolisi, shuningdek, boshka joylardan xam bu yerga ko‘plab kishilar tashrif buyurishgan. Xozirgi vaktda xam bu yerga keluvchilarning aksariyati Buxoro va uning atrofidandir. Narshaxiy Nur ziyoratiga borib kaytganlarni xojilar fazilatiga ega bo‘lishi to‘grisida xam yozib koldirgan. Nurning ziyoratgox bo‘lishi, bu joydagi yerda mukaddas kadamjolarning mavjudligi bilan boglikdir. Mukaddas bulok, baliklar, tarixiy obidalar, Sa’id ad-Din Abul Xasan Nuriy, Ar-Rumiy singari tarixiy shaxslarning kabrlari mavjudligi, shuningdek arablar istilosi davrida Movarounnaxrga kelib kolgan va shu tuprokda foniylikdan bokiylikka ketgan xamda Nurda dafn etilgan tobeinlar kabrlari borligi shundan dalolat beradi. Nurning kadimiy tarixini Iskandar Zulkarnayn istilosi bilan boglashadi. Nur atrofidagi kishloklardan birida uning va onasining ramziy makbarasi mavjud va bu joy xam mukaddas ziyoratgox sanaladi. Birok makedoniyalik istilochining Nurga asos solganligi xakida anik dalillar yo‘k, fakat rivoyatlar, xalk ogzaki ijodi maxsuli bo‘lgan ayrim uzuk-yuluk afsonaviy xikoyalar mavjud.
    Ta’kidlash joizki, turli davrlarga oid yozma manbalarda va rivoyatlarda Nurotaning kadimiyligi xakida so‘z yuritilsada, shaxar va uning atroflari tarixi ilmiy jixatdan yetarlicha o‘rganilmagan. O‘tgan asr 50-yillarining boshlarida Ya.G.Gulomov boshchiligidagi ilmiy guruxning kiska muddatli ilmiy izlanishlari xamda 70-80 yillarda FA Arxeologiya institutining ilmiy xodimi O.M. Rostovsev olib borgan tadkikotlar bu soxaga biroz oydinlik kiritdi. Bizning kiska muddatli Nurota va uning atroflarida olib borgan tekshiruvlarimiz bu xududda keng ko‘lamdagi tarixiy arxeologik tadkikotlar olib borish zarurligini ko‘rsatdi.
    Avvalo, shaxarning nomlanishi xakida … Xozircha ilmiy asoslanmagan taxminlarga ko‘ra, shaxarga Makedoniyalik Aleksandr buyrugiga ko‘ra asos solingan bo‘lib, u o‘rta asrlarda «Nur» «Nuri Buxoro» nomlari bilan mashxur bo‘lgan. O‘rta asrlar muarrixlari Narshaxiy, Juvayniy, Istaxriy asarlarida ko‘xna shaxar – «Nur» deb tilga olingan. «Nur» atamasi ko‘xna shaxarning shaxriston kismidagi chashmaga nisbatan paydo bo‘lganligi extimoldan xoli emas. Chunki tog etagidagi chashmadan baxor va kish oylarida suv buglanib yukoriga ko‘tarilib turadi. Bu suv bugiga ertalab kuyosh nurlari ta’sir etib kamalak xosil bo‘ladi va yerdan nur ko‘tarilayotgandek ko‘rinadi.
    Yanada kadimgirok tarixga, Nurota shaxrining paydo bo‘lgan davriga nazar tashlaydigan bo‘lsak, xozirgi Nurota xududlari kadimgi So‘gdiyona viloyati tarkibiga kirgan. So‘nggi yillarda olib borilgan tadkikotlar natijalariga ko‘ra mil.avv. VII-IV asrlarda So‘gdiyona o‘lkasining chegarasi garbda Buxoro voxasi, sharkda Xisor toglari, janubda Kashkadaryoning kuyi okimi va Ko‘xitang adirlari, shimolda esa Nurota tog-adirlari bilan chegaralangan bo‘lishi mumkin. Kadimgi davrda O‘rta Osiyoning ijtimoiy-iktisodiy va siyosiy xayotida muxim o‘rin egallagan So‘gdiyona o‘lkasi turli manbalarda So‘gda, So‘guda, So‘gdiyona nomlari ostida eslatib o‘tiladi. Bu nomlarning kelib chikishi va ularning ma’nosi xakida xozircha anik fikrlar yo‘k. Ayrim tadkikotchilar (V. Tomashek) bu nomni eroncha «SUS» - «yonmok, yaltiratmok, nur taratmok», so‘zidan olingan desa, ayrimlari (O.Smirnova) bu so‘z «xosildor voxalar o‘lkasi» degan ma’noni beradi deb xisoblaydilar.
    Agar kadimgi o‘lkalar, viloyatlar nomlari ko‘p xollarda ular xududidagi toglar, daryolar, ko‘llar, kal’alarning nomlaridan olinganligiga e’tibor karatsak, So‘gdiyona xam o‘z xududlaridagi biror joy nomini olmaganmikin, degan fikr tugiladi. Nurli va xosildor o‘lka bo‘lgan Nurota aynan mana shu joyga to‘gri kelishi mumkin. Ammo, bu fikrni asoslash uchun xali ko‘pgina ilmiy tadkikotlar kerak bo‘ladi. 
    Kadimgi tariximizni tiklash uchun kimmatli ma’lumotlar beruvchi ilk yozma manbalar «Avesto», axmoniylar mixxat yozuvlari xamda yunon-rim tarixchilarining asrlarida So‘gdiyona va so‘gdiylar xakida ma’lumotlar berilsa-da, ularda aynan Nurota xakida ma’lumotlar uchramaydi. Xozirgi kungacha olib borilgan arxeologik tadkikotlar xam Nurotaning axmoniylar yoki yunon-makedon davriga oid madaniy katlamlari aniklanmagan. Bu xududlarda jiddiy arxeologik tadkikotlar olib borish va bu tadkikotlar natijasida Nurota shaxri yoshini aniklash zarurati xam aynan mana shu xolat bilan belgilanadi. Bu o‘rinda bir masalaga e’tibor karatishni lozim topdik. Ma’lumki, dexkonchilik va sug‘orish inshootlari tarixi anchayin kizikarli mavzu xisoblanadi. O‘zbekistonning kadimgi viloyatlari xududidan dexkonchilik maxsulotlarining koldiklari, mexnat kurollari, kishlok xo‘jalik maxsulotlari saklanadigan idishlar, sug‘orish inshootlari ildizlarining topilishi xo‘jalik yuritishning muayyan turidan dalolat beradi. So‘gdiyonadagi mil.avv 
    I ming yillikning o‘rtalariga oid dexkonchilik va sug‘orish inshootlari to‘la-to‘kis o‘rganilmagan. Bu o‘rinda Ya.Gulomovning o‘tgan asrning 60-yillarida Zarafshon va Kashkadaryoning kuyi okimlaridagi kadimgi yerlarni sug‘orishning o‘ziga xos xususiyatlari va gidrografiyasiga oid masalalarini tadkik etganligini ta’kidlash zarur. Ayniksa, A. Muxammadjanovning antik va o‘rta asrlarga oid sug‘orish masalalariga bagishlangan tadkikotlarini aloxida kayd etish lozim. 
    Baktriya, Xorazm, Margiyona va So‘gdiyona xududlaridan Axmoniylar davriga oid sug‘orish inshootlarining izlari aniklangan. Ko‘pchilik tadkikotlarning fikricha, tog oldi tekisliklari va dasht xududlarini sug‘orishda ishlatilgan korizlar – yer osti kanallari aynan mana shu davrda paydo bo‘lgan. Xususan, Polibiy salavkiylar podshosi Antiox III ning Parfiya dashtlari orkali o‘tgan xarbiy yurishlari xakida ma’lumot berganda ushbu dasht xududlari bir kancha kuduklari bo‘lgan yer osti kanallari orkali sug‘orilib, bu kanallar «forslar davrida» bunyod etilgani xakida yozadi.
    O‘zbekistonning mana shunday murakkab sug‘orish inshootlaridan foydalanilgan tumanlaridan biri Nurotadir. Bu yerda korizlardan xozirgi kunda xam foydalaniladi. Yukorida ta’kidlaganimizdek, koriz – yer osti suv inshootidir. Bunday sug‘orish inshootini kurish nixoyatda ogir va murakkab bo‘lgan. U mashakkatli ko‘l mexnatidan tashkari yer osti suvlarining to‘planadigan katlami, yil mavsumlarida bu suvlar satxida ro‘y beradigan o‘zgarishlar va koriz chikariladigan joy relefidagi nishablikni juda anik belgilashni talab etadi. Nurotada xozirgi kunda yer yuzasiga suv chikarib turgan koriz «Kalta koriz» deb nomlanib, unda 50 ta kuduk bor. Bu yerda yuzaki tekshiruv o‘tkazgan kishi xam kadimgi dexkonlar san’atiga koyil kolmay iloji yo‘k.
    Sug‘orilishning koriz usuli mil.avv. VII-IV asrlarda tog oldi tekisliklari va dashtlarida keng foydalanilganiga e’tibor karatsak, Nurota atroflari axmoniylar davridayok o‘trok axoli tomonidan o‘zlashtirila boshlanganligini kuzatish mumkin. Nurotalik kadimgi bobodexkonlar ancha murakkab bo‘lishiga karamay ushbu sug‘orish usulidan foydalanganlar. Bu suvlar yetib kelgan joylarda esa yerlarni o‘zlashtirib turar-joylar va manzilgoxlar barpo etganlari shubxasizdir
    Nurota kal’asining tuzilishi, devorlar va ulardagi minoralar (burj) kisman tadkik etildi. Kal’a devorining ichki yo‘laklariga eltuvchi kirish yo‘llari (maxalliy axoli ularni gorlar deb tasavvur kiladi) saklanib kolgan. Kal’a devori paxsa asosida xom gishtdan kad ko‘targan xamda vakti-vakti bilan ta’mirlab turilgan. Xom gishtlarning o‘lchamlari So‘gdiyonadagi mil.avv. VI-IV asrlarga oid Uzunkir, Yerko‘rgon, Chordara kabi yodgorliklardagi gishtlarga ancha yakin ekanligi aniklandi. Bular xozircha daslabki xulosalar bo‘lib, anik xulosalar berish uchun jiddiy tadkikotlar o‘tkazish zarur.
    Somoniylarning so‘nggi amiri Muntasir Buxoroni egallab olgan dushmanlaridan maglub bo‘lganidan so‘ng, o‘z xarbiy kuchlarining kolgan-kutganlari bilan Nurotaga kelib, mustaxkamlanib olgan va shu yerdan turib Dabusiya kal’asida joylashib olgan rakibiga xujum kilgan.
    Jamol al-Karshining «Mulxakat as-surax» asaridagi ma’lumotlarda keltirilishicha Nurota atroflaridagi saljukiylar Buxoro amiri tomonidan xaydalgan. Lekin xakikatda saljukiylar koraxoniylar sikuvi ostida bu joylarni tark etganlar.
    1220 yilda Chingizxon O‘tror orkali Buxoro tomonga yurish kilganda Nurotani jangsiz egallagan. Chingizxon Nurga Toxir Baxodir boshchilik ko‘shinni jo‘natgan va mazkur mo‘gul xarbiy kismlari 1220 yil yanvar oyida O‘tror va Nur orasidagi karvon yo‘li orkali kelib, shaxar axolisiga taslim bo‘lishni talab etgan. Nur axolisi esa Toxir Baxodir bilan muzokara yuritib, o‘z elchilarini Chingizxonga jo‘natgan. Mo‘gul xoni shaxarni xarbiy ko‘shinda Toxirga nisbatan nufuzi baland Subutoyga topshirishni buyurgan. Subutoy buyrugi bilan axoli o‘zi bilan xayotiy extiyojlari uchun zarur buyumlar, mol, ozik-ovkat olib shaxarni tark etgan. Shundan so‘ng shaxar talon-taroj kilingan. Chingizxon tashrifi vaktida esa talon-taroj kilingan narsalar axoliga kaytarilgan va nurotaliklar 1500 dinor mikdorida tovon to‘lashlari talabi ko‘yilgan. Mo‘gullar nurotaliklardan maxalliy xokim El xoji boshlik 60 kishilik xarbiy kism tuzib, Dabusiya kal’asining kamaliga jo‘natgan. 
    Ruslar istilosi davri, XIX asrning 60 yillariga oid manbalarda Nurotaning beki Abdal Gaffor xakida ilik so‘zlar yozilgan. 1886 yilda Rossiya va Buxoro orasidagi chegara Nurota cho‘li xududidan o‘tkazilgan vaktda Abdal Gaffor bilan birga Ziyovuddin va Xatirchining beklari xam ishtirok etishgan. 
    Xullas, Nurotada olib borilgan kiska muddatli kidiruv-tekshiruv ekspeditsiyasi bu xududda keng kamrovli tadkikotlar o‘tkazish lozimligini kursatadi. Nurota, shubxasiz respublikamizdagi kadimgi shaxarlardan biridir. Ushbu fikrni xar tomonlama ilmiy asoslash keyingi bo‘lajak tadkikotlar natijalariga boglik.

    шаблоны для dle 11.2
все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать