Forishda yangilangan «Xo’jabog’bon ota» ziyoratgohi ochildi

    06 сентябрь, 2018 69 jizzax Jizzax vb yangiliklari

     Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar inson va uning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgani bilan qadrlidir.

     Ro’y berayotgan o’zgarish va yangilanishlar har birimizni ezgulikka, yaxshilikka undayotgani odamlar qalbida mehr-oqibat, samimiyat uyg’otayotgani bilan ham ahamiyatlidir.

     Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishdagi tashabbuslari, ulug’ allomalar merosini o’rganish, tadqiqetish borasidagi e’tiborlari, muqaddas islom dinimizning asl mohiyatini targ’ibqilishga doir azmu shijoati barchagaquvonch baxsh etmoqda.

    Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Kalom, Hadis, Tasavvuf, Aqida, Fiqh ilmi bo’yicha 5 ta ilmiy maktab faoliyati yo’lga qo’yilishi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy nomidagi markazlar bunyod etilishi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi ish boshlashi – bular ijtimoiy-ma’rifiy hayotimizdagi ulkan o’zgarishlardir.

     Tabarruk manzillar, aziz-avliyolarimiz makon topgan ziyoratgohlarni asrab-avaylash, obod etish borasida keng ko’lamli xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

     Unutilayotgan qadriyatlarimiz tiklanayapti, butun umrini ilmu ma’rifat, dinu diyonat yo’liga baxshida etgan bobokalonlarimiz, ustozlarimiz xotirasi abadiylashtirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 7 mingdan ziyod nodir tarixiy yodgorliklar, ziyoratgohlarhamda betakror arxitektura yorgorliklari borligi barchamizga g’urur bag’ishlaydi.

     Ana shunday qutlug’ziyoratgohlardan biri «Xo’jabog’bon ota» ziyoratgohidir.

       

    Yetti yuz ellik yillar muqaddam o’n ikkinchi asrning yetmishinchi yillarida asl ismi Ibn Muhammad Vosit bo’lgan «Xo’jabog’bon ota» fiqhva islomiy ma’rifat tarqatish uchun shu joylarga kelib, yashab qolgan ekanlar.

    Ulug’ bobokalonimiz Hazrat Alisher Navoiyning «Nasoim ul muhabbat» kitobida yetti yuz avliyoning ism sharifi keltirilgan. Kitobdagi oltinchi o’rinda Ibn Muhammad al Vosit avliyoning ismi sharifi keltirilib, «o’z zamonasining benaziri erdi va tobinidin ko’pi xizmat qilubdir va suhbatiga yetibdur va ko’p mashoyixlar bilan suhbat tutibdur…. Bu dunyoda zohid bo’lgan va hech kishidan ta’ma qilma to barcha xalq senga muhtoj bo’lgaylar…» degan fikrlar bilan boshlanadigan jumlalar bor.

     «Xo’jabog’bon ota» avliyo bo’lgan. Dunyo yaralibdiki yaxshilik bilan yomonlik kurashib kelgan. Tog’dagi g’orga yaqin kelganida orqasidan uni o’ldirish uchun quvib kelayotgan johil yovlar juda yaqinlashibqolibdi. Avliyo ota shu g’orga kiribdilarda yaratgandan najot so’rab, iltijoqilibdi. Shunda g’or og’zida qalin o’rgimchak to’ri hosil bo’libdi. To’r ichkarisida esa bir musicha paydo bo’libdi.

     Haligi yovlar yetib kelib qarashsa g’or og’zidaqalin o’rgimchak to’ri, to’r orqasida bir musichaqo’nishibgina turganmish. Ular «qochgan kishi agar shu yerga kirib ketgan bo’lganida bu o’rgimchak to’ri, albatta buzilib ketgan va musicha ham uchib ketgan bo’lar edi» deya orqalarigaqaytib ketganlar….

    Kunlarning birida uning tirikligidan xabar topgan yaqinlari avliyoni ko’rgani kelishmoqchi bo’lishibdi. Shunda Xo’ja Bog’bon ota mehmonlarni qayerda, qanday kutib olishni bilmayhayron bo’lib turganida unga turli daraxt ko’chatlari ekib, gul urug’lari qadash, buloqlarning ko’zini ochish haqidag’oyibdan imdod kelibdi. Avliyo aytilganlarni qilgan ekan, birpasda daraxtlar ulkanlashib, atrofni gullar ifori, buloqlar suvining shildirashi tutib ketibdi.Qoratoshni yorib qizil lolalar ochilibdi. Shu-shu avliyoga bu yerlarning bog’boni sifatida xo’ja Bog’bon ota nomi berilibdi.

    Keyingi bir necha oy davomida «Xo’jabog’bon ota» ziyoratgohida tadbirkor Tursunboy Oltinovhomiyligida qurilish, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Ziyoratgohga olib boruvchi yo’l, «Xo’jabog’bon ota» qabriga maqbara, yangi honaqoh va ayvonlar, maqbaraga olib chiquvchi 74 ta zina bunyod etilib, ziyoratchilar uchun barchaqulayliklar yaratildi. Buloqlar, suv to’planadigan hovuzlar ta’mirlanib, yangidan supalar qurildi. Bu yerdagi amalga oshirilgan xayrli ishlarni ko’rganhar bir kishining dili yayraydi.

        Qurbon hayiti arafasida ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan «Xo’jabog’bon ota» ziyoratgohining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda so’zga chiqqan mehnat faxriysi, «Ezgu niyat» xayriya jamoat fondi raisi Bayrambek Uzoqov, Samarqand shahridan tashrif buyurgan yurtdoshimiz, tarixchi olim Bo’riboy Eltazarov, mehnat faxriysi Erkin Qozoqov va boshqalar bunday ziyoratgohlar kishilar ruhiyatiga orom berib, yaxshi niyatlarga, ezgu ishlarga undashi, har qanday kishi dilini poklab, ertangi kunga umid, ishonch uyg’otishini ta’kidladilar. Tadbirkor Tursunboy Oltinovga xayrli ishlarga katta hissa qo’shgani uchun xalqimiz nomidan minnatdorchilik bildirildi.

     Tadbirda qisqa muddatda ziyoratgohda katta bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgan bir guruhquruvchilarga sovg’alar topshirildi.

     

    Rashid KARIMOV

    Suvonjon Raximov olgan suratlar

    Manba: jizzax.uz

     

    шаблоны для dle 11.2
все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать