Жиззахда 25 оиланинг орзуси ушалди

    05 сентябрь, 2018 71 jizzax Jizzax vb yangiliklari

    Mustaqillik bayrami arafasida Jizzax shahrida nogironligi bo’lgan, kam ta’minlangan oilalar vakillaridan 25 nafariga yangi uy-joy kaliti topshirildi. Bu xayrli ish uchun bo’sh turgan bino to’liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy turar joyga aylantirildi. 
        
    Uyning topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, madaniyat va san'at sohasi vakillari, xonadon sohiblari va ularning yaqinlari ishtirok etdi.

     Mamlakatimizda ehtiyojmand, ijtimoiy ko’makka muhtoj insonlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar zamirida xalqimizga xos mehr-oqibat, bag’rikenglik, muruvvat va saxovatpeshalik kabi olijanob fazilatlar mujassam. Bu xalqparvarlik tamoyili eng ulug’, eng aziz ayyom –Vatanimiz mustaqilligining 27 yillik bayrami arafasida yanada yaqqol namoyon bo’lmoqda. 
       
    – Jismoniy imkoniyatim cheklangani bois boshqalar qatori mehnat qilib, mablag’ jamg’arish haqida o’ylay olmadim, – deydi yangi xonadon sohiblaridan biri Rustam Bolibekov. – Uy qurish yoki sotib olishga imkoniyating yo’qligi, oilang bilan ijarada yashash ruhingni yanada tushirib yuboradi. Davlatimizning bu g’amxo’rligi oilamizga nur olib kirdi, tushkunlik aridi. Buning uchun Prezidentimizdan behad minnatdormiz.

     Tadbir doirasida nogironligi bo’lgan fuqarolar o’zlari yashaydigan yaqin hududdagi korxona-tashkilotlarga kasanachilik, haq to’lanadigan jamoat ishlariga joylashtirildi.

    Tadbirning badiiy qismi Jizzax shahar va Sh.Rashidov tuman madaniyat bo'limlari xodimlari ishtirokidagi kuy-qo'shiqlar va raqslab bilan davom etdi. 

     

    Manba:sangzor.uz

     

    шаблоны для dle 11.2
все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать